Annotation
.
In this article, the cultivation and processing of mushrooms
based on innovative technology is aimed at meeting the population's need for
protein, increasing the energy value of everyday products, expanding the range of
products fortified with vitamins and minerals to provide our people with cheap
products.
Key words
: champignon, compost, mycelium, fermentation, substrate,
disinfection
Qo'ziqorinlar tuban o’simliklar guruhiga mansub bo’lgan oqsilga boy
sabzavot o’simligi hisoblanib, unda go'sht yoki tuxumdan ham ko'proq foydali
kimyoviy moddalar mavjud. Bundan tashqari, ular parhezbop oziq-ovqat
mahsulotlar qatoriga kiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ularni muntazam
ravishda iste'mol qiladigan odamlarda saraton kasalligi 65% foiz ga kamaygan.
Qo'ziqorinlarning foydali hususiyatlari ko’plab tajribalarda isbotlangan.
Qo'ziqorinlar qandli diabet, ateroskleroz, saraton va qon bosimi, gripp, oshqozon
yarasi va jigar serrozini davolashda foydali dorivor sabzavot sifatida iste’mol
qilinadi. Shuningdek tarkibida kalsiy, temir, mis selen, turli xil vitaminlardan B
6
,
B
12
, B
6
, B
1
, B
2
, PP makro va mikroelementlar mavjud. Bugungi kunda mahalliy
aholi tomonidan qo’ziqorinlarning bir nechta turlari uy sharoitida o’stirib
kelinmoqda. Lekin ilmiy jihatdan shampinion qo’ziqorini haqida ma’lumotlarni
topish qiyin. Shuni hisobga olgan holatda istemol qilinadigan oziq-ovqat
mahsulotlari qatoriga kiritish maqsadida o’z tajriba ishlarimizda shampinion
qo’ziqorini haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lmoqdamiz. Shampinion
qo’ziqorinini yetishtirish juda murakkab hisoblanib yuqori talab qilinadigan
jarayondir. Qo’ziqorindan yuqori hosil olishda avvalo uning biologiyasini bilish
lozimdir. Shampinion qo’ziqorini boshqa turdagi sabzavot mahsulotlariga nisbatan
organik o’gitni ko’p talab qiladigan o’simlik hozirda 200 ga yaqin turi aniqlagan.
Qisqa muddat davrida pishishini hisobga olib o’sish davr mobaynida barcha kerakli
oziq moddalarni vegetativ tanasi orqali shimib oladi. Yuqori hosil olish uchun
avvalo kompostlash jarayonini to’g’ri tashkil etish kerak. Quyida kompostlash
jarayoni va hosilga ta’sir etuvchi omillar haqida ma’lumot berilgan. Shampinion
qo’ziqorinini yetishtirish uchun eng avvalo chirindili tuproq ya’ni kompostlash
muhitini to’g’ri tashkil etish kerak.
Kompost, qo'ziqorindan yuqori hosilini olish uchun tayyorlanishi kerak bo'lgan
maxsus tuproq hisoblanadi. Tuproqga qo'ziqorin etishtirishda asosiy organik
birikmalar sepiladi, shuning uchun tuproq kulturasini shakllantirishda organik
o’g’itlarni koproq solish kerak.
To'g'ri kompostlash ko'p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi va bu yuqori
hosil olishda asosiy omil hisoblanadi. Qo'ziqorinlar xususan, shampinionlar tuproq
tarkibiga juda bog'liq, shuning uchun nisbatlarga rioya qilish kerak. To'g'ri tuzilgan
tuproq nam somonning bir qismidan va ot go'ngining 4 qismidan iborat (somon
go'ngining nisbati 1: 4)
Ikkala komponentni navbatma-navbat almashtirib, kompost qatlamlarga mineral
o’gitlarni solish ham hosilga ta’sir etadi. Maksimal ta'sirga erishish uchun karbamid
yoki superfosfat qatorlari orasida ozgina miqdorda qo’shiladi. Agar ot go'ngi
45
ko’proq qo’shib ishlatilsa, shampinion tezroq o'sadi. Qo’shimcha ravishda somonni
parranda go’ngi yoki boshqa hayvonlarning qayta ishlangan chiqindilariga
almashtirish ham samara beradi.
Shampinion uchun kompost, har tomondan havo olishi kerak, shuning uchun uni
yerga qo’yish tavfsiya etilmaydi. Tuproq chodir bilan qoplanganligiga e’tibor
berilad, to'g'ridan-to'g'ri nurlanishiga yoki kuchli yomg'ir tushmasligini ta’minlash
kerak. Kompostni namlash kerak, ammo ortiqcha suv fermentatsiyaga jarayoniga
ta’sir qiladi.
Yuqori sifatli shampinion olish uchun va uni pishib yetilishi uchun eng asosiysi
qo’ziqorin o’sishi uchun optimal sharoit yaratish hisoblanadi. Uning o'lchamlari
taxminan 1,5 m kenglikda, uzunligi 1,5 m va balandligi 1,5 m. Aynan shu nisbat
to'g'ri o’sishni ta'minlaydi. Kam miqdordagi kompost solish natija bermaydi,
chunki to'liq fermentatsiya katta hajmni talab qiladi.
Kompost tayyorlash joyi ochiq havoda bajariladi. Substraktning
fermentatsiyasi natijasida NH
3
va CO
2
ajralib chiqadi. Agar kompost bino ichida
tayyorlanayotgan bo'lsa, yaxshi havo oqimi va shamollatiladi. Agar kompost bino
ichida tayyorlanayotgan bo'lsa, unda havoning namligi meyorlashtirilib turiladi.
Kompostning pishib etish muddati 18-20 kun orasida o'zgarib turadi. To'g'ri
o’sishni ta'minlash uchun har 5-6 kunda kompost tarkibini tekshiriladi va namlab
turiladi. Birinchi o’suv paytida, maydalangan ohakni kompostga qo'shiladi.
Ikkinchi protsedura davomida-superfosfat, so'ngra maydalangan gips yoki alabaster
qo’shib aralashtiriladi.
Kompost fermentatsiya orqali tayyorlanadi, shuning uchun uning harorat
ko'rsatkichlari ba'zan 53-70 C darajaga etadi. Chirish jarayoni tugagandan so'ng,
harorat 21-25 C darajaga tushadi. Kompostning tayyorligini hidga qarab baholasa
bo'ladi, ammiakning ifloslanishi yo'qoladi. Tayyor tuproq jigarrang tusga ega,
elastik tuzilishga ega (siqilganda u asl holatiga qaytadi). Tarkibi qo'llarga
yopishmasligi kerak, somon osongina sindirib, yumshoq tuzilishga ega bo’lishi
lozim.
Hosildorlikka ta'sir qiluvchi asosiy omil to'g'ri mikroiqlimni amalga oshirish
hisoblanadi, bunda boshoqchalar o'z mevasini bera boshlaydi. O'z vaqtida sug'orish,
to'g'ri kompost (to'g'ri tanlangan tuproq tarkibi) va tashqi omillarga, kasalliklarga
va zararkunandalarga qarshi kurashish ham katta ahamiyatga ega. Qulay sharoit
yaratilganda, yil davomida qo'ziqorinlarni osongina o'stirish mumkin. Dastlab 14-
24 C oralig'iga ega xonani tanlanadi. Asosiysi haroratni ushlab turish qobiliyati
(isitgichning mavjudligi yoki, aksincha, split tizim). Bunday holda, havo namligi
90% dan oshmasligi kerak (namlik 80-85% ideal variant deb hisoblanadi).
Yuqori hosil olishni ta'minlaydigan yana bir muhim omil havo oqimining aylanishi
hisoblanadi. Tanlangan joyni havosi, toza havo oqimi esa mo’tadil bo’lishi kerak.
Aks holda, qo'ziqorin yetishtirish paytida ortiqcha karbonat angidrid ajralib
ketishiga olib keladi (u notekis cho'zilib ketadi qo’ziqorinning shakli notekkis
holatga keladi).
Qo'ziqorinlar nam muhitda o'stirilganligi sababli, bakteriyalarning mumkin
bo'lgan tarqalishiga tayyorgarlik ko'rish kerak. Tanlangan xonani mis sulfat va
ohak, shuningdek formalin bilan oldindan tozalash. Dezinfektsiya qilinganda
46
mavjud mikroorganizmlarni yo'q qiladi, shuning uchun kasalliklarning tarqalish
ehtimoli minimal darajaga tushadi. Yuqorida keltirilgan tadbirlarni to’gri tashkil
etilganda qo’ziqorindan kutilgan hosilni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |