1 - ma'ruza va amaliy mash`ulot mavzusi
Kirish.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining maqsad vazifalari.
Tarjima haqida tilshunos olimlarning fikrlari
Mustaqil O'zbekistonimiz jahonga yuz tutib, dunyo mamlakatlari bilan
nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki madaniy va ma'rifiy aloqalar o'rnatishi natijasida
avvallari yurtimiz haqida tasavvurga ega bo'lmagan xalqlarda o'zbek xalqining boy
ilmiy merosi, madaniyati va ayniqsa, adabiyotiga qiziqish uyg`onib, bu hol o'zbek
adabiyoti asarlarini chet tillarga tarjimasiga ehtiyojni vujudga keltirmoqda. Jahonni
yangidan kashf etayotgan o'zbek xalqida ham chet el adabiyoti asarlariga qiziqish
tobora oshib bormoqda.
Tarjima tillar doirasida amalga oshiriladigan madaniyatlararo aloqa
vositasidir. Huddi shunday vosita sifatida u azal-azaldan ijtimoiy va xalqaro
taraqqiyotga sezilarli ta'sir qilib kelgan. Shunday ekan yuqorida qayd etilgan
mavzu bilan bog`liq masalalar atroflicha o'rganishi maqsadga muvofiqdir. Shu
nuqtai nazardan mazkur mavzuga oid ish-tarjima ilmi va amaliyotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Mavzuga oid masalalar turli manbalarda u yoki bu tarzda o'z
ifodasini topgan.
Mavzuning asosiy qismini . Salomovning quyidagi mulohazasi bilan
boshlaylik.«Tarjima orqali xalqlar bir-birlari bilan fikrlashganlar, adiblar bir-birlari
bilan muloqotda bo'lganlar. Hamma zamonlarda-hoq adabiy, hoq ilmiy, hoq
siyosiy kitoblar tarjimasi bo'lsin-xalq, u yaratgan yoki yaratayotgan madaniyat, fan,
adabiyot va siyosat bundan faqat naf ko'rgan.» Olmon tilshunosi va faylasufi
Fridrih Shlayermaher (1768-1834) 1813 yilda Berlinda chop etilgan "Uber die
vershiedenen Methoden des Ubersetzens" (Tarjimaning turli usullari haqida)
maqolasida shunday yozadi: "O'ziga hurmat va vositachilik tabiati tufayli, xalqimiz
katta tarihiy davrdagi barcha o'zga ilm va san'at durdonalarini o'ziniki bilan birga
o'z tilida jamlab, Еvropaning markazi va yuragida saqlashi lozimki, toki bizning
tilimiz yordamida, turli zamonlar keltirgan nafosatdan har kim imkoni boricha sof
va mukammal holda tanishib, bahramand bo'la oladigan bo'lsin".
Yogan Volfgang Gyote (1749-1832) esa «German Romance» (Olmon
Romanslari 1827) asarida tarjima haqida muloqaza yuritib, "… u jahon
miqyosidagi munosabatlar uchun eng muhim va eng qadrli faoliyat va shunday
bo'lib qolajak"-deya ta'kidlaydi.
Tarjimashunos olim A.V. Fyodorov «Tarjima adabiyotshunoslik jihatdan o'rganish
tarjimonlar foydalangan til hodisalarini til vositalarini taqlil qilish va baholashni
ko'rib chiqish zaruriyati bilan doim to'qnash keladi» degan fikrni olg`a surardi.
L.S. Barhudarovning fikriga ko'ra, til birliklari va tarjima birliklari o'rtasida far?
yo'q, ya'ni fonema, so'z, so'z birikmasi hamda gap tarjima birligi bo'lishi mumkin.
S. Marshakning fikricha: «tarjimon doim she'riy tarjima yaratishga qodir emas,
buning uchun tilni bilishdan tashqari, ijodiy ruhiy holat, she'riy kayfiyat, botiniy
go'zal his tuyg`u, o'ta nozik did va albatta Olloh tomonidan berilgan iste'dod zarur».
Tarjimashunos olimlarimiz Q.Salomov va N.Komilov shunday deganlar:
«Badiiy tarjimaning boshqa turlarga qaraganda, she'riy tarjima ta'bir joiz bo'lsa
„ko'proq“ san'atdir».
D. Dyurshinning nazariyasi bo'yicha «tarjima xalqaro adabiy jarayon
taraqqiyotida muhim o'rin egallovchi adabiyotlararo kommunikativ vositadir».
Tilshunos R. Yakobson qarashlarida tarjima bir til (asliyat) dan ikkinchi til (tarjima)
ga o'tuvchi semantik tushuncha tarzida qabul qiladi. Avstraliyalik tilshunos M.S.
Hornbi va uning ham fikrlari yozadilar: «Tarjimashunoslik fani lingvistikaning bir
bo'limi yohud unga asoslangan fangina bo'lib qolmasdan, balki keng qamrovli va
keng ma'noli mustaqil nazariy fan bo'lishi zarur. Tarjimon esa nazariyaning quliga
aylanib qolmasdan, matnga erkin yondashuvchi, ayni paytda matnni keng ma'noda
tushunuvchi, uning ma'naviy va madaniy hayotdagi o'rnini aniqlab tarjima qiluvchi
ijodkorga aylanmog`i kerak». J. Holms va uning safdoshlari J. Lamber, A. Lefevr
fikricha: «Tarjima nazariyasi o'zgarmayotgan matnning tarjima tilida yaratilgan
nushasiga asoslanishi zarur ya'ni erishilgan yakuniy maqsadga qarab baho
berilmog`i va tarjima nazariyasi qonuniyatlari yaratilmog`i kerak».
Federatsiya prezidenti janob P.F. Kaye fikricha: «Biz boshqa san'at sohalarida
mehnat qilayotganlarga, o'zga yozuvchilarga nisbatan turli xalqlar yaratgan
madaniyatlar bilan ko'proq munosabatga kirishamiz, zotan huddi shu bizning
vazifamizning muhimligini belgilovchi narsa hisoblanadi». J. Munen tarjimalar
misolida fikrlashicha:" Rus tilidan francuzchaga 1960 yilda tarjima qilish - bu
1760 yilda yohud hatto 1860 yilda ham rus tilidan francuzchaga tarjima qilish bilan
sirayam bir hil narsa emas, oldingi davrda ham yaratilmagan bir vaqtlarda aloqa
kam edi. Buning natijasida hoq tilda bo'lsin, hoq boshqa sohada bo'lsin, tafovutlar
har gal kamaya boradi".
O'zbek shoiri va tarjimoni N. Alimuhamedovning fikricha: «Umuman
adabiyotimiz hazinasida tarjima asarlarining bo'lishi yolg`iz madaniy va adabiy
jihatdangina emas balki baynalmilal nuqtai nazardan ham zo'r ahamiyatga
molikdir». N.K. Garbovskiy shunday yozadi: "...o'zini tilning amaliy sohasi deb
e'lon qilgan yosh tarjima nazariyasi azaldan fundamental lingvistikaning
ma'lumotlariga asoslanmay iloji yo'q edi".
Tarjimashunos olimlarning bildirgan fikriga asoslanib, shunday hulosa qilish
mumkinki, tarjima nafaqat ta'lim sohasida, balki kundalik hayotimizning har bir
sohasida muhim ahamiyatga egadir.