4. Muallif va tarjimon : til topish muammosi
5. Muqobili yo'q so'zlarni tarjima qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek: “har qaysi xalq
yoki millatning tafakkuri turmush tarzi, ma‟naviy qarashlari o‟z-o‟zidan, bo‟sh
joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarihiy,
tabiiy va ijtimoiy omilar asos bo‟lishi hammamiz yahshi bilamiz. Masalan, Sharq
olamida, jumladan, o‟zimizning O‟rta Osiyo sharoitida jamoa bo‟lib yashash
tuyg‟usi goyat muhim ahamiyatga kasb etadi va odamlarni bir-biriga
yaqinlashtirishga, bir-birini qo‟llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‟diradi.
G‟arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jomoaviylikdan ko‟ra individualism,
shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu xam muayyan,
ob‟ektiv ijtimoiy-tarihiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo‟lib, uni ham inkor
etib bo‟lmaydi”.
1
Tarjima va tarjimonlik uzoq asrlardan buyon dunyo xalqlari tarixi va
madaniyatida shakllanib kelayotgan ko‟hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. Yer
yuzining turli qit‟alari va mintaqalarida bir necha ming yildan buyin
umrguzaronlik qilib kelayotgan odamzod nasllari o‟z ijodkorlik havaslari,
qiziqishlari, imkoniyatlari, manfaatlarini tarjima vositasida ham namoyon qildi.
O‟zbekiston-Xitoy do‟stona munosabatlari ayniqsa ta‟lim yo‟nalishida
muvaffaqiyatli amalgam oshirilmoqda. Xitoy tilini o‟rganishga bo‟lgan qiziqish
butun dunyoda o‟sib bormoqda. Buning sababi Xitoy iqtisodining to‟xtovsiz
rivojlanayotganligidir. O‟zbekistonda xitoy madaniyati va tilini o‟rganishga
qiziqish katta. Ma‟lumki, xitoy tili va madaniyatining tarixi eng qadimgi asrlarga
borib taqaladi. Xitoy tili va madaniyatini o‟rganish, xitoy xalqining turmush tarsi,
urf-odat va an‟analari bilan yaqinda tanishish, mazkur xalqning dunyoqarashi va
falsafasini bilish va o‟rganishda adabiyotining hissasi katta.
1. Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati
Muqobillar ma'nosi ko'p hollarda kontekstga bog'liq bo'ladi, ammo lug'atga
murojaat qilish ham muhimdir. Tarjimada so'z ma'nolarini taxminiy tarjima
qilishga yoi qo'yilmaydi. So'z va uning ma'nolarini tarjimon yaxshi bilishi yoki
ularni lug'atdan topishi shart. Aks holda tarjimon "tarjimonning soxta do'stlari"
tuzog'iga tushishi muqarrar.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, asliyatdagi so'zga qisman to'g'ri keladigan
ekvivalentni topish ko'pincha tarjima qilishda muammo yaratadi. Bunday so'zlar
1
KarimovI.A. Yuksakma’naviyat-yengilmaskuch.-T.:’Ma’naviyat’, 2008.-B.7-8,10.
odatda polisemantik, ya'ni ko'p ma'noli hisoblanadi. So'z ma'nosining qaysi biri
qo‟llanilganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bunda
tarjimonni adashishdan, noto'g'ri so'z tanlashdan saqlaydigan til hodisasi bu -
kontekst hisoblanadi. Ko'chma ma'noda aytadigan bo'lsak, kontekst tarjimonning
yolchi yulduzi, mayog'idir. Kontekst tarjimonning eng ishonarli quroli sanaladi.
Tilshunoslikda odatda kontekstning ikki -lingvistik va ekstralingvistik turi mavjud.
Lingvistik kontekst o'z navbatida ikki turga-keng va tor ma'nodagi kontekstlarga
bo'linadi. Tor ma'nodagi kontekst ibora va gap doirasida, keng ma'nodagi kontekst
iboradan katta bo'lgan birlik hamda butun bir matnni o'z ichiga olishi mumkin.
Aksariyat hollarda so'z ma'nosi kichik kontekst doirasida aniqlanadi. O'z ma'nosida
qo'llangan so'zlar va ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni tarjima qilishning o'ziga
xos xususiyatlari bor. Kontekstda odatda so'zlar o'z ma'nosida qollanmaganda,
ya'ni ko'chma ma'noda qo'llanganda tarjima muammosi paydo bo'ladi. Ba'zi
hollarda so'z ma'nosini to'liq anglash uchun butun bir gapni tushunishimiz lozim
bo'ladi. Ko'p ma'noli so'zlardan keragini tanlashda kontekstning ahamiyati katta.
Masalan, ingliz tilidagi "bus" so'zini olaylik. Bu so'z ot ma'nosida "avtobus yoki
trolleybus" so'zining qisqargan shakli, fe'l ma'nosida esa faqat Amerika va
Kanadada "bolalarni bir xududdan ikkinchi xududga avtobusda tashimoq"
ma'nolariga ega. Bundan tashqari bu so'z talabalar oshxonasidagi lavhalarda
ishlatilib, "o'z-o'ziga xizmat qilish, ya'ni patnisni olib, uni ishlatib bo'lgandan keyin
bo'shagan idishlar bilan joyiga olib borib qo'ymoq" ma'nolariga ega.
Ba'zan lingvistik kontekst ekstralingvistik omillar bilan juda yaqin aloqada
bo'ladi. Lingvistik kontekst so'z ma'nosini to'liq yoritib bera olmagan paytda
namoyon bo'ladi. Masalan, Bernard Shou qahramonlaridan biri shunday deydi: ...
"He warns his interlocutor not to drive him too far, it is necessary to know that
they are both sitting in the parlor and not in any vehicle". Ingliz tilidagi "to drive"
fe'li bu yerda biror holatga keltirmoq ma'nosida qo'llangan. Gap neologizm haqida
borganda ba'zan lingvistik kontekst ma'noni ochishda hech qanday ko'mak bera
olmay qolishi mumkin. Neologizm, ya'ni yangi so'z yoki ibora, eski so'zning
lug'atda ko'rsatilmagan yangi ma'nosi paydo bo'lganda tarjima tilida bu so'zning
muqobil varianti bo'lmasligi mumkin. Masalan, XX asrning 80-yillarida AQSH
gazetalarida "Reagangate" so'zi qo'llangan edi. Bu so'zning ma'nosini tushunish
uchun 1972-74 yillarda "Watergate", Vashingtondagi bir xudud nomi bilan bog'liq
siyosiy janjalni esga olish lozim bo'ladi. "Reagangate" AQSH prezidenti Ronald
Reyganning davlatni boshqarishdagi ba'zi siyosiy usullarini ko'rsatuvchi faktlar
bilan bog'liq bo'lgan tushuncha, yangi to'qilgan so'z bo'lgan. Bu so'z ma'nosini
tushunishda ekstralingvistik kontekstga murojaat etish "Reagangate" bu - saylov
kompaniyasi davrida Ronald Reygan tomonidan qo'llanilgan g'irrom usul bo'lib, bu
usuldan Nikson ham bir marta foydalangan.
2
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, muayyan so'z tarjimasi uning kontekstdagi
tahlilidan boshlanadi va bu tarjimada tegishli va muqobil so'zni tanlash imkonini
beradi. Turli kontekstlar manba til, ya'ni asliyatdagi qo'llangan so'z ma'nosini
ochishda qo'l kelishi mumkin. So'z tanlashda muammo, asosan, tarjima tilida
asliyatda qo'llangan so'zga qisman muqobilbo'ladigan so'z to'g'ri kelganda hamda
muqobil so'zning o'zi yo'q bo'lganda yuzaga chiqadi. Muqobili yo'q so'zlarni
tarjima qilish bir qator muammo yaratadi. Bu muammolarni ijobiy hai etish
tarjimondan chuqur bilim, mahorat, hamda tarjima usullarini yaxshi bilishni taqazo
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: