1-laboratoriya mashg’uloti
O‘quv jarayonini tashkil etish va didaktik tamoyillari.O‘quv-metodik ta’minot va uning tahlili.
Ishningmaqsadi: Fanlarni oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar yaratish haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish.
Darsjihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, Akustik tizimlar va boshqalar;
Kutilayotgan natija:Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻladi.
Nazariy qism:
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalari dinamik illyustratsiyalar, ovozli jarayonlar, animatsiyalar kabi effektlarni amalga oshiruvchi dasturlardan foydalanib yaratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar quyidagi turlarga ajraladi:oʻrgatuvchi dasturlar, test dasturlari, mashq qildirgichlar, oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qoʻshimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar:
Pedagogik dasturiy vositalarning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi omillari mavjud boʻlib, bu omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajralgan. Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, koʻrgazmalilik, faollashtirish (oʻqitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, oʻqitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning oʻziga xosligini hisobga olish, axborotning zamonaviy metodlari oʻzaro bogʻliqliligi, oʻzaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-pertseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, koʻrgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, boshqaga koʻchishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida oʻquvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv masalalari murakkablik darajasi oʻquvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv materialini oʻzlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Shular bilan bir qatorda texnik, tarmoq talablar, estetik, maxsus(interfaollik, maqsadga yoʻnalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, koʻrgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differentsiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funktsionallilik, ishonchlilik), ergonomik va metodik (oʻquv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bogʻliqligiga tayangan holda qurilishi, oʻquv materialini yuqori tartibli tuzilma koʻrinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinishi, ta’lim oluvchiga oʻquv materialini bosqichma-bosqich oʻzlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi)talablar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda oʻquvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olish alohida oʻrin egallaydi.Pedagogik dasturiy vositalarni qoʻllash asosida oʻquvchilarning mustaqil ta’lim olish koʻnikma va malakalarini shakllantirishda oʻquvchilarning funktsional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: talabalarning oʻquv materiallarini oʻzlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik koʻrsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, oʻqituvchi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, oʻqitish kontseptsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan ratsional foydalanish koʻrsatkichlari, oʻqituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar tizimining bir-biri bilan bogʻliq boʻlishi uchun pedagogik dasturiy vositalar yaratilgan dasturiy ta’minotga ega boʻlishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |