3.Operatsion darajadagi tizimlar. Tizimni strategik darajasi. Texnologiyalar va xizmatlarni kelajagi Servis tashkilotlari bozorga qarashli operativ marketinga qanchalik tez o‘tishsalar, shunchalik fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga erishishadilar. Faoliyatning istiqbolli yo‘nalishi bo‘lib, iste'molchilarga bozordagi holat va talabning rivojlanish istiqbollari haqida ma'lumot beruvchi ma'lumotlar bankni yaratish hisoblanadi.Bunday ma'lumotlar bankiga misol bo‘lib, mashinalarning tarmoq kompleks sistemasi hisoblanadi. (MTKS).
Yaqin kunlargacha aholiga servis xizmat ko‘rsatishda ilmiy-texnik tadqiqotlarni istiqbolli tahlil qilish, korxonalarga haqiqiy foyda keltiradigan mahsulotni tanlab olish imkonini beradigan yagona axborot tizimi bo‘lmagan.
Maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi servis korxonalari uchun mashinasozlik kompleksi juda kam miqdorda zamonaviy texnikalarni ishlab chiqqan. Natijada ishlab chiqarish ikkinchi darajada bo‘lgan, ishlab chiqarish uchun resurslar esa qoldiq tamoyiliga asoslangan. Ushbu holat shunga olib keldiki, maishiy xizmat ko‘rsatishdagi texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, mashinalarning ko‘pchilik qismi xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridan olingan bo‘lib, ushbu asbob-uskuna va mashinalar qolgan tarmoqlar talablarini inobatga olgan holda yaratilgan. Bunday turdagi asbob-uskunalarning qo‘llanilishi shunday texnologik zanjirlarning paydo bo‘lishiga olib keldiki, undagi asbob-uskunalar o‘zlarining texnologik tavsiflariga ko‘ra bir birlari bilan yomon bog‘lanishgan. Bunday holat qo‘llanilayotgan asbob-uskunalarning 40-50% ishlatilmasligini, past mehnat unumdorligini, energetik resurslarning katta harajatini, past fondlar qaytimini ta'minladi va uning natijasi sifatida xizmat ko‘rsatish tannarxining asossiz ravishda oshishiga olib keldi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun maxsus yaratilgan asbob-uskunalar ham umumtarmoq vazifalarini inobatga olgan holda kompleks jihatdan baholanmagan va tahlil qilinmagan. Uning yaratilishi ko‘pchilik holatlarda tizimsiz va lokal tavsifga ega bo‘lgan. Bu boshqa teskari holatga – haddan tashqari ixtisoslashishga olib keldi. Asbob-uskuna qolgan texnologik jarayonlarda ham qatnashishi mumkinligini inobatga olmagan holda maxsus bir texnologik jarayon uchun yaratilishi shunga olib keldiki, juda ko‘p sonli aravachalar, maxsus stollar va stellajlarni ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelindi. Jumladan, faqat aravachalarning 30 ga yaqini ixtiro etildi. Bularning ayrimlarigina ishlab chiqarishga joriy etildi, qolganlari esa «tokchalarda qolib ketaverdi». Boshqacha so‘z bilan aytganda asbob-uskunalarni yaratish uchun pul sarflandi, qaytim esa qariyib bo‘lmadi.
Undan tor ixtisoslashtirilgan asbob-uskunani katta partiyalarda ishlab chiqarishning imkoni bo‘lmadi va bu asbob-uskuna bahosining oshishiga bevosita ta'sir ko‘rsatdi. Lekin pullarning samarasiz sarflanishining eng asosiy sababi – bu alohida operatsiyalar uchun asbob-uskunalarning avvalgi va kelgusi operatsiyalar texnik tavsiflarini inobatga olmagan holda ishlab chiqarilishidir. Bu shunga olib keldiki, alohida operatsiyalar uchun yangi asbob-uskunalarning joriy qilinishi mehnat unumdorligini oshirmaydi va ishlar tannarxini kamaytirmaydi, chunki barcha texnologik jarayonlarning tavsifi bir operatsiya bilan aniqlanmaydi. Faqatgina barcha «tor» joylarning kelishilgan holda hal etilishi fondlar qaytimining keskin ravishda oshishini ta'minlaydi.
Yangi texnikaning yaratilishiga kompleks yondoshishni amalga oshirish imkonini mashinalar, uskunalar va asboblarning tarmoq kompleks sistemasi (MTKS) beradi. Bunday sistema asbob-uskunalar bozoridagi mavjud kon'yunkturani inobatga olgan holda ham umumtarmoq, ham alohida xizmatlar nuqtai nazaridan texnologik jarayonlarni to‘liq kompleks tahlil qilish imkonini beradi. MTKSning qo‘llanilishi mablag‘larning keskin tejalishiga olib keladi va ularni birinchi navbatda muhim bo‘lgan va joriy etilganda maksimal samara beradigan asbob-uskunalar komplektlarni ishlab chiqishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Undan tashqari foydalanilmayotgan quvvatlarni markazlashtirishni aniqlash imkoniyatlari paydo bo‘ladi, faoliyat turlariga mos kelmaydigan asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, shuningdek, o‘z kuchi bilan ishlab chiqariladigan asbob-uskunalarning tor ixtisoslashuvini kengaytirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilinganlarni haqiqiy rejalashtirish MTKS ma'lumotlari bankiga tayangan «Kosmos» nomli avtomatlashtirilgan ish joyida amalga oshiriladi. Ushbu avtomatlashtirilgan ish joyi har qaysi yil uchun qaysi turdagi asbob – uskunani yaratish, modernizatsiya qilish yoki ishlab chiqarishdan olish, shuningdek ushbu ishlar uchun qancha ilmiy salohiyat zarur bo‘ladi, bu qancha turadi va qancha samara berishini tahlil qilish imkonini beradi.
Texnologik asbob – uskunaning pasportlarini tuzatish va to‘ldirish bo‘yicha ish doimiy ravishda amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, ma'lumotlar ba'zasida doimiy ravishda eng oxirgi yangi va to‘liq axborot bo‘ladi. Bunday amalyot shuning kafolatini beradiki, biror bir asbob – uskuna nomi ko‘zdan qochirilmaydi, agarda ular ishlab chiqarishdan olinsa yoki ma'naviy eskirsa, uning modernizatsiyasi yoki yangisiga almashtirish to‘g‘risida doimiy ravishda savol qo‘yiladi.
Yangi asbob – uskunani joriy etishda muhim ahamiyatni butlash va ta'minlash masalalari egallaydi. Yagona va o‘ta zamonaviy asbob – uskunaning ta'minoti ham MTKSga mos ravishda tanlangan asbob – uskuna komplekti beradigan samarani ta'minlamaydi. MTKSning asosiy xususiyatli tomonlaridan biri bo‘lib, uning kelgusida yanada rivojlantirish tamoyili hisoblanadi. Uning ma'nosi shundan iboratki, ushbu tizim yangi jarayonlarni, yangi asbob – uskunalarni axborot ta'minotini yaxshilash orqali doimiy takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Hozirgi kunda mashinalarning kompleks tarmoq sistemasi keng tarqalgan ko‘p darajali axborot tizimini tashkil etgan bo‘lib, ma'lumotlar ba'zasini boshqarish sistemasi orqali (MBBS) nazorat qilinadi. Sistemaning asosi bo‘lib texnologik asbob – uskunalar, jihozlar pasportlari ma'lumotlari bazasi hisoblanadi. Ular asbob – uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi guruhlarga taqsimlanadi va qandaydir darajada tarmoq belgilarini ham. Ma'lumotlar ba'zasini boshqarish sistemasini va amaliy dasturlar paketi yordamida pasportlar kutubxonasi birinchisiga teskari aloqada bo‘lgan qiyinroq tavsifdagi yana bir ma'lumotlar ba'zasiga moslashtiriladi.
Texnologik zanjirlarning ushbu ma'lumotlar ba'zasi to‘rt darajali bir – biriga bo‘ysunishga ega bo‘ladi va kichik sohalarni tashkil etish imkonini beradi. Asbob – uskuna pasportining kiruvchi ma'lumotlari tarkibiy birliklari bo‘lib axborot oqimlarining katta soni (10 tagacha) hisoblanadi. Ikkinchi ma'lumot bazasining qiyin tarkibiy qismlari qarib barcha turdagi xizmatlar bo‘yicha turli shakldagi axborotlarni olishda katta imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi sharoitda MTKS ning rivojlanishi xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida va chet ellardagi shu darajadagi axborot sistemalarining rivojlanishiga o‘xshaydi. MTKS dagi ma'lumotlar bazasini boshqarish va tartibga solish muammolarni hal etish uchun, ikki amalga oshirish konsepsiyasi qabul qilingan.
Birinchidan, MTKS ning dasturli ta'minoti yaxlit holdagi ma'lumotlar bazasidan foydalanuvchilarning barchasi o‘rtasidagi umumiy interfeysni qo‘llab quvvatlashni ta'minlovchi yo‘nalishda rivojlanmoqda.Foydalanuvchilar bunday holatda ma'lumotni mustaqil ravishda saqlashi mumkin. Bu har qanday darajada tayyorgarlik ko‘rgan foydalanuvchiga yagona metodikaga asosan tarmoq talablariga mos holda ma'lumotlardan bemalol foydalanish va ularni yangilashga imkoniyat yaratadi. Bu yerda ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi bir tomondan yordamchi - uslubchi sifatida, ikkinchi tomondan esa nazoratchi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasini ma'lumotlar sistemasini manipulyatsiya qilish uchun umumlashtirilgan jihoz bo‘lib hisoblangan dasturli ta'minotdir.
Ikkinchidan, ko‘pchilik xududlarda ma'lumotlar ba'zasi ma'muri (MBM) shakli joriy qilinmoqda. Tashkiliy jihatdan MBM o‘z ichiga MTKS ni dasturli ta'minlash bo‘yicha operativ sistemalar, amaliy dasturlashtirish va tarmoq, undagi axborot ehtiyojlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan mutaxassislarni o‘z ichiga oladi. Doimiy maslahatchilar sifatida tarmoq guruhlarining mutaxassislari hisoblanadigan texnologlar, ekologlar, metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha mutaxassislar, asbob – uskunalarning yaratuvchilari va hokazolar jalb qilinadi.
Mutaxassislarning bunday assotsiatsiyasi axborot resurslarini markazlashtirilgan boshqarish ma'lumotlarni qayta ishlash, tizimini takomillashtirish zaruriyati tufayli vujudga keladi. Ma'lumotlar ba'zasi ma'muri funksiyalariga foydalanuvchilar ehtiyojlarini tahlil qilish, ma'lumotlar bazasini loyihalashtirish va rivojlantirish, ularni joriy qilish, yangilash, foydalanuvchilarni o‘qitish va ularga maslahat berish kabilar kiradi.
MTKSning ma'lumotlar ba'zasini boshqarish doirasida doimiy ravishda quyidagi ishlar olib boriladi:
- yangi tarmoq guruhlari va yo‘nalishlarini joriy etish yo‘li bilan (masalan kommunal kir yuvish – fabrikalari, transport vositalarini ta'mirlash va hokazolar) axborot tizimlarini kengaytirish va rivojlantirish, tarmoqda foydalaniladigan asbob – uskunalar ro‘yxatini to‘ldirish (masalan metrologik), shuningdek har bir alohida asbob – uskuna pasportidagi ma'lumotlarni to‘ldirish;
- ko‘rgazmalar, g‘oyalar yarmarkasi, seminarlar, shuningdek seriyali ishlab chiqarishda o‘zlashtirish uchun asbob – uskunani joylashtirish bo‘yicha kompleks bilan ishlashda MTKSning axborot potensialidan foydalanish;
- turli qiziqish bildirgan tashkilotlarga zaruriy axborotni tahlil qilish, kelishish va taqdim etish. Bunday axborot sezilarli ravishda maishiy xizmat ko‘rsatishning yoki bu kichik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha xududiy boshqaruv organlarining qarorlariga ta'sir ko‘rsatadi va ta'luqli ravishda ushbu korxonalarning moliyalashtirilishiga ham;
- MTKSning yangi yo‘nalishlarini (masalan metrologiya, ekologiya, kommunal xizmatlar va hokazolar) rivojlantirish bo‘yicha maslahat berish va nazorat qilish;
- takliflarni tahlil qilish, kiruvchi va chiquvchi axborot shakllarini yaratish, modernizatsiyalash va joriy etish;
- ma'lumotlar bazasiga kiritilgan hujjatlarning mazmuni va shakli bo‘yicha nazorat funksiyalarini amalga oshirish.
MTKSning axborot tizimini doimiy tayyorgarlikda saqlash va qiziqtirilayotgan ma'lumotni berishga doimiy ravishda tayyor bo‘lishni qo‘llab quvvatlash asbob – uskunalar pasportlari va texnologik zanjirlar ma'lumotlar bazasini doimiy ravishda yangilash bo‘yicha nazoratni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, har bir kiruvchi shakl bilimlar kutubxonasi hisoblanadi va maxsus amaliy dasturlar paketi yordamida qo‘llab quvvatlanadi. Asbob – uskunalarning quyidagi shakllari mavjud:
a) bir nomlanishdagi asbob - uskunalar uchun;
b) bir guruhga kiruvchi asbob – uskunalar uchun;
v) texnologik zanjirlar uchun asbob – uskunalarga;
g) tarmoq guruhlari xizmatlari uchun;
d) jami tarmoq uchun.
Har bir pasport quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- asbob – uskunaning nomlanishi va markasini;
- ishlab chiqaruvchi – vazirlik;
- ishlab chiqaruvchi – korxona;
- yillar bo‘yicha asbob – uskunaning holati. 1 yil – dastlabki talablarni tasdiqlash yili; 2 yil – texnik vazifalarni tasdiqlash yili; 3 yil – texnik hujjatlarni ishlab chiqish yili; 4 yil tajribali namunalarni qabul qilish yili; 5 yil – seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish. Modernizatsiyalashtirish, yaratish va ishlab chiqarishdan olish ikki ma'noda bo‘lishi mumkin: 0 yoki 1, bu yerda 1 asbob –uskuna buni talab qilishni anglatadi, 0 esa – talab qilmaslikni;
- ishlab chiqaruvchi – davlatni;
- qisqacha texnik tavsifni;
- asbob – uskunaning bahosini;
- so‘mlardagi iqtisodiy samarani (ekspert baholanish)
Oxirgi qatorda MTKS bo‘yicha asbob-uskuna kodi ko‘rsatiladi. Xizmatlar turlari bo‘yicha namunaviy texnologik zanjirlar, xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan va seriyali ishlab chiqariladigan asbobuskunalar, hamda kelgusida har bir texnologik operatsiyalar uchun eskirganlarini almashtirishga taklif etiladiganlarini ham.
Yaqin 10 yil ichida yillar bo‘yicha mehnat unumdorligining oshishi va yangi asbob-uskunani joriy etish hisobiga ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar aks ettirilgan texnologik zanjirlar pasporti quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- asbob-uskunaning qiymatini;
- so‘mlardagi qo‘shimcha qiymatni (asosiy fondlar qaytimi minus asosiy fondlarning aktiv qismi minus kapital va ijaraga olingan binolar bahosi);
- smenadagi buyurtmalar bo‘yicha zanjirlarning quvvati;
- ehtiyoj (aholining xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun shunday zanjirlarning qanchasi zarur bo‘ladi);
- ish smenaligi;
- ishlovchilar soni;
- ish joylarining soni.
Undan tashqari, zanjirlar uchun pasportda quyidagilar aks ettiriladi:
1qatorda – xizmatlarning tarmoq guruhi kodi va nomi;
2 qatorda – ishlar turlarining kodi va nomi;
3 qatorda – korxonaning kodi va nomi;
4 qatorda – yil bo‘yicha zanjirning quvvati va kodi.
Zaruriyat tug‘ilganda maxsus dastur yordamida har qanday qiziqtirilgan masala bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni olish mumkin. Undan tashqari axborotni nafaqat qog‘ozga chiqarish orali uzatish mumkin, balki magnit lentalari va qattiq disklar orqali ham amalga oshirish mumkin.
MTKS asbob-uskunalar va texnologiyalar bo‘yicha axborot bozorida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblanadi. Foydalanuvchiga minimal harajatlar evaziga eng yangi va haqqoniy ma'lumotlarni olish imkonini beradi, shuningdek o‘z ishlab chiqarishni kelajakda rivojlantirish uchun maslahat berish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlardagi katta korporatsiyalar ko‘pincha o‘z tarkibiga turli xildagi ishchan xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalarni oladi.