Adabiyotlar
1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 6-12 bet
2. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 15- боб, 3- бўлим, 325 бет.
11- Ma’ruza.
Dielektriklarning fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlari.
Reja:
Dielektrikning fizik xossalari.
Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish.
1. Dielektrikning fizik xossalari
Dielektrikning zichligi ni bilish mahsulot tayyo’rlashda materialga bo’lgan ehtiyojni, uning hajm yoki massasini aniqlash uchun zarurdir. Zichlik jism massasi (m) ning uning hajmi V ga nisbati orqali aniqlanadi:
.
Organik materiallarda = (0,5-1,5)103, anorganikda esa bu qiymat bir oz yuqoriroq: = (2,5-4,0)103 kg/m3.
Materialning gigroskopikligi jismni (namunani) ma’lum vaqt suvda ushlab turish orqali aniqlanadi:
.
bunda: m1 – quruq namunaning massasi, r; m2 – namunaning suvda ma’lum vaqt ushlagandan keyingi massasi, r.
Bu kattalik dielektrikning namga chidamliligini baholashda yordam beradi. Ko’pgina dielektriklar ma’lum darajada gigroskopik bo’lganligi sababli, izolyatsiyani namdan himoya qiladi.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 15- боб, 3- бўлим, 325 бет.
2.Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish.
Shimdirish usulida izolyatsiya bo’shliqlari gigroskopik bo’lmagan yoki kam gigroskopik qattiq yoki suyuq dielektrik bilan to’latiladi. Shimdirilgan materiallarga avvaliga nam singmay, ma’lum vaqt o’tgandan so’ng bu xossa yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan materiallar o’ziga nam olmaydi. Masalan, shimdirilgan marmarda qiymati uzoq vaqt o’zgarmay turadi. Tolali shimdirilgan material (qog’oz, karton, mato sellyuloza) larda esa qiymati asta-sekin pasaya boradi. Shimdirilmagandagi kabi shimdirilgan qalin qog’oz (karton) da ham namlik materialga asta-sekin singib boradi va ma’lum vaqtdan so’ng W qiymati ikkala qog’ozda deyarli bir xil qiymatga ega bo’ladi. Havo bo’shliqlari bo’lgan va shimdirilgan matolar qisqa muddatli namlikka bardoshli bo’lib, ularda Et qiymati quruq shimdirilgan materillarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Izolyatsiya xarakteristikasini o’zgartirmasdan saqlash va namlik ta’sirini kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, loklash usulidan ham foydalaniladi. Bunda, shimdirilgan jism qalinligi 0,1-0,2 mm li lok qatlami bilan qoplanadi. Lekin bu usul namlik 80% dan ortganda o’zini oqlamaydi.
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2 mm bo’lgan plastmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bunday qoplamaning mexanik xarakteristikalari lok qoplama mexanik mustahkamligidan ancha
yuqori bo’ladi. So’nggi usul mahsulotning havo namligi 90% gacha bo’lgan hollarda ishonchli himoya qiladi.
Mahsulot yuzasini qoplash usullaridan biri ishlov beriladigan yuzaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi qismiga mos qilib maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi plastmassa to’ldiriladi. Masalan, epoksid smolasidan tayyorlangan qoplamaning qalinligi 10-20 mm qilib olinadi. Mahsulot suyultirilgan kompaundga botirib olinadi. Bu usul dielektriklarni 95% gacha namlik ta’siridan himoya qiladi.
Barcha hollarda ham jismni namlikdan himoya qilishda organik materiallar qo’llaniladi. Bu materiallar gigroskopik xususiyatga ega bo’lgani uchun o’zidan namlikni o’tkazadi. Istalgan organik dielektrik qandaydir miqdorda nam singdiruvchanlikka ega.
Ba’zi organik dielektriklar uchun nam singdirish koeffitsienti quyidagichadir:
Parafin … … … … 510-10 c
Polietilen … … … … 310-10 c
Epoksid smolasi … … … 510-9 c
Neftli bitum … … … … 110-8 c
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 15- боб, 3- бўлим, 325 бет.
Dielektrikni namlikdan ishonchli himoya qilish maqsadida bosim ostida quyish usuli qo’llaniladi. Chunki bu usulda olinadigan qoplamaning qalinligi katta qiymatga ega bo’ladi va mahsulotni namlikdan yaxshi himoya qiladi. Agarda himoya qoplamasida darz yoki yemirilish sodir bo’lsa, namlik qoplama ichiga tezda kirib boradi.
Vakuumda zichlash usulida himoya qilinadigan mahsulot metall qobiqqa joylashtiriladi va qopqoq bilan kavsharlanadi. Metall qoplama dielektrikni namdan a’lo darajada himoya qiladi.
Qog’oz izolyatsiyali yuqori kuchlanishli kabellarni namdan muhofaza qiladigan himoya qoplamasi sifatida izolyatsiya yuzasiga uzluksiz qoplanadigan metall (qo’rg’oshin, alyuminiy, po’lat) qoplama ishlatiladi. Bu qoplamalar izolyatsiya yuzasiga maxsus presslarda qoplanadi. Elektr mashinalarining izolyatsiyasi namlik ta’siridan loklash, shimdirish va kompaund quyish usullari orqali himoya qilinadi. Uzluksiz ishlaydigan elektr mashinasi namlikka chidamli bo’ladi. Bu mashinaning muttasil ish mobaynida qizishi natijasida izolyatsiyasining namlanmasligi bilan tushuntiriladi. Uzoq muddat ishlamagan (omborda saqlangan) elektr dvigateli yoki generatorlarning izolyatsiya holati tekshirilib, zarur holatlarda ularning izolyatsiyasi quritilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |