494
talab etadi.. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining an’anaviy pedagogik
fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashga
xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratishi, shuningdek,
mavjud pedagogik
muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi bugungi kunda maktabgacha
ta`lim sohasida amal qilinayotgan “Ilk qadam” Davlat dasturi talablarini bajarishida
qo‘l keladi.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim Davlat dasturida bolaning rivojlanish
kompitensiyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Bu kompetensiyalarni shakllantirish
uchun birinchi navbatda tarbiyachining o‘zi o‘z ustida ishlalashi va qobiliyatini
rivojlantirishi lozim. Tarbiyachining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh
avlodni odobli, ahloqli
qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi
muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa tarbiyachining xilma-xil
faoliyatiga bog‘liq: Buning uchun u o‘zida quyidagi ko‘nikmalarni kamol toptirishi
zarur bo‘ladi:
1.
Foydali fikrlash – mashg‘ulotlarni bevosina o‘yin mashg‘ulotlari asosida
tashkil etishi, mashg‘ulotlarda bolalarga o‘z yosh xususiyatlariga mos muammolarni
qo‘ya bilishi . Masalan, “nutq o‘stirish” mashg‘ulotlarida A.S.Pushkinning “Baliqchi
va baliq hakida ertak” ertagi bilan tanishish jarayonida “Mening oltin balig‘im
bo‘lganda, men.“, muammosini qo‘yish bolalarni mashg‘ulotga
qiziqishni ortirish
bilan birga ularning orzularini, kerak bo‘lsa ular xarakterlarini o‘rganishga yordam
beradi.
2. Tarbiyachi bolalar o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlarda o‘z ehtiyojlari va
hislari to‘g‘risida tengdoshlariga, boshqa shaxslarga xabar berish. Bunday paytda
verbal, noverbal kommunikatsiyadan o‘rinli foydalanish, fikrlarini tartibli va izchil
bayon etish ko‘nikmalarini tarbiyalashda tarbiyachi namunasi muhim bo‘ladi. Chunki
maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalarda taqlidchilik kuchli.
Shuni inobatga
olgan holda tarbiyachining o‘zi o‘z nutqiga e’tiborli bo‘lishi lozim.
3. Bolalarni bilishga ishtiyoqini oshirish maqsadida turli hayoliy bashoratlarni
yoki tarixga sayohatlarni amalga oshirish yo‘llarni topa bilishi zarur, masalan, katta
guruh bolalarining o‘z orzularini bashorat qilishga imkon beruvchi “Nima bo‘lardi,
495
agarda. . “mazmunida murojat qilish. Bu esa tarbiyachiga bolalarni yaqindan
o‘rganishga imkon beradi.
MTTlardagi tarbiyachining faoliyati bevosita o‘yin bilan bog‘liq.
Yana bir
narsani alohida ta’kidlash lozimki, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi boolalarda
birinchi bo‘lishga, guruhda yetakchilikka intilish tuyg‘usi kuchli bo‘ladi. Shularni
inobatga oladigan bo‘lsak, bolalar bilan birgalikda har oyning oxirida
mashg‘ulotlarning yakuni sifatida “Mening yulduzli onlarim” tanlovini tashkil etib
o‘tkazish ham uning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini va ijodkorlik qobiliyatini
oshirishga xizmat qiladi.
Bunday mavzudagi tanlovlarni turli yo‘nalishlar asosida tashkil etish mumkin.
Bu tanlovlar bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Chunki bolalarda g‘oliblikka, birinchi
bo‘lishga intilish juda kuchli bo‘ladi. Shuning uchun bolalar bunday tanlovlarda zo‘r
qiziqish bilan ishtirok etadilar.
Shu o‘rinda yana bir narsaga e’tibor
qaratish lozimki, tarbiyachi bunday
tanlovlarda ota-onalarning ishtirokiga erishsa yana ham yaxshi bo‘ladi. Bolasining
intilish va iqtidorini ko‘rgan ota-onalar uyda bolalari bilan shug‘ullanib, ularning
qobiliyat va iqtidorlarini oshirishga ko‘maklashadilar. Shuningdek MTTga ota-
onalarni faqatgina turli yig‘ilishlarga chaqirmasdan ularni
bolalarining iqtidori va
qobiliyatini ko‘rishga, bolalar bilan birga tanlovlarda ishtirok etishga chorlash ular
uchun yangilik bo‘ladi.
MTT metodistlari va tarbiyachilarining tashabbuskorligi va ijodkorligi samarasi
sifatida tayyorlov guruhlarda har uch oyda bir marta “
Do'stlaringiz bilan baham: