ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
«ИҚТИСОДИЁТ»КАФЕДРАСИ
«ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ» фанидан
КУРС ИШИ
Мавзу: Макроиқтисодий беқарорлик : инқироз, ишсизлик ва инфляция
Бажарди:Менежмент факультети,
МС 62-гуруҳи талабаси
Шарафидинов Саиджамол Ибрахимович
Текширди:Аллаберганов Закир Ғайибович
Курс иши тақризга топширилган сана
«____» _______2020 й.
|
|
Курс иши тақриздан қайтарилган сана
«____» _______2020 й.
|
Курс иши ҳимоя қилинган сана
«____» _______2020 й.
Баҳо«_____» _________
|
___________
(имзо)
___________
(имзо)
___________
(имзо)
|
Комиссия аъзолари:
__________________
__________________
__________________
|
ТОШКЕНТ – 2020
Mavzu: Makroiqtisodiy beqarorlik : inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya
Reja:
Kirish
II Asosiy qism
I bob. Makroiqtisodiy beqarorlik : inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya
Makroiqtisodiy beqarorlik tushunchasi
Inqiroz va uning turlari
II bob. Ishsizlik va inflyatsiya
2.1 Ishsizlik tushunchasi
2.2 Inflyatsiya va uning turlari
III Xulosa
IV Adabiyotlar ro`yhati
Kirish
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi. Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |