2. Suyuq sintetik dielektriklar.
Neft mahsulotidan ishlab chiqarilgan izolyatsiya moylari o’zining afzal tomonlari bilan birga ba’zi kamchiliklar (eskirish, chaqnash va alangalanish xavfi, portlashdan ham holi emas. Ana shu sababli shuningdek, yuqori qiymatli dielektrik singdiruvchanlikka erishish maqsadida suyuq sintetik dielektriklar ishlab chiqarildi.
Bunga misol qilib, keng miqyosda qo’llab kelinadigan xlorlangan uglevodorodlarni olish mumkin. Turli xil uglevodorodlar molekulalaridagi vodorod atomi o’rniga xlor atomini kiritish orqali xlorlangan uglevodorodlar , ya’ni xlorlangan difenil olinadi. Xlorlangan difenil tarkibidagi xlor miqdori 43 dan 67% gacha oshirilsa, quyuq yoki mumsimon modda hosil bo’ladi. Vodorod Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.
atomi o’rnidagi xlor atomlarining miqdori oshirilishi natijasida modda quyuqlashib, zichligi ortadi va uning qotish harorati pasayadi (8-jadval).
8-jadval.
Ba’zi sintetik dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalari.
Ko’rsatkichlar
|
Trixlordifenil
|
Sovtol -10
|
Geksol
|
Zichligi, kg/m3
|
1360
|
1510
|
1640
|
Kinematik qovushqoqligi,106m2/s
|
40-70
|
650
|
3,5-4,0
|
Qotish harorati, 0C
|
-19
|
-6
|
-60
|
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/m3∙ 0C
|
0,0963
|
-
|
0,15
|
Tgδ(90 0C)
|
0,015
|
0,03
|
0,03
|
P, Om∙m (90 0C)
|
3∙109
|
0,03
|
13 ∙1010
|
r
|
5,9
|
-
|
2,7-2,9
|
Er,MV/m
|
20
|
22
|
18
|
O’rta darajada xlorlangan pentaxlordifenil (sovol) quyuq massa bo’lgani sababli, suyultirish maqsadida unga xlorlangan suyuq uglevodorod qo’shiladi. Kondensator moyi suyuq difenil bilan aralashtirilib, hosil bo’lgan suyuqlik qog’ozli izolyatsiyaga shimdirilsa, kondensatorning reaktiv quvvati ortadi, hamda hajmi birmuncha kichrayadi.
Sovtol-10ning tarkibi 90% pentaxlordifenil hamda 10% fixlorbenzoldan iborat bo’lib, undan yuqori kuchlanishli transformatorlarni to’latishda, shuningdek, qattiq izolyatsiyaga shimdiriluvchi sifatida foydalaniladi.
Geksol kimyoviy jihatdan barqaror suyuqlik bo’lib, tarkibi 80% geksaxlorbutadien va 20% pentaxlordifenildan iborat. U harorat va cho’g’ ta’sirida chaqnash yoki alangalanish xususiyatiga ega emasligi bilan ajralib turadi va juda past haroratda ham qotmaydi. Geksol sifati yaxshi suyuq dielektrik hisoblanib, undan transformatorlarda izolyatsiya o’rnida foydalaniladi.
Ko’rib o’tilgan barcha difenillar zararli hisoblanganligi sababli, ular bilan ishlash mobaynida texnika xavfsizligi choralari ko’rilishi lozim.
Kremniy-organik (KO) suyuqliklar zaharli bo’lmay, ekologik jihatdan xavfsiz bo’lganligi sababli, ular elektr texnikada keng miqyosda qo’llanilmoqda. KO suyuqliklar gigroskopik emas hamda yuqori haroratga bardoshlidir. Bu suyuqliklarga poliopganosilokksan polietilsiloksan, polifenilsiloksan va boshqa suyuqliklar kiradi (9-jadval). Poliopganosiloksan (161-123, 161-45 impulsli transformator, maxsus kondensator, radio va elektron apparatlarida qo’llanilmoqda.
Dielektric Materials for Electrical Engineering. Juan Martinez-Vega 9-16 боб, 2- 3 бўлим, 189,347 бет.
9- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |