Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти кредит-иқтисод факультети


Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati



Download 1,65 Mb.
bet3/19
Sana31.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#522282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kudratov BMI uz 0fc53-конвертирован

Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Ishimizda tijоrat banklarning investitsiyalar bilan bog’liq siyosati va investitsiyalar pоrtfelini shakllatirish jarayonini tahlili, qimmatli qоg’оzlar pоrtfelini bоshqarish usullarini tahlili va uning bоshqarish samadоrligini bahоlagan hоlda hоrzirgi vaqtda mamlakatimiz mоliya bоzоrining investitsiya bоzоrini rivоjlantirish yuzasidan takliflar kiritildi. Ishimizdagi ba’zi fikr va mulохazalar “mоliya bоzоri va qimmatli qog’ozlar” hamda “Investitsiya pоrtfellarni bоshqarish” fanlari bo’yicha ma’ruza matnlarni tayyorlashda fоydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, 3 ta bоb, хulоsa, fоydalanilgan adabiyotlar ro’yхatidan ibоrat.

I BOB. TIJORAT BANKLARI INVESTITSION FAOLIYATINING IQTISODIY MAZMUNI





    1. Investitsiyalar va ularning bozor iqtisodiyotida tutgan o‘rni

O‘zbekiston davlat mustaqililiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurilish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi. Shu bilan birga, Prezidentimiz “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida ta’kidlaganidek “Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilganligi asosiy omil bo‘lib kelmoqda”2.
Keng ma’noda, investitsiya deganda turli shakllarga, moddiy ishlab chiqarish va moliyaviy aktivlarga bo‘sh turgan pul mablag‘larining kapital qo‘yilmasini tushunamiz.Investitsiya siyosati har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi va unda ishlab chiqarishni kengaytirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shunday ekan, milliy iqtisodiyotni har tamonlama rivojlantirish faol investitsiya siyosatini yurgazishni talab qiladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni faol rivojlantirish keng miqiyosdagi investitsiyalarni talab qiladi. Bank sektorining asosiy vazifalari pul mablag'larini jamg'arish va ularni kredit va investitsiyalarga aylantirish hisoblanadi, omonatchilar va banklarning boshqa kreditorlari oldida ishonchni mustahkamlash, ularning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.

Demak, Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib iqtisodiyotimizga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim. Hozirga qadar
2 Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”.-T.: O‘zbekiston, 2009y.-B-28.
investitsiya tushunchasi mohiyatini iqtisodchi olimlar turlicha talqin qilib keladilar. Ayrim iqtisodchilar uni “tadbirkorlik faoliyatiga daromad olish maqsadida safarbar etilgan barcha turdagi boylik” deb tushunsalar ayrimlar lotincha so‘z bo‘lib, “solmoq“ degan ma’noni anglatgan holda “kapital solish” deb ta’riflaydilar.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlarm o‘rtasida xilma–xil fikrlar mavjud.Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, O‘zbekistonlik iqtisodchi olim, professor D.G‘.G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun–mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”3. Samar keltiradigan mulkiy va intelektual boyliklar, ya’ni investitsiyalar quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:

  • Pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, aksiyalar boshqa qimmatli qog‘ozlar;

  • Harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar;

  • Mualliflik huquqi, ixtirolardan foydalanish huquqlaridan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa intelektual huquqlar;

  • Yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari;

  • Boshqa boyliklar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, uni naqadar keng ma’noli tushuncha ekanligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun, Investitsiya tushunchasiga ta’rif berayotganda uning barcha jabhalarini hisobga olmog‘imiz lozim. Bu atamani barcha jihatlarini umumlashtirib quydagicha ta’rif berishimiz mumkin. Investitsiya bu - foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida davlat, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali



3 Abdullayeva Sh.Z. “Bank risklari va kreditlash”.-T.: Moliya,2002y.-B-15.
foydalanib cheklanmagan ehtiyojlarni qondirish uchun iqtisodiyotni barcha sohalariga sarflangan barcha turdagi boylik turlaridir. Bu o‘rinda biz yurtboshimiz I.A.Karimovning “Investitsiya sohasi mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, barqarorligini ta’minlaydi va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari o‘sishi, bo‘lg‘usi yuksalishning poydevori bo‘lib xizmat qiladi”-deb ta’kidlagan fikrlarini esga olamiz4.
Professor N.H.Haydarov investitsiyalar mazmun–mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya - bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”5.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qayta taxrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiya–iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar” sifatida ta’riflanadi.
Shunday qilib, “Investitsiya” deganda kelgusida daromad(foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi. Boshqacha aytganda, investitsiyalar-mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy–ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:

  • birlamchi avanslangan kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;

  • investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlari.






4 Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. -Т.: O’zbekiston, 2010y-B-13.
5 Abdullayev Y, Qoraliyev T, Toshmurodov Sh, Abdullayeva Sh ”Bank ishi” O’quv qo’llanma. –T. IQTISOD-MOLIYA,2010y.-B-28.
Asosiy kapitalga investitsiyalar kapital qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladi hamda o‘zida yangi qurilishga, kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga, uskunalar, inventarlar, loyihaviy mahsulotlar sotib olishga sarf-xarajatlarni mujassamlashtiradi. Iqtisodiy fanlar va amaliyot «investitsiya» va «kapital qo‘yilma» terminlarini bir xil narsa emasligini, ya’ni sinonim so‘zlar emasligini ta’kidlaydi.Investitsiyalar kapital qo‘yilmaga nisbatan keng mazmunli, qamrovli tushunchadir. G‘arb adabiyotlarida investitsiyalar borasida so‘z yuritilganda asosiy e’tibor fond bozoriga qaratiladi, chunki rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalar asosan qimmatli qog‘ozlar yordamida amalga oshiriladi.U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: «Investitsiyalar-bu istiqbolda yanada ko‘proq miqdordagi foydani olish uchun ma’lum miqdordagi mablag‘dan bugun ajralishdir.Real investitsiyalar asosan moddiy aktivlarga (yer, uskunalar, zavodlar) qilingan investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalar-bu qog‘ozda bitilgan shartnomalardir. Bularga oddiy aksiyalar va obligatsiyalar kiradi.Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real investitsiyalarga tegishlidir. Rivojlangan iqtisodiyotda esa investitsiyalarning asosiy qismi moliyaviy investitsiyalash institutlarining keng miqyosida rivojlanishi real investitsiyalarning o‘sishiga sababchi bo’ladi. Investitsiyalarning bu ikki shakli bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir- birini to‘ldiruvchidir»6.
Investitsiya tushunchasi yagona va to‘liq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyot fanning turli qismlarida va amaliy
faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‘zining xususiyatlariga ega. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar- joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar–bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital



6 Бутиков И “Qimmatli qog’ozlar bozori” Darslik -Т.: Konsauditinform, 2001y.-B-23.
o‘sishini ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar–muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonklar investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi:”Investitsiya-moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi”7. Ma’lumki, «Investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiyot uchun yangi emas. Bugungi kunda «Investitsiyalar» tushunchasining ma’nosini anglash, uning mohiyatini to‘g‘ri tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Sobiq iqtisodiy tuzum davrlarida investitsiyalar tushunchasi ko‘proq kapital qo‘yilmalar bilan bog‘lanib, kapital qurilishlar, kapital ta’mirlashlar va ilmiy- texnika taraqqiyoti uchun sarflanadigan kapital qo‘yilmalarini anglatar edi va bu qo‘yilmalar asosan markazlashgan fondlar va davlat budjetidan yuqori davlat idoralari tasdiqlagan rejalar asosida ajratilar edi.
Shved iqtisodchisi Klas Eklund fikricha, Investitsiya-bu kelajakda ko‘proq iste’mol qilish sharoitiga ega bo‘lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa.Uning bir qismi hozirda ishlatilmay zaxirada qoladigan iste’mol buyumlari bo‘lib, boshqa qismi esa ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan resurslardir8.

Rossiyalik iqtisodchi E.V.Mixaylova esa investitsiyani kelajakda daromad yoki ijtimoiy samara olish uchun kapitalni har qanday shaklda qo‘yish sifatida
7 Lorens Dj,Gitman, Maykl D, Djonk. “Investitsiyalash asoslari”. -M.:Delo,1997y.-B-44.
8 Жуков Е. “Деньги, кредит, банки, ценные бумаги”. –М.: Юните, 2001г.-B-68.
ifodalaydi9.Ko‘pgina adabiyotlarda «investitsiya» terminida noaniqliklar uchraydi. Birinchidan, «investitsiyalar»ga fuqarolarning «iste’molchilik investitsiyalari» (maishiy texnika, avtomobil, ko‘chmas mulk va boshq) qo‘shib yuboriladi. Bunday investitsiyalar esa kapitalni o‘sishini va foyda olinishini ta’minlamaydi. Ikkinchidan, «investitsiyalar» va «kapital qo‘yilmalar» terminlarini tenglashtirishadi. Kapital qo‘yilmalar-korxonaning moliyaviy mablag‘larini asosiy kapitalga avanslashtirish bilan bog‘liq investitsiya faoliyatining shaklidir. Investitsiyalar esa nomoddiy va moliyaviy aktivlarga qo‘yilishi ham mumkin. Uchinchidan, ko‘pgina manbalarda investitsiyalarni pul mablag‘larini qo‘yish deb ta’riflanadi. Amaliyotda esa, barcha hollarda bunday bo‘lmaydi. Investitsiyalashni boshqa shakllarda ham amalga oshirish mumkin. To‘rtinchidan, ko‘pgina ta’riflarda investitsiyalarni mablag‘larning uzoq muddatli qo‘yilmalar ko‘rinishida bo‘lishini ta’kidlashadi. To‘g‘ri, kapital qo‘yilmalar uzoq muddatga investitsiyalanadi. Lekin qisqa muddatli investitsiyalar ham bo‘ladi (masalan, montaj qilishga zarurat bo‘lmagan va qurilish smetasiga kirmagan mashina va uskunalarni sotib olish).



    1. Download 1,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish