Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/118
Sana23.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#142374
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118
Bog'liq
zamonaviy tilshunoslik va lingvodidaktikaning kommunikativ aspektlari

Adabiyotlar 
1. 捛叔湘《 现代 汉语 八百 词》,商 务 印 书馆。 689 页.Lǚ Shu-xiang.
“Hozirgi zamon xitoy tilida 800 so`z”. “Shangwu shuguan” nashriyoti, 1981.689 b. 
2. S.L.Akmalovna “Xitoy tili leksikologiyasi”.T.-2015.105-108 betlar.
3. 王力。中国现代语法。 – 北京:商务印书馆,2000 年。
4. 刘小洁.中级汉语口语语气词教学研究 [D].长春:吉林大学,2007.
FRANSUZ FRAZEOLOGIYASIDA RUHIYAT VA XISLAT 
TUSHUNCHASI TAHLILI 
Sindorov R. (SamDCHTI magistranti) 
Ruhiyat so`zini o`rganish jarayonida biz ko`plab savollarga duch keldik.
O`zbek tilining izohli lug`atida Ruhiyat (arabcha) so`zdan olingan bo`lib –ruhiy 
holat , psixika degan manoni anglatadi.[1,402] 
Milliy ruhiyat millatning ichki holati, kechinmalari, his-tuyg`ulari, ma`naviy 
dunyosi, o`y-fikrlari, maqsad va maslaklari bilan bog`liq mulohazalar majmuidir. 
Shunday ekan, ruhiyat deganda inson ichki kechinmalari va hissiyoti nazarda 
tutiladi. Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda 
oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik
mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson 
sifatida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. 
Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak 
ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot 
tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda 
qoʻllanadi. Kundalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar
anglanmagan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan 
foydalaniladi. Ilmiy manbalarda hissiyot shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga 
monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks 
ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish 
holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, 
lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqalar emotsiya 
ifodasi hisoblanadi. 
Vatanparvarlik javobgarlik, masʼuliyatlilik, vijdon, sevgi kabi yuksak 
xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodisa hisoblanadi. Ushbu hissiy 
kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, bilan 
bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchi
hissiyot ijtimoiy, ikkinchisi esa (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning 
faoliyati, xulq-atvori, muomalasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan 
narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. 
Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taalluqli ruhiy holatdir. 
Hissiyot ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, 
qonun qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, 


93 
murakkab kechinmalarning vujudga kelish jarayonidir. Ayrim manbalarda hissiyot 
yuksak his tuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan 
shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Masalan, mehnatdan lazzatlanish 
hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. 
Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas [4,H-harfi,181]. Inson ruhiyatini 
tasvirlashda biz insonning ichki kechinmalarini aks ettiruvchi holatlar orqali 
ifodalaymiz 
Ruhiyat so`ziga falsafiy lug`atda shunday izoh berilgan RUHIY OLAM- shaxs 
ichki dunyosiga aloqador hodisalar va jarayonlar bo`lib. Ular o`zaro bog`liq, 
xilma-xil va murakkab xodisalarni o`z ichiga oladi.[2,352] Ruhiy holatimiz qachon 
yuzaga kelishi mumkin qachonki insonlar bilan muloqotda bolganimizda yuzaga 
keladi. Tadqiqotchi Mo‘minov S.M. shunday deydi: “Muloqot inson psixologiyasi 
va fiziologiyasi bilan chambarchas bog‘liq hodisadir. Chunki har qanday nutq 
tafakkur bilan, tafakkur esa ruhiyat bilan bog‘liqdir. Tanani ruh boshqarib turadi. 
Demak, ruhga ta’sir etgan har qanday narsa tanaga ham ta’sir etadi. Bularning 
hammasi muloqotning psixofiziologik aspektini tashkil etadi”.[3,19-20] Biroq 
tilshunoslikdagi mavjud ayrim atamalarda hissiyot bilan insonlarga hos fazilat 
yaqin ekanligiga guvoh bo`lamiz. Shu sababli ularni talqin qilish jarayonida ularni 
bir biri bilan chalkashtirmaslik lozim, masalan inson ichki kechinmalari 
hisoblangan tushkunlik, vahimaga tushish, sevgi, quvonch, shodlik tuyg`ulardir 
Fazilat haqida o`zbek tilining izohli lug`atida shunday izoh berilgan fazilat- 
afzallik, ijobiy xislat; ezgu ish ma’nosini anglatadi. Shuningdek, ijobiy xislat, 
yaxshi xulq yoki xususiyatdir [1,318]. Shuning uchun hissiyot va xislat, ya’ni
insonga xos fazilatni chalkashtirmaslik lozim. Ayrim hollarda bu ikki
tushuncha bir-biri bilan juda yaqin ma’nolarni ifodalaydi. Ushbu holatlarni 
fransuz tili frazeologiyasi nuqtai nazardan kuzatilsa quyidagicha misollar keltirish 
mumkin. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish