Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус талим вазирлиги


Badiiy-estetik rivojlanish



Download 0,81 Mb.
bet12/27
Sana11.11.2020
Hajmi0,81 Mb.
#51994
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Ёш даврлар психологияси 3 курс маъ

Badiiy-estetik rivojlanish. Kichik maktab yoshidagi davrda bolalar badiiiy-estetik rivojlanishda katta imkoniyatlariga ega bо‘ladilar. Bolalar odatda rasm chizishga, loy yoki plastilindan narsa yasash ishlariga, ashula aytish va mо‘zikaga juda qiziqadilar. Bunday faoliyatni tо‘g‘ri tadqiq qilish bir tomondan bolalarga estetik hislarning rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchi tomondan tegishli qobiliyat komponentlarining rivojlanishiga uchun shart-sharoit yaratadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni takidlab о‘tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli hislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat о‘z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va kо‘p mehnat qilishga bо‘lgan xudbinni ham tarbiyalaydi.



Bolalar о‘z-о‘ziga xizmat qilish va о‘zlari uchun foydali bо‘lgan narsalarni tayyorlash bilan shug‘ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zо‘r ehtibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarni sekin-asta kо‘pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bо‘lgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. О‘quv faoliyati kichik maktab yeshidagi о‘quvchi uchun nafakat bilish jarayenlarining yukori darajada rivojlanishi .balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki yetakchi bо‘lgan о‘quv faoliyatidan tashkari boshka faoliyatlar-uyin.mulokot va mehnat faoliyatit ham о‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir kursatiadi.Shuningdek bu faoliyatlar asosida muvafakkiyatga erishish motivlari bilan boglik bо‘lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. О‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda о‘qishda ma’lum yutuklarga erishish extiyojini kondirishga shuningdek, tengdoshlari orasida uz urniga ega bulishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu о‘rin yoki mavkega erishish uchun ham bola yaxshi о‘qish uchun xarakat kilishi mumkin.Bu yoshdangi bolalar doimiy ravishda uzlari erishgan muvaffakkiyatini boshka tengdoshlari muvaffakkiyati bilan solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bulish nixoyatda muxim.

Kichik maktab davrida bolalardagi musobakaga kirishish motivi tabiiy psixologik extiyoj hisblanib bu motiv ularga kuchli emotsional zurikishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bogcha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek о‘smirlik davrida ham yakkol kuzga tashlanadi.Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u xakidaga fikr va baxolariga karab uzlariga uzlari baxo beradilar.О‘quvchining uziga uzi beradigan baxosi asosan tugridan tugri о‘qituvchining beradigan baxosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffakiyatlariga boglik.Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarda uz uziga beradigan baxolari turlicha –yukori , adekvat,past bulishi mumkin.Bu yoshdagi bolalarda mavjud bо‘lgan ishonuvchanlik, ochiklik, tashki ta’sirlarga beriluvchanlik,itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffakkiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin.Bu davrda muvaffakkiyatga erishish motivlari tarkib topish bilan bir katorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi.Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarda mehnatsevarlik asosan о‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada о‘z kilayotgan mehnati unga zavk bergan takdirdagina yuzaga keladi.Bolada mustaqillik xusuiyatining shakllanishi asosan kattalarga boglik.Agar bola xaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor,ochik xususiyatli bulsa unda asta sekinlik bilan buysinuvchanlik mustaqil bо‘la olmaslik xususiyati mustahkamlana boradi. Lekin bolani vaqtli mustaqillikga undash unda quloqsizlik yopiqlikni shakllanishiga olib keladi va hayotiy tajribalarni asosan kimlargadir taklid qilgan xolda uzlashtiradi.

Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni kо‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki,unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola о‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin .Ana shu his bolada mustaqil bulishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.

7-11 yoshli davrda bolalar о‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani uz-uzini anglashi ham jadal rivojlana boradi va
mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar о‘zlarining ismlariga yanada
kо‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va
atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar.
Bolani о‘zining tashqi kо‘rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham
о‘z-о‘zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga
borib bolalar, ayniksa qizlar о‘zlarining yuz-tuzilishlariga aloxida
e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshdagi о‘quvchining о‘quv faoliyati jarayonida о‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni о‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli rivishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, о‘z faoliyatini о‘zi uyushtrishiga, hamda bilim olish jarayoniga bо‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. О‘quvchi xulk-atvorining motivlashtirishi ham о‘zgaradi. Bunda о‘rtoqlar va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bо‘lib qoladi. Axloqiy his-tuygular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi.

5-6 yoshli davrida bolalarning kо‘zga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi hamda о‘smirlik davrining boshlariga kelib juda kо‘p shaxsiy fazilatlar shakllanib bо‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham kо‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, kо‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib kо‘pchilib boalarda umumiy va maxsus layoqatlar kо‘zga tashlanadi. Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bо‘lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa о‘z-о‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.

Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq tо‘liq shakllanib bо‘lgani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qо‘llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa о‘qituvchi bilan bо‘ladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning о‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz xolda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana shuning uchun muhimdirki, birinchi sinf о‘quvchilarining mehnat faoliyatida shaxsiy motivlar aniq namayon bо‘ladi. Birinchi sinf о‘quvchisi о‘zi uchun zarur bо‘lgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi. Boshqalar uchun ishlashga esa, unda xali tajriba yо‘q.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish