Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти



Download 77,09 Kb.
bet7/10
Sana22.06.2021
Hajmi77,09 Kb.
#72881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Sharafidinov

O'zbskistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari. 
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo'lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishiga muqarrar qilib quyadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo'lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanish butunlay inqirozga uchrashiga chap berish uchun ishlab chiqarshi chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishiga, ya'ni tangli hodisalariga barham berishga yo'naltiriladi. Rsspublikada barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanati saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajadaa pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga no'l ko'ymasliqdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasining boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlarni ham uz ichiga oladi.

Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqish jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga oliiib ishlab chiqarish sohalariga o'simlik beriladi. Modsiy ishla chiqarish sohalarining rivojlaiishida ularni tarkibiy qayta qurish ham ko'zda tutiladi. Bunda asosiy e'tibor katta istiqbolga ega bo'lgan, butui xalq xo'jaligining rivojlanish tamoyillariii belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratiladi.

Prezideitimiz I.A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek «Tarkibiy tuzilishda chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O'zbekistonning barqaror iqtisodiy o'sishini va aholi farovonligini ta'minlashning, jahon iqtisodiy tizimi qo'shilishning eng asosiy shartlaridan biridir.»

Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Shu sababli rsspublikamizda kekingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash orqali iqtisodiy o'sishga erishildi. 1998 yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 1997 yilga nisbatan 104.4 foizni tashkil etadi.

Sanoatda muayyan ijobiy tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilishi natijasida, uning mahsuloti 1998 yil oldingi 01ga nisbatan 105,8 foizni tashkil qildi. Sanoatning yetakchi asosiy tarmoqlari ayniqsa barqaror rivojlandi.

Tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo'jalik majmuasini bunyod etish birinchi navbatda eng muhim maroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solishni zarur qilib qo'yadi. Bunda asosiy e'tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.

Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlari odamlar turmush darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishdni ta'minlash katta ahamiyatga ega.

Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiii o'zgarirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulox tayyorlashga kstadigan jami xarakatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.

Iqtisodiyot tuzilishidaga o'zgartirshilar, chetdan mahsulot olib kelishi qisqarishi, xalq xo'jaligi xom ashyo yetishtirishga qaraltilgan bir tomonlama yo'nalishini bartaraf etishi va uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqlar ichidaga va xududiy jihatdan vujudga kslgai nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash vazifalarini hal etish bilan bog'liqdir.

Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzishidagi o'zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o'zak tarmoqlarni neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgaya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo'jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalariga rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Xalq xo'jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o'zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste'mol bilan jamg'arish fondi o'rtasida eng maqbul mutanosiblikni ta'minlash asosiy o'rin tutadi. Iste'mol fondining eng maqbul darajasiga erishish ichki bozorda talab bilai taklif o'rtasida nomutanosiblikni ta'minlash muhim rol o'ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko'proq e'tibor beradi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e'tibor beriladi.

Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e'tibor berib, bunda o'z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan foydalanish ko'zda tutiladi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.

Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlar sifatida qaraladi.

1.2 Inqiroz va uning turlari

Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikil deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir sikilni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitda vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fozasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bulib u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan istemol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni ma’ruza salbiy turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik harakterni kasb etadi. Bu tashqi omillar ichidan qo’yidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. -Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar. -Oltin, uran, neft, va boshqa qimmatli resurslar, yirik konlarning ochilishi. -Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrasiyasi, yer shari aholi migrasiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi;

Korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni samarali ishlab chiqilishi va natijasi bevosita uning turini, tavsifini va xususiyatini qay darajada aniqlab olinishiga bog‘liq. Sababi inqirozning turi va xususiyatini to‘g‘ri aniqlash, korxonaning xo‘jalik foaliyatiga qo‘yilgan tashxisni aniqlashtiradi va muammoning manbaasini topishga yordam beradi. Muammoni to‘g‘ri aniqlanishi keyinchalik uni bartarf etish ishlarini samaradorligini oshiradi. Masalan, shifokor xuzuriga kelgan bemorni kasalligi nima ekanligini aniq topa bilish shifokordan tajriba va bilim talab qiladi, shu bilan birgalikda uni davolash jrayonida kasallikni tezroq davolashga zamin tayyorlaydi. Agar shifokor tashxisni noto‘g‘ri qo‘yadigan bo‘lsa, kasallik jarayoni uzoq davom etadi va yanada og‘irlashishi mumkin.

Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Iniqrozlar bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan tushunchalar mavjud

Ba’zilar inqirozlar faqat davlat miqyosida amal qilib mikrodarajada bo‘lmaydi, uni faqatgina boshqaruvdagi muammo, hato va kamchiliklardan iborat deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr hisoblanadi. Agar ularni fikrini to‘g‘ri hisoblab shu pozitsiyadan turib holatga baho beradigan bo‘lsak, firma boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini oldindan ko‘ra bilishning ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.

Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq.

Inqiroz tushunchasida inqiroz faqatgina sabablar emas, balki oqibatlari ham katta ahamiyatga ega. Inqiroz oqibatlari ikki ko‘rinishdagi omillar bilan bog‘liq: sababalari va inqiroznining rivojlanish jarayonlarini boshqarish imkoniyatlari.

Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi. Bu munosabatlardagi boshqaruv imkoniyatlari professionalizm, boshqaruv san’ati, motivatsiya tavsifi, sabablarni va oqibatlarni tushuna olish va mas’uliyatning maqsadlariga bog‘liqdir.



Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir kurinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishlarning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faolikning mavsumiy tebranishlar ham mavjud bo’ladi. Masalan bayramlar arafasidagi harid qilish, istemolchilik tovarlarning faollik suratida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq ho’jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi. Iqtisodiy faolik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoillarga, yani uzoq muddatli davr, masalan 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu yerdashuni takidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) o’zoq muddatli tamoil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos iqtisodiy faolikning tebranishni tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarishlar va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agar inqirozlar qo’yidagi shakillarda nomoyon bo’ladi. 1) Qishloq ho’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarishni, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi. 2) Narxlarning pasayishi, daromodlar va foydalarning kamayishi. 3) Fermerlarning ommoviy ravishda xonavoyron bo’lishi ularning qarzlarining ortishi. 4) Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi. Qishloq ho’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos xususiyatlarga o’ziga xos xarakter kasb etadi. Agar inqirozlar sanaot sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o’tgan asrning 70- yillarida 90-yillar o’rtasigacha davom qilgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining harid qobilyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchunchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80 yillargacha davom etdi. Agrar inqirozning cho’zilib ketishining asosiy sabablari qo’yidagilar. A) Yerga xususiy mulk manopoliyasi sharoitida u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi. B) Yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz suratda o’sib borishi. Yer rentasining avvolo absalyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi. V) Ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarni o’tkazish va ijara haqini to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgargi miqdorda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib beradi. Agrar inqirozlar siklli harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki, inqiroz ro’y bergan mamlakatda million – million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan ortiq qarashlar mavjudligi ta’kidlanadi. Biz ularning ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif beramiz. Kitchin sikli – zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926 y) moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari harakatida sotish narhlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq qilishga o’zining e’tiborini qaratadi. Juglar sikli – biznes – sikl, sanoat sikli, o’rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7 – 12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narhdan tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. K. Juglar (1819 – 1905 y) nomi bilan ataladi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatlifoydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi. Uy – joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investision tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o’zining rivojlanish uchun yuqori darajada raqobat oladi. Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitda investision tovarlar zahiralarini ko’paytirish hyech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi. Iqtisodiy jihatdan qo’lay davrlarda yani sikilning jonlanishi va yuksalish fozalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganiga almashtiriladi. Ammo inqiroz davri kelganda korxonalar o’zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, xatto istemol qilingan asosiy kapitalning o’rnini asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat qilmaydi. Qisqa muddatli foydalanadigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi yoki keng istemolchilar qatlamiga iqtisodiy sikil turlicha ta’sir ko’rsatadi. Inqiroz davri boshlanganda, doimiy doromad oluvchi istemolchilar oila byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni harid qilishni to’xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolarini yeb-ichishi va keyinishi zarurligi tufayli oziqovqat mahsulotlari va keyim kechaklar, yani qisqa muddatda foydalanadigan istemolchilik tovarlarini harid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday tovarlarini harid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin. Investision tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada manopol mavqiyega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha manopol xukumdorlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli talabaning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskor bo’lgan holatni qisqa muddatli foydaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuvi darajasining pastligi bilan harakterlanadi. Shu sababli ular siklining salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va inovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi. Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar tamonidan (iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’risida deb hisoblaydi). Iqtisodiy siklni tug’diruvchi muxim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa to’liq tabiyki bu xol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Boshqa ichki omillardan qo’yidagilar ajratib ko’rsatiladi. -Shaxsiy istemolning o’zgarishi (qisqarish yoki kengayish); -Investisiyalar, yani ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarni vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi. -Ishlab chiqarish talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi iqtisodiy sikilning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’lami tug’ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqish mumkin emas. Demak kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.


Download 77,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish