128
o’simliklar resurslari asosiy o`rinni egallaydi. O’simliklarning inson hayotidagi ahamiyati
nihoyatda katta. Ular atmosferada kislorod muvozanatini tartibga solib turadi, dorivorlik,
sanitariya – gigiyenik xususiyatlarga ega. O`simliklar fotosintez qilishi orqali hayot uchun
kerakli kislorod va organik birikmalarni yetkazib beradi. Aniqlanishicha 1 ga maydondagi zich
o`sgan daraxtzor 1 yilda 6,5 t gacha is gazini yutib, o`rniga 4-5,5 t kislorod hosil qiladi. [1, 95 b].
Insonlar tomonidan xo`jalik faoliyati uchun dunyo florasining 300 ming turdagi yuksak
o`simliklaridan 2500 – 20000 tagacha turlaridan muntazam foydalanib kelinadi.
O`simlik resurslari tugaydigan ammo tiklanadigan resurslar qatoriga kiradi. Tabiatda
o`simliklar va hayvonlar boshqa-boshqa bo`lib yashaganday ko`rinsada, ularning hayot
kechirishi bir biri bilan nihoyatda bog`liq hisoblanadi. Ma`lumotlarga qaraganda tabiatda agar
bir o`simlik turi yo`qolsa, hasharotlarning 10 tadan 30 tagacha turi qirilishi yoki shu joyni tark
etishi mumkin ekan. [1, 253-255 b]. Keyingi bir asr mobaynida insonning xo`jalik faoliyati 25
ming turdagi yuksak o`simliklarni va 1 ming turdagi umurtqali hayvonlarning qirilib ketish
xavfini keltirib chiqarayotganligini BMT ta`kidlamoqda. Kishilar o`zlarining faoliyatida
o`simliklardan haddan tashqari ko`p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning
o`simlik qoplamida jiddiy, salbiy o`zgarishlar sodir bo`lmoqda, juda ko`p o`simliklar turlari
kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil
boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga
aylanib qoldi.
Quyidagi holatlar biologik resurslarning jumladan, o`simliklarning tabiatda tobora
kamayib borishiga sabab bo`lmoqda:
O`simliklarning biologik xususiyatlarini chuqur bilmaslik va bu sohadagi bilimlarning
yetarli emasligi;
Tabiatdagi yovvoiy o`simliklarning yashab turgan hududlarini o`zlashtirish;
Tabiatga nisbatan shavfqatsizlarcha munosabatda bo`lib, o`simlik resurslaridan tejamay
foydalanish;
O`simliklarning qayta tiklanish muddatlariga e`tibor bermaslik;
Qishloq xo`jaligida me`yoridan ortiq turli kimyoviy moddalardan foydalanish va shunga
o`xshash boshqa holatlar;
O`simliklar tabiatda hayvon turlari, tabiatning xilma – xil komponentlari hamda abiotik
omillar ta`sirida bo`ladi. Shu nuqtai nazardan olganda o`simlik resurslarini muhofaza qilish
kompleks yondashuvni talab etadi. Ayrim noyob o`simlik turlarini muhofaza qilishda uning
o`zini emas, balki shu muhitning tabiiyligini saqlashga e`tibor qaratish kerak bo`ladi.
Tabiatda noyob va yo`qolish arafasidagi o`simlik turlarini asrab qolishning bir qancha
usullari bor:
O`simliklarning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlarini ilmiy nuqtai nazardan chuqur tadqiq
etish;
Noyob turdagi o`simlik turlarini himoya qilish maqsadida tegishli qonunlarni joriy
etish;
O`simliklarning tabiiy muhitda yashash sharoitlarini, boshqa tirik organizmlar bilan
o`zaro munosabatini o`rganish;
O`simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni ko`paytirishni yo`lga qo`yish;
O`simliklar genafondini saqlashda ularning populyatsiyasini sun`iy ko`paytirish va
maxsus sharoitlarni yaratish;
O`simlik resurslari tabiatda moddalarning davra bo`ylab aylanishida, insonlarning
xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan xomashyoni olishda, qolaversa har bir davlatning iqtisodiy
farovonligida beqiyos o`rin tutadi. O’simliklar resurslarini o’rganish, ularning zahiraviy
holatlarini baholash hamda ularni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan
biri hisoblanadi. Shunday ekan, biologik resurslardan bo`lgan o`simliklarni muhofaza qilish,
o`rganish va saqlash katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: