Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.
Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. “Axborot
texnologiyalari”. Oliy va o‘rta maxsus ta’limi uchun o‘quv qo‘llanma. – T.:
Noshir, 2009. – 368 b.
2.
Amirov D.M. va boshqalar. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari.
Izohli lug‘at. – Toshkent, 2010.
3.
Abdullayev Z.S., Shodmonova G., Mirzayev S.S., Shamsiddinov N.B.
Informatika va axborot texnologiyalari. – T.: Noshir, 2012. – 400 b.
4.
Boqiyev R., Matchonov A. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiya, 2012, – 368 b.
TA’LIM JARAYONIDA VIRTUAL TA’LIM TIZIMIDAN
FOYDALANISH (QUIVER DASTURI MISOLIDA)
Ovxunov Iqboljon Abdunabiyevich,
ADU, Informatika o‘qitish metodikasi kafedra o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ta’lim ko‘rsatkichlari aniqlanadi, o‘qituvchining axborot madaniyati
individual axborot faoliyatini optimal amalga oshirishni ta'minlaydigan bilim,
qobiliyat va ko‘nikmalarning tizimlashtirilgan majmui sifatida tavsiflanadi.
Kalit so‘zlar: kompyuter, raqamli aborigen, raqamli immigrant, mobil telefon
aloqalari, raqamli musiqa playerlar.
Bugun axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir
jabhani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik, zamonaviy axborot
texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib bormoqda. Shu bois
298
yurtimizda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, aholi turmush
darajasini yanada oshirish uchun barcha sohaga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Eng avvalo,
sohaning huquqiy asoslarini shakllantirishga e’tibor qaratilyapti. Xususan,
o‘tgan davrda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar
to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo
to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi bir qator qonunlar qabul qilindi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori muhim
ahamiyat kasb etib, unda “...ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan
raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini
takomillashtirish, shuningdek, «Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish
doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli
bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish”
2
masalalari ustuvor vazifalar sifatida
belgilangani fikrimiz tasdig‘idir.
Bugungi kun tarbiyalanuvchilari kimlar? “Yangi ta’lim oluvchilar qatlami”
ta’limning qaysi turini yoqtiradi? Ular nimalarni xush ko‘radi? Hammaning
fikri har xil, lekin amerikalik psixolog Prenski boshqa bir tushuncha “raqamli
aborigen (aholi)” atamasini o‘ylab topdi. “Raqamli aborigen” va “raqamli
immigrant” tushunchalarining fanga kirib kelishini, bevosita 2001-yilda o‘z
ishlarida “Digital Natives”, “Digital Immigrants” tushunchalaridan
foydalangan Mark Prenski nomi bilan bog‘lash o‘rinlidir. Mark Prenski –
butun dunyoga tanilgan mashhur yozuvchi, orator, ta’lim sohasidagi
maslahatchi va psixologlardan biri. Uning fikriga ko‘ra, bugungi kun ta’lim
oluvchilari tubdan o‘zgardi. Ular o‘z nutqini, kiyinishini, uslub va bezaklarini
avvalgidek sekin astalik bilan o‘zgartirmaydilar. Balki shunday “portlash”
kabi voqealar yuz beradiki, bunda o‘tgan hayotga umuman qaytish imkoniyati
qolmaydi. Lekin aholining ayrim qismi raqamli dunyoda tug‘ilmagan, ular
tug‘ilganlarida raqamli texnologiya rivojlanmagan davr bo‘lgan insonlardir.
Ular ham Internetning har qanday yangiliklarini ko‘rib, o‘rganib
foydalanishlari mumkin, lekin ular “raqamli aborigen” bo‘lmagan qatlam
bo‘lib, ularni “raqamli immigrantlar” deb atashdi. Demak, aholi qatlamining
bunday ikkiga bo‘linishi o‘zaro avlodlar orasida tushunmovchiliklar kelib
chiqishiga zamin yaratadi.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni
keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4699-sonli Qarori.
299
Bu voqealarning barchasi XX asrning oxirgi 10 yilligida raqamli
texnologiyalarning tezlik bilan yoyilishi oqibatida sodir bo‘ldi. Bugungi ta’lim
oluvchilar deganda nafaqat yangi raqamli texnologiya davrida tug‘ilgan, balki
atrofini kompyuter, komyuter video o‘yinlari, mobil telefon aloqalari, raqamli
musiqa playerlari va boshqa shunga o‘xshash texnologiyaning boshqa
“o‘yinchoqlari” o‘rab olgan o‘quvchilar tushuniladi.
Xo‘sh, ta’lim beruvchi “Raqamli immigrant”ga “raqamli aborigen” nimalarni
o‘rgata oladi?
Turli xil avlod odamlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashni,
moslashuvchanlikni;
o‘z hayotlarining qiymatli bo‘lishini ta’minlashni, tezkor qaror qabul qilishni
o‘rgatadilar.
“Raqamli immigrantlar” ta’lim berish jarayonida qanday tarbiyaviy
xislatlarni raqamli aborigenlarga o‘rgata oladi?
Maqsadga tezkor usulda erishishni;
katta hajmdagi narsalarni yaratishda diqqatni jamlash va maqsadga to‘g‘ri
yo‘naltirish;
mavjud institutlarning maqsadlarini qaytadan ko‘rib chiqish va ularni
natijaga to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rgatadilar.
Bu ikki avlod nafaqat qiziqishlari, dunyoqarashi, balki xarakterlari bo‘yicha
ham o‘zaro farq qiladilar.
Raqamli immigrantlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: passiv, har bir harakati
maqsadga yo‘naltirilgan, uzoq o‘ylaydigan, diqqatli, yakka tartibda ishlash va
qaror qabul qilishni xush ko‘radi.
Raqamli aborigenlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: faollikni yoqtiradi,
quvnoq, tarqoq fikrli, tez fikrini almashtiradi, qarorlarni tezkor qabul qiluvchi,
ko‘p vazifalilikni xush ko‘radilar.
Tarbiyalanuvchilarning yangi avlodi texnologiyaga bo‘lgan kuchli
qiziqishlari uchun “raqamli aborigenlar” nomini oldilar. Ushbu raqamli avlodga
to‘g‘ri yo‘nalishda ta’lim-tarbiya berish hozirgi tarbiyachiga ancha
qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda: faqatgina yozish va o‘qish o‘quvchiga yildan
yilga zerikarli bo‘lmoqda. Bunga misol sifatida bolalar bog‘chalarida Quiver
dasturi yordamida qo‘l motorikasini rivojlantirish masalarini qarab o‘tish
mumkin.
300
Dasturni quivervision.com saytidan yuklab olinadi.
So‘ng bo‘yash uchun varoqlarni yuklanadi. Bolalar ushbu maxsus
varoqlarni bo‘yaganlaridan so‘ng, ularni virtual holda telefon yoki planshetlar
yordamida harakatga keltiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |