Adabiyotlar ro’yxati:
1
.
Kаrimоv I.А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi ХXI аsr bo’sаg’аsidа: хаvsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik
shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri. Tоshkеnt, O’zbеkistоn-1997, 114 bеt.
2.O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish vazirligi rasmiy web sayti
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA TABIIY RESURSLARDAN OQILONA
FOYDALANISH
Shamsidinova Gulchehra Do’stmurodovna,
b.f.n., dotsent
Shodiyeva Ozoda Majidovna,
katta o`qituvchi
Bahromova Nilufar Salohiddin qizi,
magistrant
Navoiy Davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ma’qolada O’zbekiston tabiiy resurslarining holati, mineral xom-
ashyolardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhit muhofazasi bo’yicha Respublikada
olib borilayotgan ishlarning tahlili keltirilgan.
Tayanch so’zlar: tabiiy resurslar,qishloq xo’jaligi, kimyoviy moddalar, oziq-ovqat
xavfsizligi.
PROTECTION OF THE SURROUNDING ENVIRONMENT AND EFFICIENT
USE OF NATURAL RESOURCES
Abstract: The article analyzes the current condition of natural resources in Uzbekistan,
the efficient use of mineral raw materials, and measures being undertaken in the Republic
in relation to the protection of the environment.
Key words: natural resources, agriculture, chemical substances, safety of food products
Tabiat va inson orasidagi munosabatlar azaldan hammani qiziqtirib, sanoat va
transportning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, aholining ko’payishi va urbanizasiyasi, qishloq,
xo’jalik ishlab chiqarishini kimyolashtirish, yerlarni betartib, rejasiz o’zlashtirish, suv
zahiralaridan bemalol xo’jasizlarcha foydalanish, bir tomondan respublika boyliklaridan ko’proq
foydalanishga imkoniyat bersa, ikkinshi tomondan atrof-muhitga salbiy ta’sir etib, uning
dastlabki tabiiy muvozanatini buzilishiga olib kelmoqda. Natijada hududning havosi va suvi
ifloslanib, tuproq erroziyasi tezlashmoqda,o’simlik va hayvonlarning ba’zi turlari kamayib yoki
yuqolib ketmoqda, tabiiy yodgorliklar shikastlanmoqda.
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ta’kidlanganidek, ”Sug’oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash,suv resurslarini tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,qishloq
xo’jaligi rivojlanishini aholining hayot faoliyatiga ta’sirini kamaytirish” ishlarini olib borish
lozimdir.[1,130 b].
O’zbekistonda tabiiy boyliklardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, asosiy
shaharlari, qishloqlari, zavod-fabrikalari, sug’oriladigan yerlari, paxta dalalari vohalarda
joylashganligi,natijasida Toshkent, Mirzachul, Farg’ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Quyi Amudaryo vohalari sanoat, maishiy-kommunal chiqindilari va qishloq, xo’jalikda
ishlatilgan kimyoviy moddalar bilan ifloslangan. “Qishloq xo’jaligini isloh qilish va oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash masalalari,hech shubhasiz,biz uchun muhim masalalardan biri bo’lib
qoladi”[1,129].
206
O’zbekiston yoqilg’i balansida faol hududlardan hisoblanib, gaz va neft Shimoliy So’x,
Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho’rsuv, Mingbuloq konlarida qazib olinadi.
Buxoro va Qashqadaryo vohalarida Sho’rtang (zahirasi 60 mln.tonna), Zevarda, Muborak,
Uchqir, Jarqoq va Ko’kdumaloq (zahirasi 143.7 mlrd/m kub) gaz konlari ishga tushirildi.
Qidirib topilgan tabiiy gaz Respublikaning 35 yil, neft esa 30 yil ehtiyojini qoplab, Rossiya va
Turkmanistondan keyin 3-, ko’mir zahiralariga bo’yicha Markaziy Osiyoda 2-o’rinda turadi.
Angren, Sharg’un va Boysun ko’mir konlari qatlamlari orasida xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan
gil, kaolin,qum, bentonit, slanes va boshqa turli jinslar uchraydi.
Mamlakat juda katta mineral boyliklarga ega, oltin, mis, molibden, vol’fram,qo’rg’oshin,
rux, tabiiy gaz, qimmatbaho toshlar jihatidan jahonda birinchi o’rinlarda turadi. Bundan tashqari
fosforit, tuz, oltingugurt, alyuminiy xom ashyosi pardozlash va qurilish materiallarining katta
zahirasi mavjud.
O’zbekistonda temir koni Sulton Uvays,Nurota, Chotqol tog’larida uchrab,uning tarkibida
nikel, kobalt, brom, platina va boshqa ma’danlar mavjud. Hududda marganesning Zarafshon,
Korjontov va Morguzar konlari bo’lib, mis zahirasi bo’yicha Qozog’iston va Rossiyadan keyin
uchinchi o’rinda turadi. Mis konlari Olmaliqda, polimer konlari Surxondaryo viloyatida,
Nurota,Qurama tizmalarida uchraydi.
Tabiat va inson qo’li bilan yaratilgan mahsulotlar - chegaralangan bo’lib, ko’mir, neft, tabiiy
gaz yuz million yillar davomida paydo bo’lgan. Transport vositalari uchun ishlatiladigan benzin,
dizel va raketa yoqilg’isi neftdan olinib, ko’mir zavodlarda elektr ishlab chiqarishda, tabiiy gaz
isitish va dvigatelni harakatga keltirish va transport yoqilg’isi sifatida ishlatiladi. Hozirgi
globallashuv jarayonida qattiq yoqilg’ilarni tejash, kelajak avlod uchun zahira sifatida qoldirish
uchun muhim manba hisoblanib, ularning me’yordan ortiq yoqilishi atmosferani ifloslanishiga,
bu esa tabiiy ekotizimlarni buzilishiga olib keladi.
Quyosh energiyasidan quvvat oladigan suv isitgich moslamalari, kollektorlar orqali
quyosh nurlari energiyasidan foydalanadi.Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr
energiyasini ishlab chiqarish bevosita shamol tezligiga bog‘liqdir. Foydali qazilmalar
insoniyatning xo’jalik taraqqiyoti uchun energiya va yoqilg’i manbai bo’lib, yildan- yilga
undan foydalanish ortib bormoqda. Agar so’nggi 25 yil ichida dunyoda ko’mirga bo’lgan
ehtiyoj 2, temir rudasiga 3, neft va gazga 6, marganes, kaliy, fosfor tuzlariga htiyoj 2-3 marotaba
oshgan bo’lsa, bunda aholining ulushi 40% tashkil qiladi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd. t.
mineral xom ashyo qazib olinib, nurash oqibatida dengiz, okeanlarga 15 mlrd. tonna tog’ jinslari
oqib ketmoqda.
BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko’mir 2,6 mlrd.
tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3mln. tonna mis rudasi, 3-
4mln. tonna qo’rg’oshin rudasi, 159 mln. tonna tuz, 120 mln. tonna fosfotlar, 1,2mln. tonna
uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin, platina rudalari qazib olinmoqda[2,28 b].
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, agar qazilma boyliklardan hozirgi sur’atda
foydalanilsa, oltin 30-35, rux 36, surma 70, kaliy 40, uran 47, mis 66, simob 70, ko’mir, neft,
gazlar 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shu sababli ko’pgina rivojlangan mamlakatlar:
Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda xom
ashyo, yer osti boyliklari yetishmasligi oqibatida, ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlash va
boshqa mamlakatlarning boyliklaridan foydalanmoqdalar. Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga
ko’ra, okean tagidagi metall miqdorlari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis
bilan 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu
boyliklardan dunyo sanoati ehtiyoji uchun 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashqari yer
osti minerallari odatda 1 yoki 2 metall hisobiga qazib olinib, qolgan qismi atrof muhitga tashlab
yuboriladi. M: 100 t granitdan 8 t alyuminiy, 5 t rux, 0.5 t titan, 80 kg. marganes, 30 kg. xrom,
17 kg, nikel, 14 kg. vannadiy ajratib olish mumkin. Hozirgi kunda qazib olinadigan 150 mlrd.
tonna rudadan kerakli elementlar ajratib olinib, qolgan 95-98% atrof muhitga tashlab yuboriladi.
Qazilma boyliklarni qidirib topish, qayta ishlash va tashish jarayonida yer yuzasi
strukturasi bo’zilib, hosildor maydonlar qisqaradi, o’simliklar nobud bo’ladi, tuproq erroziyasi
207
tezlashadi, oqibatda yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Masalan, 1 t. temir olish uchun 5-6 t.,1
t. qo’rgoshin olish uchun 60-90 t., 1 t. rux olish uchun 80-100 t., 1 t. mis olish uchun 100-140 t.
,1 t. mis olish uchun esa 60 000-80000 t. ruda ishlatiladi.
O’zbekiston foydali qazilma zahiralarining 2,7 mingdan ziyod turli istiqbolli joylari
aniqlanib, shundan 60dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. Mamlakat hududidagi 900dan
ortiq konning tasdiqlangan zahiralari 970 mlrd., umumiy mineral xom-ashyo salmog’I esa 3,3
trillion AQSH dollarini tashkil etadi. G’oyat muhim strategik manbalar: neft va gaz kondensati,
tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40dan ortiq, rangli,
nodir va radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik xom ashyosi bo’yicha 15ta kon qidirib
topilgan. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollarlik miqdorda foydali qazilmalar
qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 mlrd. dollarlik yangi zahiralar qo’shilmoqda. Bir qator
foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, vol’fram, kalsiy tuzlari, fosforitlar,
kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDHdagina
emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha
respublika dunyoda 4, uni qazib olish buyicha 7, mis zahiralari bo’yicha 10-11, uran zahirasi
bo’yicha esa 7-8-o’rinda turadi.
Hozirgi kunda Zafarobod markaziy ruda boshqarmasi 170000 ga maydonda uran olish
ishlari olib borib, mazkur maydonlarni turli darajada yaroqsiz holatga keltirmoqda. Ikkinchi
navbat uchun ajratilgan umumiy maydon 16 000 ga ni tashkil qiladi.Olib borilayotgan amaliy
faoliyat natijasida yer osti tuzlari miqdori 10-50, ba’zi bir radioaktiv moddalar miqdori 10-20
barobar oshgan. Navoiyazot kombinati o’zining 570000m.kublik zaharli chigitlarini 50 ga
maydonga ega bo’lgan suv havzalariga oqizib, uning asosini polimerlar 25%, rodonitlar 10%,
qattiq aralashmalar, tarkibida seonit 50 mg/l, ammiak 150, sul’fat tuzlari 15000, mis 2500mg/l
tashkil qiladi.
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7 mln. 800 000 m. kubni tashkil qilib,
125 ga maydonni egallagan, tarkibi o’ta murakkab organik birikmalardan iborat. Atrof muhitni
toza saqlash va tabiiy yoqilg’i resurslarini tejash borasida so’nggi yillarda vodoroddan
foydalanish muammosi yuzaga keldi. Vodorodning afzalligi shundaki, birinchidan zahirasi
cheklanmagan sanoat miqyosida ishlab chiqarish tobora oshib bormoqda, ikkinchidan u universal
yoqilg’i hisoblanib, elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz transportida
suyuq, gaz holida ishlatish mumkin.
Mamlakatimizda Angren toshko’mir koni(zahirasi 1885 mln.t), fosforidlar (zahirasi 100
mln.t.), Fargona vodiysidagi qora ko’mir (zahirasi esa 30-35mln.t.), 32 tur rangli metallarning 33
ta koni ishga tushirilib, 16 ta tog’ metallurgiya korxonalari faoliyat ko’rsatib, 27 ta oltin
zahiralari mavjud konlardan 16 tasida qidiruv ishlari olib borilib,7 tasi ishlatilmoqda.
Respublikadagi 32 ta mineral shifobaxsh suv konlaridan 12 tasida shifoxonalar tashkil qilinib,
27 tasida mineral suvlardan foydalaniladi. Shifobaxsh suvlarni isrofgarchiligi shifoxonalarda
50%ni, o’zi oqar quduqlarda esa 30% tashkil qilib, tabiiy boyliklarni qo’riqlash, tejab tergash,
unumli foydalanish, isrofgarchilikka chek qo’yish, hamda chiqindisiz texnologiyaga o’tish
masalalarida kamchiliklar kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda“Chiqindilar
to‘g‘risida”gi
qonunga
muvofiq,
har
yili
100
mln.tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bo‘lib, ularning 14 %i toksik toifaga
mansubdir.Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan chiqindilar hosil qiladigan
korxonalar ustidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari g’oyat
muhim bo’lib,
quyidagi vazifalar asosiy bo’lib hisoblanadi:
Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish, muhofazaga
olingan hududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish;
Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash, ekologik xavfsiz mahsulotlar va
texnologiyalar asosida ekologik sertifikatlash nazorat tizimini takomillashtirish;
Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo’yicha ma’lumotlar bazasi tizimini
yaratish, xalqaro ekologik normalar va standartlar ishlab chiqish;
208
Xalq
xo’jaligining
turli
sohalarida
ekologik
toza
texnologiyalar,
chiqindilarni
zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni hayotga tadbiq etish
hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish;
Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo’yicha o’zaro
hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.
Aholi salomatligi uchun o’ta xavfli moddalar miqdorini kamaytirish;
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,chiqindisiz texnologiyalarga o’tish;
Korxonalarda xom ashyoni tejab, ulardan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish va
iste’mol shiqindilarini qayta ishlashga erishish;
Ifloslantiruvchi moddalarni tabiatga chiqarganligi, tabiiy boyliklardan samarasiz
foydalanganligi uchun tashkilotlardan jarima olish, aksincha, holatlarda ularni
rag’batlantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |