Adabiyotlar
1. Бахронова Д. Хорижий матнлар таржимасида адекватликка эришиш
масалалари. Toshkent, 2018.
2. Аbdullayev K.A.Oltiyev T.J.Xolmatova Sh.Z. Ispancha –o‘zbekcha lug‘at.
Toshkent, 2014.
2. Alas Leopoldo, Treinta relatos, ed. C. Richmond, Madrid, Espasa Calpe,
1983.
3. Aldecoa Ignacio, El fulgor y la sangre, Barcelona, 1976.
4. Alonso Dámaso, Hijos de la ira, Madrid, 1944.
5. http://www.mansioningles.com/vocabulario06.htm
ISPAN TILIDA GAPIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA
GRAMMATIKANING O’RNI HAQIDA
Davurov H.Sh. (SamDCHTI ilmiy rahbar)
Musaev U.(SamDCHTI talaba)
Ispan tilida gapirishni imkon qadar muloqot orqali o’rganishga harakat qilish
kerak. To’g’ri, ispan tilida gaplashish mumkin bo’lgan sherik topish har doim ham
oson bo’lavermasligi mumkin, ammo izlangan kishi har doim imkon topishini
unutmaslik ham lozim. Balki ispan tilida gaplashishni o’rganish ishtiyoqida
168
bo’lgan tanishlari, o’rtoqlari bo’lishi mumkin. Internet orqali xorijlik do’stlar bilan
ispan tilida yozma suhbat qurish mumkin. Balki xorijdagilarga telefon qilish orqali
ular bilan suhbatlashish imkoniyati bo’ladi. Qaysi usulda bo’lmasin, ispan tilida
gapirishni gapirish orqali o’rganishga harakat qilib borilsa maqsadga muмvofiq
bo’lar edi.
Ispan tilida erkin og’zaki muloqotga kirisha boshlanarkan, tilda
gapirayotganda grammatika muloqotdan keyingi ikkinchi o’rinda turishini
unutmaslik kerak. Ispan tilida gaplashganda o’rganuvchi muloqot qilishi kerak
bo’ladi, grammatik jihatdan to’g’ri gaplarni ishlatish esa ikkinchi darajali
muhimlikka ega bo’ladi. Misol uchun, ispan tilini ona tili sifatida gaplashadigan
lotin amerikalik, ispaniyalik, yoki fillipinlik kishiga “Ayer fui de fiesta en la
playa” deyilsa, u sizning nima demoqchi ekanligingizni tushunib oladi. Bu gap
grammatik jihatdan xato, ammo nima farqi bor? Muhimi muloqot! Muhimi, so’z
grammatikasi xato bo’lgan bo’lsa ham, suhbatdosh nima demoqchi ekanligini
tushunib oldi. Bunday grammatika xatoga yo’l qo’yish “Ayer yo …” degandan
keyin butunlay jim bo’lib to’xtab qolishdan yaxshiroq. “Ayer yo…” deganingizdan
keyin qaysi fe’lni qaysi zamonda, qanday grammatik qoidaga asoslanib
ishlatishingiz kerakligi haqida o’ylash ispan tilida muloqot qilishida jiddiy
muammolarni yuzaga keltiradi. Shunday ekan, grammatikadan havotir olmasdan,
ispan tilida gapirishga e’tibor qaratish lozim.
Ispan tilida gapirganda sekin tezlikda gapirishga harakat qilib boriladi. Tezlik
bilan gapirish ispan tilida yaxshi gapira olishini anglatmaydi. Ispan tilida sekin
gapirishga harakat qilishning ikkita foydali jihati bor:
1.
Gapirayotganda navbatdagi o’rinda nima demoqchi ekanligingizni
o’ylab olish uchun yetarlicha vaqtga ega bo’lasiz;
2.
Sekin gapirilganda talaffuzingiz aniq bo’ladi va tinglovchi nutqingizni
osonlik bilan tushuna oladi.
Ispan tilida tezlik bilan gapirish ko’nikmasiga kelsak, bu ko’nikma vaqt
o’tgan sari tinimsiz mashg’ulotlar va o’z ustida ko’proq ishlash bilan tabiiy
ravishda shakllanadi.
Fikrlash va o’ylash jarayonida har bir kishi o’zi bilmagan holda, ichidan
o’ziga-o’zi gapiradi. Bu tabiiy hol. Hammamiz shunday qilamiz. Ispan tilida
gapirish ko’nikmani rivojlantirish uchun shu ichki o’z-o’ziga gapirish jarayonini
to’liq ispan tiliga o’tkazishga harakat qilinadi. Siz shu vaqtga qadar o’zbek tilida
o’ylab kelgan kishi, shuning uchun ispan tilida o’ylashga ko’nikish bir oz qiyin
bo’lishi va vaqt talab qilishi mumkin. Shoshilmaslik kerakki, o’zingizda Ispan
tilida fikrlash, o’ylash odati shakllantirib boriladi.
Ispan tilida gapirish jarayonida aytmoqchi bo’lgan gap uchun mos so’z topa
olmay qolinsa, o’rganuvchi o’zini yo’qotib qo’ymasligi va eslashga urinayotgan
so’zingizning ma’nodoshini aytishga, yoki shu so’zga ta’rif berib o’tishga harakat
qilishi kerak. Bunday qobiliyatga ega bo’lish uchun, albatta, so’z boyligi yaxshi
shakllangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, agar aytmoqchi bo’layotgan so’zini
eslay olmasangiz, ma’nodosh so’zni ham topa olmasangiz, hech ikkilanmay
suhbatdoshdan bu so’zning aytilishini so’rash mumkin. Quyidagi misolda
keltirilganidek:
169
- "¿Cómo es tu hermana?"
- "Ella es muy alta, y ... um ... ella es ... ¿qué es lo contrario de" gordo "?"
- "¿Delgado?"
- "¡Sí! Ella es alta y delgada."
Bilmay turgan so’zni so’rab olib, suhbatni davom ettirib ketish butunlay jim
bo’lib qolishga nisbatan ancha yaxshiroq yechim hisoblanadi.
Ispan tilida gapirishni o’rganish jarayonida o’zingizni erkin tutish va
hayajonlanishsiz, butun e’tiborni gapirishga qaratish lozim. Gapirish jarayonida
xatolarga yo’l qo’yish tabiiy ekanligini tushunib olinadi. Hech kim xatolarsiz
o’rganmagan. Til o’rganuvchi ham gapirishni o’rganishda xatolarga yo’l qo’yadi.
Muhimi, bu xatolarda to’xtab qolmasdan, gapirishning yuqoriroq, keyingi
bosqichiga ko’tarilish va o’z ustida tinimsiz ishlash, ekanligini doim yodda tutish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |