Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Usmonov B.SH., Xabibullayev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv 
jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish.
2.
V.O‘rinov, M.Sultonov, A.Umarov. O‘zbekistob Respublikasi oliy ta’lim 
tashkilotlarida ECTS kredit modul tizimi: Asosiy tushuncha va qoidalar. 
TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARINI 
O‘RGANISHNING DOLZARBLIGI 
Abdumannopov Murodjon Ilxomjon o‘g‘li, 
Andijon davlat universiteti, Informatika o‘qitish
metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
 
Annotatsiya. Maqolada zamonaviy dasturlash tillari to‘g‘risida ma’lumotlar va 
ularning bir-biridan farqi hamda ta’lim tizimida qaysi dasturlash tillari o‘tilishining 
dolzarb muammolari haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: axborot xizmati, kompyuter texnologiyalari, dastur, dasturlash 
tillari, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari, web dasturlas
h.
 
Hozirgi vaqtda ochiq iqtisodiyotda, xoh u yakka shaxs, kichik korxona yoki 
yirik kompaniya bo‘lsin, ular o‘z faoliyatini jahon yutuqlari bilan taqqoslashga 
majbur. Shu bois zamonaviy texnik baza va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi axborot xizmati tizimini 
yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Bugungi kun mutaxassislari qaysi sohani 
egallashidan qat’i nazar: tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, 
fan va ta’lim - zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmasdan 
faoliyat yurita olmaydi. Ushbu sohalarning har biri uchun tegishli dasturlar 
ishlab chiqilmoqda. Binobarin, bugungi kunda dasturchilik kasbiga bo‘lgan talab 
ortib bormoqda. Hatto IT olamidan tashqari soha mutaxassislari faoliyati uchun 
kamida bitta dasturlash tilini bilish talab darajasiga chiqmoqda. 
289 


Respublikamizda mutaxassislar tayyorlash “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi. Ushbu me’yoriy 
hujjatlarga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiy 
qismlaridan biri turli bosqichlarda informatika va axborot texnologiyalarini 
o‘rganishdir. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘rganish doirasida 
maktab davridan boshlab o‘quvchilar Scratch dasturlash muhitida ishlash, turli 
xil LMS, SMM platformalarida ishlash hamda Python dasturlash tilini 
o‘rganishni boshlaydilar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar 
turli obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birini o‘zlashtirib, dasturlash 
bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtiradi. Oliy ta’lim tizimida esa axborot 
texnologiyalari boʻyicha tegishli taʼlim yoʻnalishini tanlagan talabalarga esa 
ko‘plab zamonaviy dasturlash tillari oʻrgatiladi. Shu o‘rinda bir savol tu
g‘iladi: 
Dasturlash tillarini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? 
Ushbu savolga javob topish maqsadida quyida bir nechta zamonaviy 
dasturlash tillari haqida, ularning afzalliklari va kamchiliklari, qo‘llanilish 
usullari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tillarning dolzarbligi foydalanish sohasiga 
qarab farqlanadi. Moliyaviy va korporativ dasturiy mahsulotlar yaratishda 
Python, Java yoki C# kabi tillardan foydalaniladi. Media va dizaynga 
yo‘naltirilgan web-sahifalar va dasturlar Ruby, PHP va JavaScript kabi dinamik, 
umumiy, funksional tillardan foydalaniladi. 
Python – umumiy-maqsadli dasturlash uchun keng foydalaniladigan yuqori 
darajali dasturlash tili hisoblanadi. Ushbu dasturlash tili Gollandiyalik dasturchi 
Guido van Rossum tomonidan 1991-yil 20-fevralda taqdim etilgan. Bu til yangi 
o‘rganuvchilar uchun juda oson til bo‘lib, uning o‘qilishi va ixcham sintaksisi, 
ya’ni ishlab chiquvchilar g‘oyani ifodalash uchun boshqa tillardan foydalanishga 
qaraganda kamroq kod yozishlari mumkin. 
Java – 1990-yilda Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan obyektga 
yo‘naltirilgan dasturlash tilidir. Bu eng ko‘p talab qilinadigan tillardan biri 
bo‘lib, korporativ dasturlar, web-platformalar, o‘yinlar va mobil ilovalar, 
shuningdek, Android operatsion tizimi uchun mobil ilovalar yaratishda 
foydalaniluvchi dasturlash tilidir. 
C – 70-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan umumiy maqsadli, ilk va keng 
tarqalgan til bo‘lib, C++, C#, Java, JavaScript va Python kabi boshqa mashhur 
tillar shu til asosida yaratilgan. C asosan operatsion tizimlar va o‘rnatilgan 
ilovalarni yozish uchun ishlatiladi. 
C++ – bu obyektga yo‘naltirilgan o‘rta darajadagi til bo‘lib, u tizimli va 
amaliy dasturlarni, server va mijoz ilovalarini hamda video oʻyinlarni ishlab 
chiqish uchun ishlatiladi. 
290 


C# – bu Microsoft tomonidan .NET platformasining bir qismi sifatida ishlab 
chiqilgan ko‘p paradigmali dasturlash tili bo‘lib C va C++ tamoyillarini 
birlashtirgan holda Windows platformalari uchun dasturiy ta’minot ishlab 
chiqish uchun ishlatiladigan universal til hisoblanadi. 
PHP (Hypertext Processor) – bu dinamik web-sahifalar va ilovalarni ishlab 
chiqish uchun yaratilgan til hisoblanadi. U alohida fayl oʻrniga hujjatning 
HTML manbasiga toʻgʻridan
-
toʻgʻri kiritilishi mumkin, bu esa uni web
-ishlab 
chiquvchilar orasida mashhur dasturlash tiliga aylantiradi. 200 milliondan ortiq 
web-saytlar, jumladan Facebook, Yahoo!, Wikipedia kabi mashhur platformalar 
ham PHPda asosida yaratilgan. 
JavaScript – Netscape tomonidan yaratilgan server tomoni va mijoz tomoni 
skriptlarini yozish uchun skript tilidir. Uning ko‘p sintaksisi C tilidan olingan. U 
ko‘plab brauzerlarda qo‘llanilishi mumkin va web-sahifalarning interaktiv va 
animatsion elementlarini ishlab chiqish uchun asosiy til hisoblanadi. Bundan 
tashqari, o‘yinlarni ishlab chiqish va ish stoli ilovalarini yozishda qo‘llaniladi.
HTML va CSS bilan bir qatorda JavaScript web dasturlash uchun muhim 
ahamiyatga ega. Facebook, Twitter, Gmail va YouTube kabi web-saytlarning 
aksariyati JavaScriptga asoslanib interaktiv web-sahifalar yaratadi. 
SQL – (Strukturaviy so‘rovlar tili) relyatsion ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlarida ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish uchun maxsus til. U 
eng ko‘p ma’lumotlar bazasini qidiradigan “So‘rov” funksiyasi tufayli 
qo‘llaniladi. SQL 1980-yillarda Amerika Milliy Standartlar Instituti (ANSI) va 
Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) tomonidan standartlashtirilgan. 
Yuqorida keltirilgan bir qancha dasturlash tillari haqida qisqacha 
ma’lumotlar berib o‘tildi. Ushbu dasturlash tillari ommabobligi, qulayligi va 
samarali foydalanishiga qarab turli reytinglarda o‘z o‘rniga egadirlar. Bunday 
reytinglar bir nechta web-saytlarda e’lon qilib boriladi. Dasturlash tillari uchun 
eng obro‘li reyting Tiobe Software tomonidan tuzilgan reyting hisoblanadi. U 
Google, GoogleBlogs, Yahoo!, Wikipedia, MSN va YouTube platformalaridagi 
so‘rovlar statistikasi tahlili asosida tillarga qiziqishni o‘zgartirish uchun o‘z 
reytingini tuzadi. 
Tiobe indeksi har oy yangilanadi va eng so‘nggi natijalarni 
https://www.tiobe.com/tiobe-index/ sahifasi orqali topish mumkin. Quyida 
dasturlash tillarining kuchli 10 talik reytingini ko‘rishimiz mumkin (1-rasm) [1]: 
291 


1-rasm. Tiobe Software tomonidan tuzilgan dasturlash tillari reytingi 
Dasturlash tillarini tahlil qilish orqali quyidagi xulosaga kelish mumkin: 
maktablarda o‘tilayotgan Python dasturlash tili hozirgi kunda zamon talabidagi 
dasturlash tili darajasiga yetgan. Shu sababdan ushbu dasturlash tilini 
chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Keying o‘rinlarda 
sohalarga qarab tegishli dasturlash tillarini o‘rgatish mehnat bozorida talab 
yuqori bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash va ichki bozorning turli 
sohalarda talab darajasidagi dasturiy mahsulotlar bilan boyitish imkonini beradi. 

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish