Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Zamonaviy mahsulot xususiyatlarining hisobga olinishi



Download 1,69 Mb.
bet97/121
Sana13.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#663270
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121
Bog'liq
Servis faoliyati asoslari fanidan majmua

Zamonaviy mahsulot xususiyatlarining hisobga olinishi. Servis tadbirkori o‘z ishida zamonaviy mahsulotlarning xususiyatlarini inobatga oladi:
1. Mahsulot (tovarlar, xizmatlar) nafaqat yolg‘iz (o‘zgarmaydigan) namunalarni, balki o‘zaro bog‘liq va rivojlanayotgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tizimini ifodalaydi;
2. Ushbu o‘zaro bog‘liq mahsulotlar-assortimentlar (yoki mahsulotlar-nomenklaturalar) ham apparat, ham dasturli vositalar uchun tavsiflidir;
3. Yangi va qiyin bo‘lgan mahsulotlar-assortimentlarni yaratish va ishlab chiqarish uchun harajatlar shunchalik ahamiyatliki, ular faqat dunyo bozorlarida sotilgandan so‘nggina qoplanishi mumkin.
Misol tariqasida zamonaviy mahsulotning muhim turlaridan biri bo‘lib hisoblangan zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini yaratish va qo‘llashning xususiyatlari va dinamikasini ko‘rib chiqish mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda qimmatbaho asbob-uskunalar va malakali xodimlardan maksimal foydalanishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlar, boshqaruv sistemalari va axborot xizmatlarini yagona ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan mexanizm sifatida integrallashuv muammosi hal etilmoqda. Qiyin axborot loyihalarini amalga oshirish, bir necha yuzlab kompyuterlar, turli xil asbobuskunalarni, lokal va taqsimlangan tizimlarni yaratishni, maxsus dasturli ta'minotni yaratishni talab qiladi.
Konkret turdagi korxonalar-foydalanuvchilar uchun kompyuter qarorlarini rivojlantirishning quyidagi besh bosqichini ajratish mumkin:
1. Mahsulotlarning turli ta'minotchilari bilan hamkorlik asosida kompyuter texnikasini tarqatish kanallarini shakllantirish;
2. Muhimlikka baho berish va amaliy masalalar «paketlarni» aniqlash. Ushbu ishlarni malakali ixtisoslashtirilgan xizmatlarni taqdim etish hisobiga, sistemalarni yaratish bo‘yicha korxonalar (integratorlar), distribyutorlar, servis tadbirkorlar-sotuvchilar bajarishadilar;
3. Bir yoki bir necha bajaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan, shuningdek konsalting va auiditorlik kompaniyalari malakali mutaxassislarining ishtirokidagi katta kompleks axborot loyihalarini yaratishga o‘tish;
4. Ommaviy axborot servisiga (yoki haqiqiy axborot servisiga) o‘tish. Unda axborot dasturli-apparat kompleksiga javob beruvchi tizim yaratuvchisi, shartnomada belgilangan vaqt mobaynida buyurtmachidagi (mijozdagi) kritik holatlar va noqulayliklarning barchasini bartaraf etadi;
5. Yakunlovchi bosqich korxonaning axborot muammolarini hal qilishning shunday usuli bilan bog‘liqki, qachonki u axborot dasturli-apparat kompleksi tashvishlariga bog‘lanib qolmaydi, chunki ushbu kompleks tizimning yaratuvchisi (servis tadbirkori) kompaniyasi yaratiladi va uning «balansida» bo‘ladi. Shu sababli modernizatsiya va qaltis vaziyatlarni bartaraf etish oldindan kelishilgan reglament bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xaridorning muommoga kompleks yondoshishi, unga taaluqli harid orqali hal etishga imkoniyat yaratadi. Ushbu komplekslikni tovarning uch darajasi ochib beradi. Servis xizmat ko‘rsatishning bunday usuli ingliz tilida maxsus ibora «outsoureing» bilan belgilanadi. U axborot resurslarini foydalanuvchi-kompaniya bo‘ysunishidan chiqarishni anglatadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, bunday yondoshishda kompaniya-mahsulot ishlab chiqarishni (u ifodalanuvchi kompaniya hamdir) axborot kompleksiga, energetik kompleksga bo‘lgani qatori munosabatda bo‘ladi, ya'ni ularga xizmat ko‘rsatishni malakali tashqaridagi ishlovchiga ishonadi.
Tadbirkorning niyati bo‘yicha tovar-bu iste'molchi haqiqatda sotilayotgan va haridor harid qiladigan narsa. Real bajarishdagi tovar-iste'molchi uchun amalga oshirish va ahamiyatli tushunchalarda aks ettiriladigan tovarning g‘oyasi. Ko‘maklashtirilgan tovar «qo‘shimcha foydalilik» tamoyilidan foydalaniladi. «Qo‘shimcha foydalilik» - bu harid qilinayotgan tovardan «o‘ziga xos naf».
Hozirgi sharoitda iste'mol belgilanishdagi tovarlarni harid qilishda, ratsional tanlov asosida faqat 20% haridlar amalga oshiriladi, qolgan 80% haridlar esa hissiyot, qo‘shimcha foydalilik to‘g‘risidagi fikrlashlar asosida amalga oshiriladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, hayot darajasining oshishi bilan qo‘shimcha foydalilikning roli oshib boradi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish