Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент Давлат Техника университети



Download 0,55 Mb.
bet54/68
Sana23.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#119962
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Bog'liq
2 5283128039746569393

Adabiyotlar

1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 99-108 bet


2. Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.

16-Мaruza.


Dielekrtik materiallar.
Reja:

  1. Suyuq holatdagi dielektriklar.

  2. Suyuq sintetik dielektriklar.



1. Suyuq holatdagi dielektriklar.

Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo’lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong’inga bardoshlilik kabi talablar qo’yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Natijada transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta’siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqatiladi.


Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi.
Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning tarkibida oltingugurt, kislorod va azot kabi qo’shimchalar ham bo’ladi. Moydagi zararli qo’shimchalar neftni qayta ishla orqali bartaraf etiladi.
Transformatorning moyini tozalash kislota yordamida, selektiv yoki adsorbsiya kabi usullar orqali amalga oshiriladi. Bu moyning rangi och sariq bo’lib, zichligi 861-895 kg/m3, qotish harorati -450C, chaqnash (alangalanish) harorati 135-1400C , nur sindirish koeffitsienti 1,47-1,49, kinematik qovushqoqligi (17,626,6) 10-6m2/s va sirt taranglik kuchi 40-45 kN/m. Transformator moyi yonuvchan suyuqlik bo’lgani sababli, uni ishlatish mobaynida texnika xavfsizligiga amal qilinishi shart. Bu suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2,2-2,3, dielektrik isrof burchagining tangensi 0,001-0,02 ga teng.
Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi. Bu asosan, suvning dielektrik
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.
singdiruvchanligi katta (er≈81) va solishtirma hajmiy qarshiligining kichikligi (p ≈103104 Om∙m) bilan tushuntiriladi. Moy tarkibidagi mexanik qo’shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo’shimchalardan tozalanib, so’ngra quritilsa, u o’zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi.
6-jadvalda transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi keltirilgan. Elektr uskunalarida ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta’sir etishi natijasida uning eskirishi kuzatiladi.
6- jadval
Transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi.

Apparatdagi kuchlanish, kV

Moyning elektr mustahkamligi, kV/mm (h = 2,5 mm )

Quruq holatda

Ekspluatatsiya sharoitida

≤.6
35
110,220
≥ 330

25
30
40
50

20
25
35
45

Bu jarayon yorug’lik, quvvatli nur va aktiv katalizatorlar ta’sirida tezlashadi. Eskirish jarayonida transfarmator moyining rangi to’qarib, quyuqlashadi, tgδ qiymati kattalashadi. Filtrlash, regeneratsiya qilish va boshqa usullar orqali transformator moyi eskirishining oldi olinadi.


Neftdan tayyorlanadigan kondensator moyining tozalanish sifati transformator moyiga nisbatan birmuncha yuqori bo’ladi. Kondensator moyining zichligi 866-901 kg/m3, qotish harorati -450C, dielektrik xossalari: er =2,12,3; tgδ =0,002; Et = 20 MV/m. Qattiq dielektrik hisoblangan qog’ozga kondensator moyi shimdirilsa, u holda mazkur qog’ozning dielektrik xossalari yaxshilanadi. Natijada, uning asosida ishlab chiqarilgan kondensatorning hajmi va massasi, shuningdek narxi ham kamayadi. Kondensator moyi elektr texnikada kondensator ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kabel moyi bir necha navda ishlab chiqarilib, uning asosini neft mahsuloti tashkil etadi. Bunday moy shimdirilgan qog’oz o’zidan issiqlikni yaxshi tarqatadi va izolyatsiyaning elektr mustahkamligi ancha ko’tariladi.


Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.

Kabel moyining ana shu xossalari undan katta quvvatga ega, yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi. Kabel moylarining chaqnash harorati va qovushqoqligining nisbatan yuqoriligi uni boshqa moylardan ajratib turadi. 7-jadvalda ba’zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari keltirilgan.


7-jadval
Neft asosidagi ba’zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari



Ko’rsatkichlar



Moyning navlari

S-220

MN-4

KM-25

MB

Zichligi, kg/m3

840

<900

>900

860

Kinematik qovushqoqligi,10-6m2/s

800

40

-

150

Alangalanish harorati,0C

180

135

225

96

Qotish harorati, 0C

-30

-45

-10

-70

Tgδ(50Gs,t =100 0C)

0,002

0,008

0,005

0,005

Er

2,25

2,2

2,15

-

P, Om∙m

1012

1911

2∙1010

-

Et, MV/m

21

18

15

-

KM-25 navli kabel moyi shu kuchlanishi 135 kV bolgan kabelning qog’oz izolyatsiyasini shimdirishda ishlatiladi. MN-4 navli kabel moyi esa yuqori bosimli, katta kuchlanish (110-500 kV) kabellarning maxsus kanallarini to’latishda qo’llaniladi. Quvur ichidan o’tkaziladigan, 110-500 kV kuchlanish yuqori bosimda ishlaydigan kabellarning quvuri yaxshilab tozalangan S-220 navli kabel moyi bilan to’ldiriladi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish