178
Hududiy raqobatdosh va xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli
mahsulotlar ishlab chiqarish, joylarda ishlab chiqarish ixtisoslashuvini to’g’ri
tashkil etish va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga o’tish;
Hududlarning
tabiiy
resurs
salohiyatidan
oqilona
foydalanish
mexanizmlarini takomillashtirishga, hududlardagi mavjud mineral-xom ashyo
resurslari imkoniyatlarini to’g’ri baholash va qazib
olish hamda qayta ishlash
borasida tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va hokazolar o’rin egallagan.
Xizmatlar sohasi va turizmni aytish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishda juda ko’plab yo’llar
qo’llanilmoqda. Ulardan birgina misol qilib turizmni olib ko’rsak, O’zbekistonda
xalqaro turizmni rivojlantirishda turistik resurslarning xalqaro darajalarini, ta’rif va
tavsiflarini yaratish tur-operatorning birinchi navbatdagi asosiy vazifasi aynan ana
shu turistik obyektning eng jozibador, betakrorligini, ko’rinishini aniqlashdir.
Ikkinchidan, mamlakatimizdagi turistik resurslarni obyektlarning qaysi birlari yoki
qaysidir bir guruhlari nodir va noyob, ularga xalqaro turistlarning qay darajalarda
qiziqishlarini aniqlashdir.
Xalqaro miqyosdagi turistik obyektlardagi jozibadorlik va betakrorlik
deganda mazkur turistik obyektning xalqaro miqyosda ma’lum va mashhurligi,
mo’jizaviyligini, dunyo aholisi, bu obyektni bilishi tan olinadi. Bunday miqyosdagi
jozibadorlik va betakrorlik asosiy hollarda mo’jiza deb nomlanadi.
Dunyo
miqyosdagi turistik obyektning mo’jiza deyilishi o’tmishdagi insoniyat bunyod
etgan ulkan inshoatlarning qay tartibda qurilganligi, ularda hozirgacha ko’plab
ochilmagan sir-sanoatlarning mavjudligidir
8
.
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda
mamlakat iqtisodiyotining yuqori su’ratlarda o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan
sohalardan yana biri – bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish,
yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish,
xalqaro
moliyaviy
institutlar
pul
mablag’larini
jalb
qilish
orqali
moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o’z vaqtida amalga oshirilishini
ta’minlash va boshqa qator yo’nalishlardan iborat.
Mazkur loyihalarni amalga oshirishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev o’z
harakatlar strategiyasida quyidagilarni mo’ljallab qo’ygan:
2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon
banki kreditlarini jalb etish;
2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani
amalga oshirish uchun Osiyo
taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish.
9
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida makon asosiy rol
o’ynaydi.
Yurtboshimiz shuni ham hisobga olgan holda “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini
faollashtirish va kengaytirish” ga muhim e’tibor qaratdi. Buning yaqqol misoli, bir
necha yil oldin Navoiy viloyatiga, bora-bora Jizzax, Angren,G’ijduvon, Qo’qon,
Urgut, Xazorasp va boshqalar iqtisodiy zonalarni tashkil etadi.
8
Sirliboyev B. SamISI katta o’qituvchisi. Xalqaro turizmni rivojlantirishda turistik resurslarning ahamiyatini
belgilash. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida intellektual salohiyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti
muhim omili. 3-qism. Samarqand – 2016
9
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayev. 2017-2021-yilgi“Harakatlar strategiyasi” 3-bob.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish Toshkent “Ma’naviyat” 2017
179
“Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni bevosita hududlarda xorijiy investorlarga mamlakatimiz
iqtisodiyotining
real sektorlariga investitsiya kiritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish
maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq
va bojxona imtiyozlari turtki bo’ldi.
10
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov oldi
dasturida “Chuqur tahlillar asosida har bir hududning o’ziga xos xususiyati va
imkoniyatlari, talab va ehtiyojlarini inobatga oladi” deb aytgan edi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy fanlarning o’sishi rivojlanishi
mahsulot sifatini oshirish bo’yicha muammolarni
yechish uchun chuqur ilmiy
izlanishlar olib borishga sabab bo’ldi. Hozirgi paytda bu sohada ko’plab nazariy va
amaliy-uslubiy ilmiy ishlar paydo bo’ldi.
Yuqoridagi gaplarni inobatga olgan holda, bizning fikrimiz hududlarda
kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi natijasida resurs salohiyatidan
oqilona foydalanish, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab
chiqarishning to’liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik
subyektlarini tashkil
etish
va
ixtisoslashuvidan
kelib
chiqib
joylashtirish
mexanizmini
takomillashtirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: