Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент Давлат Техника университети



Download 0,55 Mb.
bet57/68
Sana23.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#119962
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
2 5283128039746569393

Adabiyotlar

1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 108-114 bet


2. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.

1 - Tajriba ishi
Izolyatsion materiallarning elektr o’tkazuvchanligi.
Har qanday dielektrik elektr maydon ta’sirida bo’lganda elektr tokini o’tkazadi, bu qiymat o’tkazuvchi materiallarni elektr o’tkazuvchanligiga nisbatan bir necha bor kichik bo’ladi. Dielektriklarni elektr o’tkazuvchanligi o’tkazgich materiallardan farqlanib, ularda elektron va ion o’tkazuvchanlik kuzatiladi. Dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik kuchli elektr maydon ta’sirida erkin zaryadlarning xarakati hisobiga hosil bo’ladi. Dielektriklardagi erkin zaryadlar soni ularni agregat holatiga ham bog’liq bo’lib, gazsimon dielektriklarda elektr toki elektron yoki ionlar hisobiga kuzatilib, tashqi ta’sir ionizator: kosmik nurlar, ultrabinafsha nurlanish orqali gazlarda elektr o’tkazuvchanligi mustaqil bo’lmagan o’tkazuvchanlikni hosil qiladi. Urilish ionlashishi orqali ro’y beradigan elektr o’tkazuvchanlik esa mustaqil elektr o’tkazuvchanlik deyiladi. Suyuq dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik, dielektriklar tarkibidagi qo’shimcha zarrachalar hisobiga bo’lib, agar dielektrik qo’shimcha zarrachalardan tozalansa, uning solishtirma qarshiligi keskin ortadi. Qattiq dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik ichki yoki sirt toki bo’yicha kuzatiladi. O’zgarmas kuchlanish ta’sirida dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik aniqlanadi. Bunda dielektrikdan ichki tok o’tib, absorbtsiya toki faqat kuchlanishni ulash yoki uzish paytida bo’ladi. Ko’ndalang kesim yuzasi S va qalinligi h bo’lgan dielektrikning hajmi qarshiligi R quyidagi ifodadan aniqlanadi:
, Om
bu yerda R - namuna qarshiligi, Om;
h - namuna qalinligi, m;
S - namuna yuzasi, m2;
Dielektrikning solishtirma hajmi qarshiligi:
 , Om m
Shunday qilib ρ qiymati bo’yicha turli dielektriklarni o’zaro bir-biri bilan taqqoslash mumkin. ρ qiymatiga sun’iy ravishda bir muncha fizik ma’no berish mumkin.
Agar h birligi (m), S -(m2), R = (Om) bo’lsa, bunda ρ birligi (Omm) bo’lib, ρ qiymati dielektrikning son jihatdan qarshiligini bildiradi. Bu qiymat material xususiyatiga, qanday materialdan tayyorlanganligiga ham bog’liq.
Agarda h = 1m, S = 1m2 bo’lsa, u holda son jihatdan ρ qiymat Rga teng bo’ladi, ya’ni ρ son jihatdan dielektrik qarshiligiga teng bo’lib, tomonlari 1m ga teng kub shaklidagi dielektrik namunasining qarshiligiga teng bo’ladi.
Dielektrikning yuza qarshiligi Rs quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
 , Om
bu yerda a - elektrodning uzunligi, m;
b - elektrodlar orasidagi masofa, m;
ρs -  dielektrikning solishtirma yuza qarshiligi, Om
Dielektrikning solishtirma yuza qarshiligi:
, Оm
Agar a = 1m, b = 1m bo’lsa ps qiymati son jihatdan Rs ga teng bo’ladi.
Dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun o’zgarmas kuchlanish ta'sirida dielektrikning hajmi bo’yicha elektr toki o’tkaziladi va elektrodlar qarama-qarshi yuzaga o’rnatiladi. Bu elektrodlar galvanometr orqali elektr manbaiga ulanadi.
Qarshilik qiymati Om qonuni bo’yicha aniqlanadi:
, Om
So’ng, namunani geometrik o’lchamlari aniqlanadi va quyidagi ifodalar yordamida hisoblanadi:
yoki
bu yerdan
yoki

Namunalarda hajmiy va yuzaviy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun uchta elektroddan foydalaniladi. 1- rasmda elektrodlar chizmasi keltirilgan.


1-rasm.
1 - namuna (qattiq dielektrik);


2 - tashqi elektrod;
3 - himoya elektrodi;
4 - ichki elektrod;
2- rasmda dielektriklarda sodir bo’ladigan hajmiy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash chizmasi keltirilgan.

2-rasm.


A, B, S - namuna ulash uchun qisqichlar;
G - ko’zguli galvanometr; V - voltmetr; Iv - hajmiy tok; Is - yuzaviy tok.

3- rasmda dielektriklarda sodir bo’ladigan yuzaviy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash chizmasi keltirilgan.


3-rasm.


A, B, S - namuna ulash uchun qisqichlar;
G - ko’zguli galvanometr; V - voltmetr; Iv - hajmiy tok; Is - yuzaviy tok

Dielektriklar yuzasiga elektrodlarning yaxshi jipslanishini ta'minlash uchun metall qoplama vakuum yordamida qoplanadi.


4- rasmda dielektriklarda hajmiy va yuzaviy elektr o’tkazuvchanligini o’lchash chizmasi keltirilgan.

4-rasm.
G - ko’zguli galvanometr;


N - universal shunt;
A, B, S - namuna ulash uchun qisqichlar;
R0 - namunaviy va himoya qarshilik;
K1 - kuchlanish qutbini o’zgartiradigan kalit;
K2 - kuchlanishni elektrodlarga ulaydigan kalit;
K3 - galvanometrni zanjirga ulaydigan kalit;
B - to’g’irlagich;
V - voltmetr.
Zanjirdagi shunt (N) galvanometrning o’lchash chegarasini kengaytirish uchun qo’llaniladi.
R0 - qarshilik galvanometrning katta tok qiymatini chegaralash uchun xizmat qiladi.
Zanjirda ishlash.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish