Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


ISPAN TILIDA GAPIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA FONETIKANING



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/118
Sana23.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#142374
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Bog'liq
zamonaviy tilshunoslik va lingvodidaktikaning kommunikativ aspektlari

ISPAN TILIDA GAPIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA FONETIKANING 
O’RNI HAQIDA 
Davurov H.Sh.(SamDCHTI), 
Jiyanova G.(SamDCHTI talaba) 
Ispan tilida gapirishni o’rganish qiyin, hatto ispan tilini bir necha yillar 
davomida o’rgangan kishilar ham tilni gapirishga kelganda ancha qiynalishadi. 
Ispan tilini kirish xorijiy davlatlardagi imtihonlar testlaridan o’tish uchun, yoki 
gapirishdan boshqa sabablarga ko’ra o’rgangan kishilar til grammatikasini, 


166 
qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi mumkin. Ammo bunday o’rganuvchilar 
uchun ispan tilida gapirish ko’pincha oson kechmaydi. Ushbu maqolada qanday 
qilib ispan tilida ma’lum darajadagi bilimga ega bo’lgan holda tez va ifodali 
gapirish ko’nikmasini rivojlantirish haqida yozmoqchiman. Fikrimcha, ispan tili 
grammatikasidan 
xabardor 
bo’lgan, 
ammo 
gapirishga 
qiynaladigan 
o’rganuvchilarning ko’pchiligi ushbu sohada o’z ko’nikmalarini imkon qadar 
rivojlantirishni juda xohlashadi. 
Ispan tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun eng avval talaffuzga 
e’tibor berish kerak. Agar ispan tilidagi so’zlar va fe’l zamonlarini to’g’ri talaffuz 
qila olmasa, nutq boshqalar uchun tushunarsiz bo’lib qolishi mumkin. So’z 
boyligimizda mavjud bo’lgan barcha ispan tilidagi so’z va iboralarining to’g’ri 
talaffuzini birma-bir tekshirib, o’rganib chiqishi kerak bo’ladi. So’zlarning to’g’ri 
talaffuzini o’rganish uchun ispan tili fonetikasini to’liq o’zlashtirish shart emas. 
Alohida so’zlarning qanday talaffuz qilishinishini bilish uchun lug’atlarda 
beriladigan so’zlarning transkripsiyasini o’rganib chiqishimiz yetarli bo’lishi 
mumkin. Bundan tashqari bugungi kunda internet orqali ispan tilidagi barcha 
so’zlarning to’g’ri talaffuzini eshitish orqali o’rganib olish mumkin. Misol 
uchun, www.mansioningles.com  saytiga kirib, istalgan ispan tilidagi so’zni 
qidirish va so’z ma’nosi bilan bir qatorda so’zning to’g’ri talaffuzini eshitish 
imkonini beruvchi kichik eshitish belgisi ham ko’rinadi. Bu orqali ispan tilidagi 
barcha so’zlarning to’g’ri talaffuzini o’rganib olishimiz mumkin. 
Ispan tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan yana bir 
mashg’ulot – bu ispan tilidagi nutqni tinglash. Nuqt shaklining qanday bo’lishi 
ahamiyatsiz – dialog, monolog, qo’shiq, she’r, hikoya, kinofilmdan olingan audio 
nutq. Muhimi, nutq sof ispan tilida bo’lishi kerak. Ko’pincha o’rganuvchilar ispan 
tilida gapirishni o’rganish uchun ko’proq o’qish kerakligi haqida bosh qotirishadi. 
Ispan tilidagi matnlarni, kitob va jurnallarni o’qish so’z boyligingizni oshirishda 
yordam berib, gapirish ko’nikmasining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir 
qilishi mumkin. Lekin hech bir boshqa mashg’ulot gapirish ko’nikmalarni 
rivojlantirishga tinglashdek yaxshi ta’sir ko’rsata olmaydi. Shunday ekan, 
gapirishni xohlagan kishi kitoblarni chetga surib qo’yib ispan tilidagi nutqni 
ko’proq tinglash , ispan tilida filmlar ko’rish, qo’shiq, dialog va monologlarni 
tinglash kerak. Tinglash orqali so’z boyligini oshirish bilan bir qatorda, 
so’zlarning to’g’ri talaffuzini ham o’rganiladi. Misol uchun, men 3 bosqich 
talabalariga ispan tilidagi “Tres metros sobre el cielo” filmini ko’rsatish orqali 
tilga ko’nikmani shakllantiraman. Boshqa bosqich talabalariga esa nisbatan 
osonroq filmlar tavsiya etiladi. 
Ispan tilidagi matnlarni ovoz chiqargan holda o’qish kerak. Kimgadir ispan 
tilida hikoya o’qib berish va kitoblarda berilgan ispan tilidagi she’rlarni ifodali 
o’qishga harakat qilib borish tavsiya etiladi. Umuman, ispan tilida gapirishni 
o’rganish uchun kitobni shunchaki o’qish bilan cheklanib qolmasdan, o’qish 
jarayonida nutqni ham ishga solmoq kerak. Ispan tilida gapirish jarayonida asosan 
ikki turdagi qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin: 

Aqliy qiyinchilik: qaysi so’z yoki iborani aytishni o’ylab qolish;


167 

Jismoniy qiyinchilik: so’zlarni va fe’l zamonlarini shaxslarga qo’yib to’g’ri
talaffuz qilish. 
Matnlarni ovoz chiqarib o’qish ikkinchi turdagi qiyinchilikni birinchi turdagi 
qiyinchilik haqida o’ylamagan holda yengib o’tishda yordam beradi. Har bir 
matnni ikki marta o’qishni tavsiya etiladi. Birinchi marta o’qishda sekinlik bilan 
o’qish va so’zlarning to’g’ri talaffuz qilinishiga ahamiyat berish lozim. Bu 
jarayondan talaffuz qilinishi qiyin tuyulgan so’zlarni alohida belgilab ketish ham 
mumkin. Ikkinchi marta o’qishda esa matnni tabiiy tezlikda, huddi 
gapirayotgandek o’qishga, shu bilan bir qatorda so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga 
harakat qilib boriladi. 
Alohida so’zlarni emas, iboralarni yodlashga harakat qilmoq kerak. Har bir 
yodlanayotgan yangi iboralar ishtirokida kamida 10 ta gap tuzish va ularni qayta-
qayta o’qish orqali yodlanayotgan iboraning har birini eslab qolishga harakat 
qilinadi. Masalan, “trabajar” so’zi ishtirokidagi iboralarni o’rganmoqchimiz. Mana 
bunday gaplar tuzishimiz mumkin: 
1. Ayer estuve en el trabajo. – Kecha ishda edim.
2. ¿Tienes que trabajar? – Ishlashingiz shartmi?
3. Está sin trabajo. – U ishsiz.
4. Lo resolveremos. – Biz buni hal qilamiz.
5. Tengo mucha tarea. – Mening uyga vazifalarim ko’p.
6. Ella está haciendo las tareas domésticas. – U uy ishlarini qilayapti.
Bu tarzda yodlash iboralarni tabiiy gap muhitida ishlatish imkonini beradi va 
shu tariqa ularni tezlik bilan eslab qolsa bo’ladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish