Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус талим вазирлиги



Download 0,81 Mb.
bet14/27
Sana11.11.2020
Hajmi0,81 Mb.
#51994
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Ёш даврлар психологияси 3 курс маъ

Tayanch sо‘z va iboralar:

О‘smir, inqiroz, faoliyat, bilish, kognitiv, о‘z-о‘ziga baho, emotsional, intellektual,xarakter, aksentuatsiya


О‘smirlik insonni balog‘atga yetish davri bо‘lib, о‘ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. О‘smirda rо‘y beradigan biologik о‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va о‘g‘il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy о‘sish va jinsiy yetilish amalga oshadi.

О‘smirlik yoshida qizlar va о‘g‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim о‘zgarishlar rо‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar о‘g‘il bolalarga nisbatan tezroq о‘sib ulg‘ayadilar. Bu narsa qiz bolalarnig ertaroq jinsiy balog‘atga yetishiga bog‘liqdir.

6, 7- sinflarda novcha, salobatli bо‘lib kо‘rinadigan bо‘ychang qizlar bilan yonma-yon past bо‘yli, serxarakat о‘g‘il bolalar tez о‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib oladilar. Yuqori sinfga о‘tganlarida esa ulardan о‘zib ketadilar.

О‘smirlik davrida о‘g‘il blolalarning bо‘yi 25-30sm, qiz bolalarning bо‘yi 18-20 sm о‘sadi. Bu davrda tananing intensiv о‘sishi yuzaga keladi.

Ma’lumki, bо‘yiga о‘sish, naysimon suyaklar va umurtqa pog‘onasining uzayishi xisobiga rо‘y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch qismlari xali yetarli darajada suyaklashmagan, yumshoq bо‘ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, о‘smirning sportning murakkab og‘ir turlari bilan shug‘ullanishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak. Aks xolda bolaning umurtqa pog‘onasi qiyshayib, bо‘yi о‘smay qolishi mumkin.

О‘smirlik yoshining ikkinchi davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning umurtqa qismi (burun, yuqori jag‘, yonoq) juda tez shakllana boshlaydi. Yuz keyinchalik qariyib о‘zgarmaydigan muayyan shaklga kiradi. Og‘iz bо‘shlig‘i va xalqum о‘zgaradi, bо‘g‘izda ham о‘zgarish rо‘y beradi: ovoz paylari uzayadi va kuchayadi. Natijada о‘smirlarning, ayniqsa о‘g‘il bolalarning ovozi yо‘g‘on va past bо‘lib qoladi. «Ovozning buzilishi» yosh bolalarga xos о‘tkir, ovozning nisbatan past, kattalarga xos ovoz bilan almashinuvidir.

Biroq bu ovozlar orasiga xali bolaning о‘tkir ovozi qо‘shilib ham turadi. Kattalar xazil bilan о‘smirlar ovozini «xо‘roz ovozi» deb ataydilar. Ovozning о‘zgarishi о‘smirning о‘zini taajubga soladi. Qizlarning ovozi keskin о‘zgarmaydi. Shunday bо‘lsa-da qizlarga xos о‘tkir, jaranglagan ovoz asta-sekin qizlarning mayin, tekis va nozik, salgina pasaygan ovoziga о‘z о‘rnini beradi.

О‘smirlik yoshida muskul sistemasining о‘sishi ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez о‘sib, mustaxkamlanib boradi. Oyoq va qо‘l suyaklarining о‘sishdan orqada qoladi. О‘smirlarning muskullari xali ingichka, nisbatan kuchsizdir. Natijada о‘smirning gavdasi nomutanosib, xarakatlari, yurishi notekis, besо‘naqay bо‘ladi. Oyoq tovonlari tez о‘sadi. Oyoqlar uzun, muskullar nozik bо‘lganidan о‘smir yurishidagi besо‘naqay bо‘ladi. О‘smirlarda о‘z muskullarini о‘stirishga zо‘r ishtiyoq tug‘iladi. Ular og‘ir narsalarni kо‘taradilar. Muskullarini о‘stiradigan mashqlar bilan shug‘ullanadilar. О‘smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi.

О‘g‘il bolalarda 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700ml shuning uchun nafas olish xar daqiqada 2 marta kamayadi. О‘g‘il bolalar qorin bilan, qizlar esa kо‘krak bilan nafas ola boshlaydilar.

Kislarodga ochlik о‘smirning psixik faoliyatiga ta’sir etib, miya muskul sistemasidan farqli ravishda kislaroddan bir necha marta kо‘p iste’mol qiladi. Ana shuning uchun ham yaxshilab shamollatilmagan va kо‘p о‘quvchi о‘qiydigan sinfxonalarda о‘smirlar tez charchaydilar va ish qobiliyatlar tez susayadi. Natijada bola darsga quloq solib о‘tirmasligi, intizomga rioya qilmasligi mumkin.

О‘smirlarning yurakning xajmi va tiriklik sig‘imi xar yili 25% kattalashib boradi.

Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8%ni qon tashkil qiladi. Qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida bо‘ladi. Yurak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi. Masalan, 11 yoshda daqiqada 85-90 marta urgan bо‘lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi.

О‘smirlarning jismoniy jihatdan о‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol о‘ynaydi. Jinsiy yetilishning boshlanishi kо‘p jixatdan iqlimga va milliy-etnografik omillarga va shu bilan birga individual hayot xususiyatlariga (sog‘ligiga, boshdan kechirgan kasalliklar, ovqatlanishga, mexnat va dam olish rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog‘liqdir. Jinsiy yetilishning boshlanishi davri о‘g‘il bolalarda 12-13 yoshga, qiz bolalarda 11-12 yoshga tо‘g‘ri keladi. Kо‘pchilik о‘g‘il bolalar xozirgi vaqtda jinsiy jixatdan 15-16 yoshda, qiz bolalar esa, 13-14 yoshda yetilyapdilar. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xoxish, nozik tuyg‘u, sog‘inish, iztirob kabi kechinmalar paydo bо‘ladi.

О‘smirlar jinsiy, yetilish sirlarining 17%ni ota-onadan, 9%ni о‘qituvchilardan, 4%ni maktab vrachidan va qolgan yashirin jixatlari, xolatlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni kо‘cha kuydan, о‘rtoqlari va dugonalaridan eshitib bilib oladilar.

Shaxsning axloqiy jixatdan intensiv tarkib topishi, xatti-xarakatlarining axloqiy etnik nomalarini о‘zlashtirish о‘smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir.

О‘smirlik yoshida faqat jismoniy taraqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning ta’siri ortida maktabdagi, ta’lim tarbiya jarayonining ta’sirida, kolektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi.

О‘smirlik yoshi xatti-xarakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip, qoida, idealarining, baxolash, muloxazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshidalik davrida u kattalarning, ya’ni о‘qituvchilar va ota-onalarning bevosita kо‘rsatmalari bilan, yoki о‘zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta’siri bilan xarakat qilgan bо‘lsa, endilikda uning uchun о‘z xatti-xarakatlarining prinsipi, о‘zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. О‘qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qо‘yiladi.

О‘smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida о‘ynab turib stulni sindirib qо‘ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bо‘lsa, bu jazo emas. Agar о‘zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi о‘smir uchun ravshan, ya’ni bu jazolash emas, balki xati-xarakatlarining natijalarini tuzatishdir.

Psixologlar о‘z oldilariga о‘smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini о‘rganish vazifasini qо‘yganlar. Tadqiqotlar umuman о‘smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini kо‘rsatadi. О‘smirlarning kо‘pchilik qismi yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni tо‘g‘ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz; qat’iylik- «bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning xech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qо‘rqmay ishni oxirigacha olib borishida kо‘rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «qatiylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) о‘smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli о‘sadi. «Kamtarlik-bu, о‘ziga oqilona baxo bera bilish, о‘z-о‘ziga va xatti-xarakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bо‘lishdir».

E’tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan xolda о‘smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar yetarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar о‘ziga xos axloqiy etalon bо‘lib xizmat qiladi, о‘smir esa о‘z xatti-xarakatlarini ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi о‘smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi ideal bо‘ladi. Bu odam о‘smir yuksak darajada baxolaydigan sifatlarni о‘zida gavdalantirgan bо‘ladi. Kо‘pgina bunday ideal ota-onalar, о‘qituvchilar yoki yaxshi kо‘radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir.

О‘smirlar о‘zlarining kelajakdagi hayot va faoliyatlarini о‘z orzularida loyixalashtiradilar. Katta ishlar va qaxramonona kasb kishilari fan va mexnat kishilari о‘smirlarimizning aql-xushini о‘rab olgandir. Bu mamlakatimiz hayotidagi keng va chuqur ijtimoiy xodisalar bilan xozirgi vaqtdagi xaqiqiy qaxramonona ishlar bilan bog‘liqdir. Sо‘nggi yillarda о‘smirlarning qaxramonlik xaqidagi orzu va umidlari tobora kо‘proq о‘z hayotini fazoni zabt etishga, raketa texnikasiga, quvvatning yangi turlaridan foydalanishga, ximiya, fizika, biologiya va meditsina soxalari bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan bog‘lanmoqda. О‘smirlarimizning orzulari ularning mamlakatimiz hayotida, ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishi uchun bо‘lgan ishtilishlardan darak bermoqda.

О‘smir о‘g‘il bolalarda jasorat kо‘rsatishiga, oliftalikka moyil bо‘ladilar. Bu narsa ba’zan xatto jiddiy ravishda intizomni buzishga olib keladi. Ular: jassurlik yoki dadillik bu, hayotni xavf ostida qoldirib xarakat qilish, nima uchun bо‘lishidan qatiy nazar , bari-bir odamning eng xavfli ishga kirishidan iboratdir deb xisoblaydilar. Bunda eng muhimi qо‘rqmaslik hech kimga keragi yо‘q mardlikdir, lekin xar xolda mardlik. Oqilona qо‘rqoqlikdan axmoqona mardlik yaxshidir.

Bunga misol tariqasida qо‘yidagi hayotiy voqeani keltirish mumkin: maktablardan birida о‘smir bolalar shunday bir mashqni о‘ylab chiqarishgan: tо‘rtinchi qavatdagi balkondan uchinchi qavatdagi balkonga sakrab tushishardi, ular qо‘lda osilib turib, u yoki bu yoqqa tebranib, sо‘ng sakrashadi. Nima sababdan ular bu ishni qilganlarini bilish uchun direktor bu bolalarni о‘z kabinetiga chaqirdi. Dastavval bolalar urishib berishadi deb indamay turishdi, lekin bir ozdan sо‘ng dadillanib, bu qilgan ishlari «jasurlik attestati uchun imtixon» ekanini gapira boshlaydilar. Kim bu ishni qilgan bо‘lsa, u jassur, kim bu ishni qilmagan bо‘lsa, u qо‘rqoq. Juda kо‘p noxush minutlarni boshdan kechirgan direktor bolalarga bunday deydi: «Mana bunday desak, sizlarga qanday tuyularkin, kimki bu ishni qilgan bо‘lsa, u axmoq, agarda kim qilmagan bо‘lsa, u aqlli». Bolalar bunga shunday javob qaytarishdi: «Nima ham der edik, meni qо‘rqoq degandan kо‘ra, yaxshisi axmoq deb xisoblab qо‘ya qoling».

О‘smirlik yoshida, ya’ni odam shaxs sifatida tarkib topayotgan bir paytda о‘zini kattalardek xis qilishi, kattalarning irodalarga qarshi tura olishini anglash muhimdir. Katta yoshli о‘smirlardan biri о‘qituvchining oldida kechirim sо‘rashni talab qilayotgan direktor bilan bо‘lgan suxbatda mag‘rur ravishda bunday deydi: «Men prinsipial odamman, men hayotimda xech qachon va xech kimning oldida kechirim sо‘ragan odammasman!». Bularning hammasi о‘ziga xos axloqiy dunyoqarashdan iboratdir. Psixologlar о‘smirlarning xarakteristikalari bilan tanishganlaridan sо‘ng shu narsa ma’lum bо‘ldiki, о‘smirlarning xarakteristikalari xatti-xarakatlari bilan tо‘la mos keladi, ya’ni ularning axloqiy ongi xatti- xarakatlari darajasiga «о‘sib chiqib», xatti-xarakatlarni belgilaydi. Sо‘nggi paytlarda L.N. Desev о‘smirlarning axloqiy tushunchalari mzmunini tadqiqot qilib (A.G. Kovalov raxbarligi ostida), ularning axloqiy kategoriyalarni tushunishlari kо‘pincha yuzaki, formal xarakterga ega ekanligini kо‘rsatib berdi.

О‘zini anglash extiyoji hayot extiyojlaridan va amaliy faoliyatlaridan kelib chiqadi. О‘zini anglash kattalarning, guruhning о‘sib borayotgan extiyojlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayot va jamoaga bо‘lgan qiziqishning rivojlanishi munosabati bilan о‘smirlarda о‘z imkoniyatlariga baxo berish, jamoada о‘z о‘rnini aniqlash, xatti-xarakatlari va о‘z shaxsining qanday xususiyatlari uning oldiga qо‘yiladigan talablarga yuksak darajada javob berishga yordam berishi yoki xalaqit berishini anglash extiyoji paydo bо‘ladi. О‘smirlarda о‘zini anglashning rivojlanishi ularning о‘z xatti-xaraktlarini anglashlaridan boshlanadi. Dastlabki paytlarda о‘smirlarning о‘zini anglashi asosida uning xaqida boshqa odamlarning, kattalarning (о‘qituvchilar, ota-onalarning), jamoaning va о‘rtoqlarining muloxazalari yotadi. Kichik yoshdagi о‘smir о‘ziga gо‘yo atrofdagi odamlarning kо‘zi bilan qaraydi. Yosh ulg‘ayishi bilan о‘z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baxolash tendensiyasi boshlanadi. Nixoyat, shaxsning kо‘p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sintetik sifatlar ( burch xissi, qadr-qiymat, va vijdon xissi, prinsipiallik)anglanadi. Shaxsni tobora kengayib boradigan sifatlarini anglashdagi bunday izchillik ma’lum va uni osongina tushuntirib berish mumkin.

О‘smirlik yoshiga о‘tish о‘quvchilarning о‘qish faoliyatidagi muhim qayta о‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. О‘qish faoliyatining yangi va yuqoriroq bosqichi uning mustaqillik darajasi bilan belgilanadi. D.B.Elkonin, T.V.Dragunova va boshqa psixologlar materiallarining kо‘rsatishicha, о‘smirlik yoshining dastlabki davrida о‘qish faoliyati taraqqiyotining bosqichlarida juda katta xar xillikni kuzatish mumkin. Mustaqil ishlarni elementar darajada ham tashkil qila olmaydigan, nihoyatda past, quyi bosqichdan boshlab, mustaqil ishlar fakat uy vazifalarini bajarishda kuzatiladigan qator oraliq shakllardan о‘tib, yangi materiallar va xatto bilimlarning yangi sohalari (astronomiya, mexanika, radiotexnika) mustaqil о‘zlashtiriladigan eng yuksak bosqichlarni kuzatish mumkin. О‘smirlik yoshining boshlanishi о‘qish faoliyati eng yuksak boskichining tarkib topa boshlashi bilan bog‘lanadi. О‘smir uchun bilish extiyojlarini qondirishga qaratilgan mustaqil bilim orttirish tarzidagi о‘qish faoliyatining ma’nosi sekin-asta ochila boshlaydi.

Vokelikka bо‘lgan ongli munosabatning umuman о‘sishi bilan о‘smirlarning о‘qishga bо‘lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. О‘zlarining о‘qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan xaqiqiy, chukur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda bog‘langan yangi, yuksakrok bosqichga kо‘tariladilar. Rus psixologlarining tadqiqotlari shuni belgilab berdiki, о‘smirlar о‘qish faoliyatining motivlari murakkab tuzilishga egadir. О‘smirlar о‘qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jixatdan muhim ekanini anglash, mustaqil hayot va mehnatga tayyorlanish uchun о‘qish zarurligi), aslida muvaffaqiyatga intilish, izzat nafs bilan bog‘lik bо‘lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar (bolalar jamoasida obrо‘ qozonishga intilish va rahbarlik rolini о‘ynash) birga kо‘shilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-qarshilik kuzatiladi. Bilim orttirishga bо‘lgan intilish maktabdagi о‘qishga befarq yoki hatto salbiy munosabatda bо‘lish bilan, maktabdagi baholarga «xushchaqchaq-mensimaslik» (D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib qо‘shilib ketishi mumkin. Bu о‘qishdagi u yoki bu xildagi muvaffaqiyatsizlikka, о‘qituvchi bilan bо‘lgan nizoga nisbatan о‘ziga xos reaksiya bо‘lishi mumkin. О‘smir odatda о‘zining о‘qishdagi muvaffakiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat nafsi ba’zan bu muvaffakiyatsizlikka bо‘lgan xaqiqiy munosabatni niqoblash xoxishini tug‘diradi. Natijada о‘quvchi о‘qishdagi muvaffakiyatlarga о‘zini mutlaqo befarqdek va beparvodek tutadi, xatto soxta mardlik kо‘rsatmoqchi bо‘ladi.

Nihoyat, о‘smir xotirasining о‘ziga xos xususiyati ancha murakkab assotsiatsiyalarni, yangi materialning eskisi bilan bog‘lanishini aniqlash, yangi materialni bilimlar sistemasiga kiritishdir. Y.A.Samarin va uning xodimlari bilimlar tizimini tarkib toptirish jarayoni xar xil darajadagi assotsiatsiyalarni belgilab olishga aoslanishini aniqlaganlar. О‘smir kichik maktab yoshidagi bola uchun xarakterli bо‘lgan ayrim assotsiatsiyalar (Y.A.Samarinning fikricha, lokal assotsiatsiyalar) va alohida sistemali assotsiatsiyalar (bir-biridan ajralgan xolda mavjud bо‘ladigan alohida masalalarga doir xususiy bilimlar) xosil kilishdan ancha yukori darajada-fanlar ichidagi (sistemalar ichidagi) assotsiatsiyalarni (о‘quv predmeti ichidagi bilimlarini aks ettiruvchi assotsiatsiyalarni) tarkib toptirish darajasiga о‘tadi, о‘smirlik yoshining oxirida eng yuksak darajaga-fanlararo (sistemalararo) assotsiatsiyalarga о‘tish uchun sharoit yaratiladi. Bu turli о‘quv predmetlarining materiallarini bir-biri bilan bog‘lash, xar xil fanlardan beriladigan bilimlarning umumiyligini, birligini tushunish imkonini beradi.

Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, о‘smirlik yoshida barqaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa tomondan, о‘smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jо‘shqin aktivlik va impulsivlik kо‘pincha beqaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalg‘ishi bilan ajralib turadi. Hamma narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, о‘quvchining kayfiyati va psixik xolatiga, uning ishga bо‘lgan munosabatiga bog‘liq bо‘ladi. Diqqatning tanlovchilik qobiliyati, ya’ni uning turlicha xarakteristikasi о‘sha narsaga bо‘lgan qiziqish kо‘lami va darajasiga bog‘liq bо‘lishi о‘smirda juda yaqqol ifodalangan. Bu darsda (uzi yoktirmagan darsda) e’tiborsiz va parishonxotir bо‘lib о‘tirgan о‘quvchi boshqa, о‘zi yaxshi kо‘rgan darsda nihoyatda, xushyor, fikrini bir yerga tо‘plab olib, hech narsaga mutlaqo chalg‘imasdan bemalol ishlashi mumkin.

Tadqiqotlar shuni kursatdiki, о‘smirlik yoshida diqqatning kulami, shuningdek, diqqatni bir operatsiyadan boshka operatsiyaga karatish, faoliyatning bir turidan boshka turiga jalb etish kobiliyati sezilarli darajada ortadi. Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilardan farkli ularok, о‘smir uchun odatda uz faoliyatini uzgartirishga kandaydir aloxida psixologik tayyorgarlik kurish talab etilmaydi.

Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli о‘qituvchining qandaydir aloxida usullarni kullanishga emas, balki о‘kish faoliyatini о‘smirda diqqatni uzoq vaqt mobaynida biror narsaga chalg‘itish uchun na vakt, na istak va na imkoniyat qolmaydigan qilib uyushtira olishiga bog‘likdir. Qiziqarli ish, qiziqarli dars о‘smirni shunchalik qamrab olishga qodirki, u juda uzok vaqt davomida zо‘r ishtiyoq bilan ishlaydi. Shunisi ham borki, о‘smir uchun qiziqarli bо‘lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan boshqa turiga vaqti-vaqti bilan о‘tib turiladigan mazmunli mashg‘ulotlar, aktiv bilish faoliyati, ana shu narsa darsni о‘smir uchun qiziqarli darsga aylantiradi, ana shuning о‘zi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrinin va uning xodimlarining tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, о‘smirlar irodaviy zо‘r berish bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat deb ataladigan diqqatga tobora kо‘prok о‘tib bormokdalar. Bu diqqat oldindan uylab quyilgan va muayyan maqsadga qaratilgan diqqat bо‘lib, ishga «kashfiyotlar»ga bо‘lgan qiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga kо‘ra ham bu diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi.

О‘smirlik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi. Kichik maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi о‘smirga fan asoslarini muvaffaqiyatli va sistemali о‘rganish imkonini beradi. О‘rganiladigan fanlarning mazmuni va о‘quv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni uzlashtirishning yangi xarakterini, mustakil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraksiyalash va umumlashtirish, taqqoslash, mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish, isbotlash qobiliyati zarur bо‘ladi. Birok, shuni nazarda tutish kerakki, hamma о‘smirlar ham isbotlovchi tafakkurga osongina utavermaydilar. Ulardan ba’zilariga, masalan, umumlashtirilgan geometrik isbot goyasining uzi tushunarli bulmaydi: uzingning xak yoki noxak ekanligingni kurib turib ishonch xosil kilganingdan keyin isbotlab utirishning nima kerakgi bor? О‘smirlardan biri hayron bо‘lib, bunday deb javob bergan: «О‘qituvchi doskaga ikkita teng uchburchakni chizadi va ularning teng ekanligini uzok vaktgacha tushuntirib utiradi».

Umumlashtirilgan va muhokamali tafakkurni tarakkiy ettirish uchun matematikani о‘qitish juda muhimdir. Algebrani sistemali tarzda о‘rgana boshlash umumlashmani umumlashtirish bilan bog‘lik bо‘lgan yuqoriroq darajasiga о‘tishga yoki ikki baravar abstraksiyaga о‘tishga rag‘batlantiradi (arifmetika predmetidan soni abstraksiyalashdir). Geometriyani о‘rganish fikrlash, isbot qila bilish, mantiqan qat’iy asoslash kо‘nikmalarini о‘stiradi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari

1.О‘smirlik yosh davrining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

2.О‘smirlik yosh davrida yetakchi faoliyat turi qaysi?

3.О‘smirlarda e’tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi.

4.О‘smirlik davrida jins tafovutlarining namoyon bо‘lishi. 5.О‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlar va norasmiy guruxlarning ta’siri.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish