239
Aslida kraudfanding O‘zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan
foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‘ligi yomonlashganda
operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‘lgan pulni to‘plash kerak bo‘lsa internet
ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‘rab plastik karta raqamlarini
qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir
ko‘rinishi.
Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik
kiritish bo‘yicha qilinadigan loyihalardagi g‘oyalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish
juda muhim sanaladi. Shunday g‘oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik
harakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda
katta
foyda berishi
mumkin.
Aynan
shu loyihalarni
moliyalashtirishda
kraudfandingning o‘rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‘
kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat
qilishi masalasi asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar
uchun ochiq bo‘lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‘ladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning
tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun,
farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ–436 sonli
“Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli
“Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil
30 noyabrdagi PQ-3416-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qarori,
2018 yil 7 maydagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Ushbu qarorlar asosida
Respublika innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi amalga
oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi, investitsiyalar va
savdo Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi
tomonidan tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: