MAHALLIY DORIVOR O‘SIMLIKLARDAGI FIZIOLOK FAOL
MODDALARINI O‘RGANISH
1
Mo‘ydinova N.,
2
To‘xtaboyeva F., To‘ychiyeva D.
1.Biologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti;
2.Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti;
3.Zoologiya va biokimyo kafedrasi professor v.b.
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya. Maqolada mahalliy dorivor o‘simliklarning dorivorlik
xususiyatlarini belgilovchi fiziolok faol moddalarini o‘rganish borasidagi
ma’lumotlar yoritib berilgan. Shuningdek, dorivor mahalliy o‘simliklardan
rayxon va yalpiz o‘simliklarning barg, poya va ildizlardagi fiziolok faol
moddalarining miqdoriy holati laboratoriya sharoitida o‘rganilish natijalari
tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: mahalliy dorivor o‘simliklar, fiziolok faol moddalar, rayxon,
barg, poya, ildiz.
Flavanoidlar o‘simliklar olamida keng tarqalgan. Xususan flavanoidlarga
boy o‘simliklarga gulli o‘simliklar, atirguldoshlar oilasi (har xil turdagi do‘lana,
qora mevali chetan), dukkaklilar oilasi (yapon saforasi, shirinmiya),
grechixaning har xil turlarida, murakkabguldoshlar oilasi va boshqalarda ko‘p
uchraydi. Ayniqsa, tropik va alp mintaqasida o‘sadigan o‘simliklar tarkibida
flavanoidlar miqdori juda yuqori bo‘ladi. Flavanoidlar sporali o‘simliklar
(moxlar, paparotniklar, qirqbo‘g‘imlar), kam miqdorda suvo‘tlarida,
zamburug‘larda, hattoki mikroorganizmlar va hasharotlarda ham topilgan.
205
Flavanoidlar o‘simliklarning hamma qismlarida uchraydi, ammo ko‘proq
miqdorda yer ustki qismlarida: guli, bargi, mevasi; shirinmiyada kam miqdorda
bo‘lsa ham yer ostki qismida ham flavanoidlar borligi topilgan. Xususan, yangi
gullar yoki ochilmagan g‘unchalar va yetilmagan mevalar flavanoidlarga juda
boy hisoblanadi. Flavanoidlar o‘simliklarning turli organlarida o‘rtacha 0.5-5%
gacha, ba’zan esa 30% gacha (yapon saforasi guli va g‘unchasida) ham uchraydi
[1,2]. Flavanoidlar o‘simliklar hujayrasi suyuqligida suvda yaxshi eruvchan
glikozidlar shaklida erigan holatda bo‘ladi. Glikozidlar fermentlar ta’sirida qand
va aglikon qismlarga ajraladi.
O‘simliklarning yoshi va rivojlanish fazalari flavanoidlarning jamg‘arilishida
asosiy omil hisoblanadi. Flavanoidlarning eng ko‘p hosil bo‘lish fazasi bu
o‘simliklarning gullashi, eng kam hosil bo‘lish davri esa ularning meva tugish
fazasiga to‘g‘ri keladi. Atrof-muhit omillari (yorug‘lik, tuproq, namlik v.h.k)
ham o‘simliklardagi flavanoidlarning miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Janubiy va
yuqori tog‘ mintaqalarida yorug‘lik, mikroelementlarga boy tuproq ta’sirida
flavanoidlarning miqdori ortadi.
Hozirgi paytda erkin radikallarning organizmdagi makromolekulalarni
shikastlashi va hujayralarni o‘lishiga asosiy sababchi ekanligi isbotlanilgan [3].
Fenol birikmalarning (tokoferollar, flavanoidlar, kumarinlar) antioksidant
xossasi tirik organizmlarda oksidlanish jarayonida yuzaga keladigan bir qator
surunkali kasalliklarni (yurak ishemiyasi, diabet, ateroskleroz) oldini olishda
muhim ahamiyat kasp etadi [4,5]. Ko‘pchilik flavanoidlar oksidlanish jarayonini
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi hamda erkin radikallrni hosil bo‘lish zanjirli
reaksiyalarini uzib qo‘yadi [3]. Flavanoidlarning antioksidant faolligi ularning
faol holatdagi kislarodni va lipid radikallarini ingibitorlash xossasi bilan
tushuntiriladi [6]. Flavanoid so‘zining tub ma’nosi lotincha “flavus” sariq
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lsa ham ular nafaqat sariq balki to‘q qizil, havorang,
hamda rangsiz ko‘rinishlarda bo‘ladi [7]. Katexinlar, leykoantotsianidinlar,
flavanollar, izoflavonlar - rangsiz; flavanonlar, flavonlar, flavanollar - sariq;
halkonlar va auronlar - to‘q sariq; antotsianidinlarning rangi muhitga bog‘liq
bo‘lib qizil, ko‘k va binafsha rangda bo‘ladi.
Flavanoidlar Folin-Denis va Murri usullari bilan miqdoriy analiz qilinadi.
Flavanoidlarning magniy yoki ruxning konsentrlangan xlorid kislotasi bilan
reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan atomar holdagi vodorod bilan
qaytarilish tufayli o‘ziga xos rang hosil qiladi. Reaksiya juda sezgir bo‘lib, unda
flavanoidlardagi karbonil guruhi qaytariladi va antotsianlar hosil bo‘ladi [8].
Yuqorida yoritilgan ma’lumotlar asosida mazkur ishda mahalliy dorivor
o‘simliklardan rayxon o‘simligining fiziolok faol moddalarini miqdoriy jihatini
206
o‘rganishni maqsad qilib olindi. Maqsadga erishish uchun o‘chun o‘simlikni
bargi, poyasi va ildizini Park va boshqalar tavsiya etgan o‘simlik ekstraktining
methanol fraktsiyalari vodorod peroksidini tozalash faolligini aniqlash uslubiga
binoan amalga ashirildi [9]. O‘lchovlar spektrofotometrda 560 nm spektr
uzunligida olib borildi.
Rayhon o‘simligining bargi ekstraktining fiziolok faol moddalarini miqdori
o‘rganilganda quyidagi natijalar olindi. Rayhon o‘simligining bargi ekstratida
20%, poyasida – 27,5% va ildizida – 36,6% fiziolik faol moddalar mavjudligi
ko‘rildi. Olingan natijalar ko‘rsatishi asosida xulosa qilish mumkinki, rayhon
o‘simligining tanasi qismlarida fiziolik faol moddalarni eng ko‘p miqdori
ildizida yig‘ilishi, keyin poyasida, so‘ngra esa bargida to‘planishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |