P’ = W × 100% (3).
Bu yerda: P’ - foyda normasi; P - foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari.
P___
P’ =Kavans × 100% (4).
Bu yerda: P’ - foyda normasi; P - foyda massasi; Kavans (asosiy kapital + aylanma kapital) - korxona avanslangan mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o’rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi to’g’ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag’lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko’rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o’sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o’zgarmagan holda ikki yo’l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
XULOSA
Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va boshqa F. turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama F.ga boʻlinadi. Oddiy F. erkin — mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar oladigan F.dir. Us t am a F.ni firmaning monopol mavqei, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama F. oladi. F. nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad F.dan iborat boʻladi. Normal F.ni tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bundam F. xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan taqdirda normal F. ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy F. xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu F. kapital egasiga tegadi. Omad F.si — bu F.ni bozor konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad F.si hosil boʻladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik F.si ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda F.ning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. F.ning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, F.dan dividend toʻlanadi, xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F. hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi.
F. bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy vosita hisoblanadi. F.ga intilish resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib F. kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi. F.ning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |