RUHIY HOLATNI IFODALOVCHI SIFATLARNING YASALISHI
Suvonova N.N. (SamDCHTI f.f.n)
Qahharova N. (SamDChTI talabasi)
Otlarning va otlashgan so’zlarning belgisini ko’rsatib keladigan so‘z turkumi
sifat hisoblanadi. Sifatlar nafaqat, narsa va shaxsning shakli, rangi, xil-xususiyati,
ma’za-ta’mi, ular o’rtasidagi munosabatini ifodalash bilan birga, insonning
ruhiyati, ichki kechinmalarini ifodalashga ham xizmat qiladi. Aynan sifatning ana
shu xususiyati badiiy adabiyotda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, sifatlarni o’z
o’rnida qo’llay bilishimiz fikrimizni o’quvchiga tushunarli yetkazishimizga
yordam beradi. Buning uchun esa sifatning grammatik qoidalaridan xabardor
bo’lishimiz kerak.
Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar ham boshqa turdagi sifatlar kabi ikki rodga
ega va ular o’zi bilan birga qo’llanilayotgan otning rodiga qarab o’zgaradi.
Umumiy holatlarda sifatlarni jenskiy rodini yasash uchun uning mujskoy rodiga -e
unlisi qo’shiladi. Lekin ba’zi vaziyatlarda sifatlarni bu qoidaga bo’ysunmagan
holda jenskiy rodini xosil qilganligini ham uchratishimiz mumkin.
Jumladan, “-e” unlisi bilan tugaydigan ruhiyatni ifodalovchi sifatlar ikkala rod
uchun ham bir xil va jenskiy rodda o’zgarmaydi. Masalan: avide, timide,
pissimiste, triste, morose, sombre.
Agar sifat -é, -i, -u unlilari bilan tugasa jenskiy rodiga -e qo’shiladi :
passionné- passionnée, gai- gaie, inattendu- inattendue
Agar sifat -er ,-ier bilan tugaganda sifat -ère, -ière qo’shimchalarini oladi :
rancunier- rancuniére
1
Giuseppe Pittano, Frase fatta capo ha. Dizoinario dei modi di dire, proverbi e locuzioni, Zanichelli editore S.p.A.,
Bologna, 1992, стр 56
67
-eux qo’shimchasi bilan tugagan sifatlar -euse shakliga o’zgaradi : amoureux-
amoureuse, envieux- envieuse, honteux- honteuse, malheureux- malheureuse,
soucieux- soucieuse.
-f bilan tugaydigan ruhiyatni ifodalovchi sifatlarda jenskiy rodda –f, -v ga
o’zgaradi : agressif- agressive, craintif- craintive
Qolgan ko’pchilik his-tuyg’u va ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar umumiy
qoidaga ko’ra jenskiy rodda –e ni oladi.
Rod kategoriyasi bilan son katergorigasi sifatlarning muhim jihatlarida
hisoblanib, navbatda son kategoryasini ko‘rib chiqamiz. Asosiy qoidaga binoan
sifatlarning ko‘pligi birlik shakli oxiriga –s harfini qo’shish yo‘li bilan yasaladi:
Birlikda -s, -x harflari bilan tugaydigan sifatlar ko‘plikda o‘zgarmaydilar:
amoureux, furieux, coléreux, épris.
Ammo, bu sifatlar jenskiy roddagi va ko’plikda qo’llanilgan ot bilan
ishlatilganda -s qo’shimchasini oladi : amoureuses, furieuses, coléreuses, éprises.
Bir necha otlarga tegishli bo’lgan ruhiy holat sifatlari ko’plikda qo’yiladi:
a) agar otlarning ikkalasi ham mujskoy rodda bo’lsa, sifat mujskoy rod
ko’plikda qo’yiladi: Jake et Denis sont amoureux d’une fille.
b) agar otlarning ikkalasi ham jenskiy rodda bo’lsa, sifat jenskiy rod ko’plikda
qo’yiladi: elle et son amie sont découragées parce que elles ont raté l’examen.
d) agar otlarning ikkalasi ham turli rodlarda bo’lsa, sifat mujskoy rod
ko’plikda qo’yiladi: les filles et les garҫons sont impressionnés de cette nouvelle.
Yasalishiga ko’ra ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar uch guruhga ajraladi.
1)Tub asosli sifatlar (adjectifs simples ) épris, hostile, heureux, joyeux
2)Yasama sifatlar (adjectifs derives) malheureux, inconsolable, déconcertant
3) Ot yoki sifatdosh ham matnda sifat vazifasini bajarishi mumkin va ular
sifat o’rnida qo’llanilganda yasama sifatlar qatoriga kiradi (adjectifs obtenus par
conversion d’un participe) horrifié, déstablisié, émerveillé.
Yasama sifatlar old va orqa qo’shimchalar yordamida yasaladi va bu jarayon
suffixation va préfixation deb ataladi. Orqa qo’shimchalar yordamida (par
suffixation) quyidagi so’z turkumlaridan sifat yasalishini ko’rishimiz mumkin.
Ruhiy holatni bildiruvchi sifatlar asosan ot va fe’l so’z turkumlaridan
yasaladi. -eux qo’shimchasi bilan ot so’z turkumidan sifat yasaladi: amour-
amoureux, haine-haineux, joie- joyeux, peur-peureux, souci- soucieux, honte-
honteux, furie- furieux(heureux va anxieux sifatlari yasama sifatlar emas).
-ant qo’shimchasi bilan fe’ldan sifat yasaladi: repousser-repoussant, terrifier-
terrifiant. effrayé- effrayant.
-mal, -in, - dé old qo’shimchalari yordamida sifatdan sifat yasaladi:
malheureux, inconsolable, déconcertant.
-é qo’shimchasi yordamida otdan ruhiy holatni ifodalashda xizmat qiladigan
sifatlar yasaladi va n dubllashadi: passion-passionné, impression- impressionné.
-exaspéré, épouvanté, horrifié, déstablisié, émerveillé, chagriné kabi fe’lning
o’tgan zamon sifatdosh shakli (participe passé) sifat o’rnida kelib sifat vazifasini
bajaradi. Bu sifatlar ham sifatning boshqa turdagi guruhlari kabi darajalanadi.
Masalan:
Une fille plus hontuese que les autres filles.
68
Ce garҫon plus émerveillé de ce films.
Lekin, bir ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar boshqa bir ruhiy holatni
ifodalovchi sifatning ortirma darajasini hech qanday qo’shimchalarsiz ifodalashi
mumkin :
Triste, découragé(ée), chagriné(ée).
étonnant(ante), ébahi(ie), émerveillé(ée)
inquiet(ète), préoccupé(ée), soucieux(euse)-
Bu albatta yana sifatlarning semantik xususiyatiga borib taqaladi. Bu sifatlarni
umuman darajalanmaydi degani emas, masalan, triste sifatini navbatdagi ikki sifat
uning yuqori darajasini ifodalasada ularning o’zlari ham darajalanishi
mumkin.Xulosa qilib aytganda,inson ruhiy holatini ifodalovchi sifatlarning
grammatik jihatdan to’g’ri qo’llay bilish nutqni ravon va chiroyli bo’lishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |