Chenyuyning umumiy harakteristikasi (hususiyati)
Hitoy frazeologiyasida tayyor iboralar eng ahamiyatli o'rinni tashkil qiladi,
ular 成语 deb ataladilar, hamda, ular Hitoy halqining kundalik va ma'naviy
hayotining keng qamrovini, shuningdek Hitoy tarixi, madaniyati, etikasi va
estetikasi haqidagi ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga oladilar. 成 语 bizning
kungacha o'ziga hos shakl, yorqin milliy tus(rang) etkazib kelgan.
成语Hitoyning tarihiy o'tmishi va madaniy merosining boy manbai bo'lgani
holda, ular muhim bilim orttirish ahamiyatiga ega. 成语 barqaror so'z birikmalari
bo'lib, ular qadimgi Hitoy tili qoidalari asosida qurilgan, umulashgan-ko'chma
ma'noli semantik yahlit birlikni ifodalaydi; ekspressiv hususiyatga ega; funkcional
jihatdan gap bo'lagi hisoblanadi.成语Hitoy tilining ideomatikasiga kiradi, shunday
ekan lug‟atlarda rus tiliga idioma deb tarjima qilinadi.
成语 parallel (CHPK) va noparallel konstrukciyaga bo'linadi
CHPKda parallelizmning turlari keng ifodalangan:
- sanoqli par.zm成语 bir hil so'z miqdoriga ega
- leksiko-semantik par.zm -leksik tarkibi bo'yicha o'hshash
- grammatik par.zm - o'hshash sintaktik struktura(tuzilish)
- fonetik par.zm - qonuniyatli tovushlar almashinuvi
Son jihatdan CHPK sintaktik munosabat ko'rsatkichlari, yordamchi so'zlar,
morfema ko'rsatkichlari bo'lmagan bir bo‟g‟inli so'zdan iborat bo'lgan to'rt so'zli
strukturani tashkil etadi.
Bunday sharoitlarda barcha grammatik vazifa so'z tartibiga to‟g‟ri keladi。
Shunday qilib, CHPK ikkita ikkihadli tarkibiy qismdan iboratdir.
朝三暮四 Zhao san mu si - oniy, o'tkinchi
Ikkala qism ham par.zm qoidalari bo'yicha tuziladilar, asos bo'lib grammatik,
semantik va fonetik juftliklar hisoblanadilar.
Grammatik juftlik qismlarning bir tipdagi sintaktik tuzilishidan iboratdir,
bunda frazeologizmning bog‟lanish kompopentlari doimo lug‟aviy jihatdan faqat
bitta gap bo'laklariga tegishliligini ifodalaydi.
苦尽甘来 Ku jin gan lai - omadsizlik o'rniga omad keladi(achchig‟i ketib
shirini keladi)
Semantik juftlik quyidagilar yordamida tuziladi:
antiteza - antonimlar yordamida;
birhillik (ayniyat) -sinonimlar yordamida;
analogiya (o'hshashlik) - analoglar, ya'ni antonimik va sinonimik
munosabatlari bilan bog‟liqbo'lmagan bir tushuncha associaciyasiga kiradigan
so'zlar yordamida。 Masalan:
金口玉牙jin kou yu ya - o'z so'zlarini qadrini bilmoq
金 va 玉 “qimmatbaho tosh, metall” associaciyasidan analog va 口va牙“tana
a'zolari” associasidan analog
CHPK: 坐井观天zuo jing guan tian (quduqda o'tirib osmonga boqmoq) dunyo
qarashning pastligidan (torligidan) va cheklanganidan darak beradi.
天高气爽Tian gao qi shuang - (musaffo osmon, toza havo) - yahshi havo
七扭八歪Qi nui ba wai - (7-marta qayrilgan,buralgan, 8- burishtirilgan) -
tikilmoq, burishmoq.
2.成语 morfema tarkibi bo'yicha noparallel konstrukciya bo'lib, jismoniy hajmi
bo'yicha ular CHPK singari to'rt so'zli frazeologik shakl yaratadilar, lekin ularning
orasida besh va undan ortiq bo'lgan morfemalar ham uchrab turadilar.
Bu guruhdagi CHPK singari leksiko-grammatik jihatdan cheklangan tavsifga
bo'ysunmaydilar, ularga sintaktik tuzilmasi va leksik tarkibi bo'yicha turfa hil
tuzilishiga va yordamchi so'zlardan foydalanishiga yo'l qo'yilgan, ular ichida
boqlovchilar, predloglar, inkor yuklamalari uchraydilar.
朝不保夕Zhao bu bao xi - (ertalab kech haqida o'ylamaysan) - bugungi kun
bilan yashash, kelajakni o'ylamaslik
名不副实Ming bu fu shi - (nomi mazmuniga to‟g‟ri kelmaydi) – quruq,
haqiqiy emas
狼狈为奸Lang bei wei jian - (bo'ri va shoqol jinoyat qilishadi) - jinoyatda
birga qatnashish
30. Erkin va erkin bo'lmagan so'zlar birikmasi.
31 Frazeologizmlarning tarkibiy-semantik toifalash bo'yicha turlari
Frazeologiya tilning frazeologik tizimini o'rganadi, shuning uchun, o'rganish
ob'ekti bo'lib barqaror birikmalar, frazeologik iboralar, izohli yoki qisman qayta
ma'nolashtirilgan idiomalar hizmat qiladilar.
Frazeologik birliklar 50 yillarga kelib lingvistik tadqiqotlar ob'ekti sifatida
ko'rila boshlandi.
Tuzilmaviy-semantik toifa: frazeologizmlar leksiko-grammatik va tuzilmaviy-
semantik belgilari asosida ajratiladi:
1) Frazeologik so'z birikmalari, FS
Umumiy belgi: so'z birikmasining tuzilmasi.
Farqi: so'z birikmasining tarkibiga kirgan komponentlarining ma'nosi va
mustaqkamlik darajasi.
quyidagilarga bo'linadi:
a) frazeologik iboralar: butunlay erkin ma'noli so'zlardan iborat, komponentlari
o'zining ma'nosini, mustaqilligini, tarkibiy qismlarining yahlit aqamiyatini saqlab
qoladilar.
Ular uchun quyidagilar harakterlidir:
-semantik bo'linish;
-komponentlarining semantik erkinligi saqlab qolishi;
-erkin birikmalardan farqi shundaki, ular muloqot jarayonida so'zlayotgan
shahs tomonidan ifoda etilmaydi - ular barqaror birliklardir.
体力劳动 jismoniy mehnat, 政治学 siyosiy o'qish, 经济学-iqtisodiy o'qish
4 ierogliflardan iborat bo'lgan frazeologik iboralarning alohida guruhi ajralib
turadi. Komponentlari erkin ahamiyatli birinchi semantik guruhiga tegishli.
东南西北dunyoning 4 tarafi, 春夏秋天 yil fasllari。
b) frazeologik birikmalar - bir komponenti mahsus ma'noga ega bo'lgan
frazeologizmlar. Komponentlaridan biri metafora sifatida qo'llanilmaydigan 2
so'zdan iborat bo'lgan ko'plab so'z birikmalari.
演金时代 oltin davr, 人们天堂 erdagi jannat,黑暗势力 qora kuchlar.
2 ta bir bo‟g‟inli so'zlar birikmasidan iborat bo'lgan frazeologizmlar ham bor.
Frazeologik birikmalarning sinonimik variantlari ham bor.
镜面 oynaviy sathi,深情 chuqur hissiyot, 苦笑 achchiq istehzo.
1 ) frazeologizm ko'chirmasi (kalьka) - ular uchun so'zma-so'z tarjima
harakterlidir. Ko'pincha horijiy tillardan olingan ko'chirmalardir.
白色恐怖 oq terror, 黑名单 qora ro'yhat.
2 Frazeologizmlar - gaplar (barqaror iboralar)
- ular gap tuzilmasiga ega bo'lgan holda, gapning bir bo'lagi hisoblanadi;
- doimiy leksik tarkib va sintaktik tuzilmaga ega;
少年老成 bevaqt ulqaygan, 坚信无愧 vijdoni toza;
Tuzilmaviy -semantik toifa
Frazeologizmlar
leksiko-grammatik va
tuzilmaviy-semantiklar
asosida
bo'linadi.
Frazeologizmlar-so'z birikmalari. Umumiy belgisi- so'z birikmalari tuzilmasi.
Farqi: ushbu so'z birikmasi tarkibiga kiruvchi komponentlarning ahamiyati va
birikish darajasi bo'yicha.
1. Frazeologik iboralar to‟liq erkin ahamiyatli so'zlardan iborat, ularning
komponentlari ma'no jihatdan mustaqilligini saqlab qoladi, yahlitlik aqamiyati
uning tarkibiy qismlari ahamiyatiga tengdir. Ular uchun sintaktik qismlanish
harakterlidir, komponentlari semantik mustaqilligini saqlab qoladi. Erkin
birikmalardan muloqot jarayonida so'zlovchi tomonidan ifoda etilmasligi bilan
farqlanadi, ular barqaror birliklardir.
2. Frazeologik birikma- bu shunday frazeologizmlarki, ularda birinchi
komponent mahsus ma'noga ega, 2 ta so'zdan iborat va komponentlaridan biri
metafora sifatida ko'plab so'z birikmalarida qo'llanadi. Ularning sinonimik
qatorlarida zahirasi mavjud bo'ladi.
Frazeologizmlarning funkcional-stilistik toifasiga ko'ra ko'rinishlari
Bu toifa o'zida bir yoki boshqa usulga va umumiy vazifalari yo'nalishiga
oidligi bo'yicha mos turlarga bo'linishini aks ettiradi. Frazeologizmning ushbu
kategoriyasi nutqda tayyor holda doimiy ifoda etiladigan va funkcional-stilistik
ahamiyatga ega bo'lgan til birligi bo'lmish nutq shtamplarini (nutq formulalari)
o'zida namoyon etadi.
Frazeologik birliklarning asosiy turlari qatoriga frazeologizmning muloqot,
publicistik, ilmiy-tehnikaviy va rasmiy ish usullari, shuningdek so'zlarni kiritish
lozim.
Frezeologizmning muloqot usuli
Oqzaki nutq adabiy tilning muloqot usuli shakli sifatida juda ko'plab so'z
iboralariga boy, ular qatorida nutq shtamplari muhim o'rin egallaydi. Nutq
shtamplari frazeologik birlik bo'lgani holda, turli hil tuzilmali, mohiyatli,
funkcional aloqida jihatlarga ega. Ularning ayrimlariga ifoda etishning yuqori
darajasi yuklatilgan, shuning uchun, muloqot tili turli hil ekspressiv, affektiv va
emocional shakllarga moyil deb hisoblash qabul qilingan.
Frazeologizmning muloqot usuli 2 turga bo'linadi:
1) Insonlarning kundalik muloqotida berilgan nutq formulalari o'zlarida
frazeologik birikmalarni namoyon etadi.
一般地说umuman aytganda, 一般说来 aytganlaridek, 按我的意见 meni
fikrimcha, 没有办法hech nima qilib bo'lmaydi, 一句说 bir so'z bilan aytganda.
Emocional-bo'yalgan frazeologizmlar: 有的是有qoqlagancha, (juda ko'p), 不
成说qech nimaga yaramaydi。
Ko'pincha frazeologizmlar oqzaki frazaga aylangan ritorik savollarning
qadimiy tuzilmasiga mos keladi: 是吗yoki yo'qmi 哪里的话qaerdan olding
Frazeologizmning publicistik usuli - frazeologik iboralar.
保值中立 betaraflikni saqlash, 本来面目asl yuzi, 共同理想 umumiy ideal.
Uchrab turadigan frazeologizmlarning bir qismi me'yorlar bo'yicha shakllangan.
无所不为 ko'ngli tusagan ishni qilish, 无济于事 sinchkov bo'lish.
Frazeologizmning ilmiy-tehnikaviy usuli
Nutq ifodasi shakli bo'yicha muloqot usulidan tubdan farqlanadi. Ilmiy usul
uchun bildirilayotgan fikrning tuzilishi va formulaning aniqligi harakterlidir. U
nutq
vositalariga
moyil
bo'lib,
aytarli
darajada
individual-mualliflik
ekspressiyasidan holidir.
举例如下quyida misol keltirilgan,不可无人inkor etish mumkinmas, 应当着重
指出 qayd etish kerakki.
Frazeologizmning rasmiy-ish usuli
O'zining funkcional hususiyatlariga ko'ra fikrning aniqligini ta'minlab berishga
qodir bo'lgani uchun, bir hil nutq iboralari hususitlariga ega.
钣部批准vazirlik tasdiqidan o'tkazish uchun kiritish, 按受任命 lavozimni
qabul qilish.
Yordamchi frazeologizmlar:- yordamchi vazifalarni bajaruvchi, hamda mahsus
leksik elementlari va yordamchi so'zlarning murakkablashtirilgan varianti bilan
tuzilmaviy-semantik
munosabatdagi
nutq
formulalaridir.
Yordamchi
frazeologizmlarga hos konstruktiv alohida jihat shundaki, ularning komponentlari
asosiy holatlarda umumlashgandir, shunday ekan ularni “masofadagi yahlitlik” deb
nomlash mumkin.
Ular quyidagi turli hil mohiyatli munosabatlarni ifoda etishga qodirlar:
muddatli, maqsadli, sababli, shartli.
Ular barcha funkcional usullarda ishlatiladi, shunday ekan ular biror bir usulga
kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |