Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Axborotga ishlov berish. Yangi xizmatlar yaratish



Download 1,69 Mb.
bet117/121
Sana13.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#663270
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Bog'liq
Servis faoliyati asoslari fanidan majmua

5.Axborotga ishlov berish. Yangi xizmatlar yaratish
Respublikamizda hozirgi sharoitda turistik xizmatlarni muvoffaqiyatli amalga oshirish ko‘pchilik holatlarda korxonalarning axborot ta'minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda shu narsani ta'kidlash lozimki, O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish ko‘pincha kompyuter yordamida hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha kichik guruhlarni tuzish, kotibiyatlar hujjatlarini sistemalashtirish, kichik amaliy va tadqiqot vazifalarini yechish uchun lokal baza ma'lumotlarini yaratish kabi kichik vazifalar bilan cheklanadi.
Axborot tizimlarini rivojlantirishning kelajakdagi asosi bo‘lib, servis tashkilotlarining barcha bo‘limlari ishlarini birlashtiruvchi va axborot resurslariga kirish imkonini beradigan arxivlarni shakllantiriadigan ochiq axborot texnologiyalari hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday axborot texnologiyalar uzoq kelajakka qoldirilmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida shu narsa keltirilmoqdaki, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi turidagi sistemalarni ishlab chiqish sarmoyalar bilan taqqoslangan natijalarni bermaydi. Axborot bilan ishlashning bunday tamoyili Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko‘pchilik korxona, tashkilot va firmalarga xosdir. Bunday holat xususiy sektor vakillariga ham tegishlidir.
Lekin, shu narsa ayon bo‘lib bormoqdaki, oxirgi yillar davomida O‘zbekiston dunyo axborot bozorining teng huquqli ishtirokchisiga aylanib bormoqda va shu sababli har qanday loyihalar dunyoda ishlab chiqilgan texnologiyalarning asosiylaridan foydalanish maqsadga muvofiq vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda texnik vositalar bozori yetarlicha to‘yingan hisoblanadi, shu sababli funksional belgilanishi, sifati, bahosi, dizayni va boshqalar bo‘yicha, turli holdagi asbob-uskunalarni tanlashning keng imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
O‘zbekistonda turizmni yanada sifatliroq faoliyat yuritishi, uning barcha ijtimoiy va iqtisodiy funksiyalarni amalga oshirishi, uning haqiqiy industriyaga aylanishi uchun, turistik mahsulotni ishlab chiqish va iste'molchilarga yetkazish bo‘yicha barcha bug‘inlarning o‘zaro harakatlari va faoliyatlari samaradarligini keskin ravishda oshirish zarur bo‘ladi. Ushbu maqsad quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
- Yakka tartibdagi va guruhli turlar uchun biznes bo‘yicha hamkorlarning turistik xizmatlarni taklif etishning kelishilgan holdagi shakllanishi;
- Turli xildagi turistik mahsulotlarni bozor talabi va baholarini tahlil qilish;
- Mahsulotni bozorga chiqarish vaqtini kamaytirish;
- Dasturli turlarni (o‘quv-anglash, kongress, sport, ov, oilaviy, yakka tartibdagi va shop turlar va hokazolar) shakllantirish uchun axborot texnologik imkoniyatlarini taqdim etish;
- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi;
- Reklama va axborotning (masalan multimediya bazasida) yangi turlarini ishlab chiqish;
- Sayyohlarni chet ellarga yuborish va mamlakat ichidagi sayyohlarni (shu jumladan boshqa turistik firmalar bilan o‘zaro harakatda) tashkil etish uchun guruhni operativ komplektlashning samarali vositalarini ta'minlash;
- Mehmonxonadagi joylarni rezervlashtirishni avtomatlashtirish, turli xildagi transportga chiptalarni bronlashtirish, transport va boshqa vositalarni ijaraga olish uchun buyurtmalarni tayyorlash;
- Bosh turagentlik va agentlik shahobchalarining o‘zaro harakatdagi egiluvchanlik va operativligining ta'minlanishi;
- Putevkalarni sotishda iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish (marshrut va turlar, baholar va xizmatlar to‘g‘risida ma'lumot taqdim etish, turli marshrutlar va davlatlarga putevkalar mavjudligi va xizmat ko‘rsatish);
- Servis tizimi faoliyati uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlarda mavjud bo‘lgan daraja va iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish xalqaro turizm madaniyatiga xos bo‘lgan yangi axborot texnologiyalariga bosqichma-bosqich o‘tish.
Yuqorida qayd qilingan ustuvor yo‘nalishlarni muvofaqqiyatli hal etishning vositalaridan biri bo‘lib, rivojlangan davlatlarda qo‘llaniladigan AMADEUS, APPALO va boshqa turdagi sistemalarga o‘xshash lokal axborot tarmoqlari va telekommunikatsion tizimlar bazasidagi turistik xizmatlar bozorini axborotlashtirish hisoblanadi. Shu yerda ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda respublikamizdagi ko‘pchilik firmalar kompyuterlar lokal tarmoqlar bilan jihozlangan, internet orqali turli davlatlarda joylashgan boshqa firmalar bilan aloqaga egadir.
Yana bir e'tiborga loyiq narsa shundan iboratki, hozirgi paytda ayrim turistik agentliklar yoki turoperatorlar kompyuterlardani asosiy va yordamchi fuksiyalarni avtomatlashtirish uchun foydalanish holatidadirlar. O‘zining fuksional belgisiga ko‘ra turistik agentliklardagi kompyuterlar sistemalari uch klassga bo‘linadi:
1. Istemolchilarga servis xizmatlarini bajarishni ta'minlovchi asosiy sistemalar. Ularda operator rezervlashtirishni bosh kompyuter tizimiga (COMPUTER RESERVATION SYSTEM-CRS) kirish hisobiga amalga oshiradi.
2. Turistik agentliklarni xizmat fuksionalarini avtomatlashtiruvchi yordamchi sistemalar. Ular hisob raqamlari, chiptalar va yo‘l haritasi kabi hujjatlarni shakllantirish,shuningdek bosh kompyuter va transport sistemalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
3. Kompaniyalar faoliyatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni dolzarblashtiruvchi va rahbariyatga qarorlar qabul qilish uchun ma'lumot taqdim etuvchi boshqaruv sistemalari.
Yangi konpyuter tizimlari. Ushbu fuksional integrallashtiradi va mustaqil agentlar uchun ham imkoniyat yaratadi,chunki ularda foydalanish baholari deyarli o‘zgarmas bo‘lib bormoqda.
Hozirgi paytga kelib, bir qancha harakatdagi va foydalanuvchilar uchun (turistik firmalarga) taklif etilayotgan tayyor dasturli vositalar mavjud. Ularning birinchisiga lokal hisoblash tarmoqlari muhitida yaratilgan tizimlar kiradi va ular bir binoda joylashgan turistik firmalar faoliyatlarini axborot kanalaridan foydalangan holda ularning tashqi o‘zaro aloqalarni avtomatlashtirilmagan holda ta'minlaydi. Ma'lumotlar bazasi servis deb nomlanadigan markaziy va quvvati baland bo‘lgan mashinada joylashadi, foydalanuvchining ular avtomatlashtirilgan joylarida turib kirishi, tarmoqli asbob-uskuna, tarmoq matematikasi yordamida ta'minlanadi.
Ikkinchi klassdagi tizimlar dasturli komplekslar imkoniyatlarini ochadi va ularga qo‘shimcha sifatida sotish buyumlari bilan ajratilgan kanallar paket rejimida turoperatorning modem aloqasi sotiladi, alohida hollarda esa bir shahar (viloyat) boshqa tumanlarida joylashgan boshqa mehmonxonalari bilan ham.
Uchinchi klassga harakatdagi yoki yangi yaratilayotgan global telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan turoperatorlar uchun tizimlar kiradi. Bunday hollarda u yoki bu firmaning turistik mahsuloti to‘g‘risidagi asosiy baza ma'lumotlari global tarmoqning axborot markazlarida (bug‘inlarida) joylashadi va barcha tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun on-line rejimi bo‘yicha uzaytirilgan kirim amalga oshiriladi.
Birinchi qismga kiritilgan dasturga komplekslarning vakili bo‘lib «Infotur» deb nomlanadigan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi. U Windows uchun SUBD FOKSPRO tarmoq versiyasi muhitida yaratiladi va turoperator tomonidan turistik mahsulotni shakllantirish va sotish uchun mo‘ljallangan.
Dasturning foydalanuvchi bilan muloqati ko‘p oynali interfeys shaklida amalga oshadi. Ular tugmacha - piktogrammalar yordamida sodir etiladi. Bunday tugmachalar asosiy menyuda 12 ta, shu jumladan «Marshrut», «Otel», «Tursherik», «Iste'molchi», «Ekskursiya», «Valyuta», «Transport», «Hujjatlar», «Yakka tartibdagi tur», «Aviareys».
Har bir tugmacha servis faoliyati bo‘yicha ma'lumot bazasini o‘z ichiga oladi, masalan, «Otel» tugmachasi ma'lum xududda, shaharda, tumanda joylashgan turistlarga joylashtirish joylari, turistik mehmonxona klassi, apportamentlar turlari, yilning mavsumiga bog‘liq baholar kabilarni to‘liq tavsiflaydi. Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlar qo‘yilgan talablarni qondiradigan otellarni qidirishning me'zoni sifatida gavdalanadi.
Qolgan ko‘rsatkichlar to‘plami esa asosiy rassenkalardan, skidkalar miqdorini turli xildagi ovqatlantirish xizmatlarini tashkil etishni, shuningdek qo‘shimcha servisni (banket zallari, koditsionerlar, turli toyifadagi nogironlarni qabul qilish, turli televizion sistemalarning mavjudligi va hokazolar) tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkichlarning ahamiyatini korrektirovka qilish, xotiradan o‘chirish yoki yangi ma'lumot bilan to‘ldirish mumkin.
«Infotur» tizimining afzalligi bo‘lib, shuningdek yakka tartibdagi turni (iste'molchining buyurtmasi bo‘yicha) yaratish rejimi hisoblanadi. Foydalanuvchiga yordam tariqasida taklif etilayotgan xizmatlarga mos ravishdagi to‘liq ko‘rsatkichlar taqdim etiladi. Bunday ko‘rsatkichlar jumlasiga: xududning (davlatning), shaharning, mehmonxonaning nomi, jo‘nash muddati, sayyohat kunlari va tunlari soni, uning boshlanish muddati, bahosi, marshruti, ekskursion dasturi, servis faoliyatining turli xildagi turlari, ovqatlanish xizmatlari, turistik transferi va boshqalar kiradi.



Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish