496
3. Mohir qo‘llar tanlovi
. (Bunda bolalar qo‘l ishi bajaradilar.
Plastilindan
haykalchalar yasaydilar, applikatsiyalar yaratadilar, ikkilamchi mahsulotlardan:
gugurt qutilaridan, turli boshqa qutilardan foydalanib buyumlar yasaydilar, donlarni
qog‘ozga kleylash yordamida biror shaklni yaratadilar)
4. Kim chaqqon?
Musobaqasida mozaikalardan
shakllar yasaydilar, kubik-
rubikni terish ishini bajaradilar, legolar yordamida uy yoki boshqa narsalarni
yasashlari mumkin..
5. Topishmoqlarga javob topadilar
.
6. Tez aytish aytadilar yoki syujetli matn yaratadilar.
Ma’lumki,
ota-onalarning
ba’zilari
MTTdagi
bolasining
nimalarni
o‘rganayotgani, nimalarga qobiliyati borligini biladi va bu borada bolaning
tarbiyachisi bilan hamkorlikda ish olib borishadi. Bolasiga alohida vaqt ajratib u bilan
shug‘ullanadi, turli to‘garaklarga olib borishadi. MTTga ham tez-tez kelib bolasining
ta’lim-tarbiyasi bilan qiziqadi. Ammo ayrim ota-onalar
bolasining taqdiri bilan
qiziqmaydi, ishlashini, MTTga kelish uchun ishdan ruxsat ololmasligini bahona
qilishadi.. Bolaga ta’lim-tarbiya berish MTTning vazifasi deb qarashadi.
Bular quyidagi ko‘rinishdagi savollar bo‘ldi.
Bolangiz qaysi rangni yaxshi ko‘radi?
Bolangizni sevimli multfilm qahramonini bilasizmi?
Bolangizga oxirgi marta
qachon ertak yoki hikoya aytib, o‘qib berdingiz?
Bolangiz qaysi qo‘shiqni yoqtiradi?
Bolangizni sevimli mashg‘uloiti nima?
Bolangiz bilan oxirgi marta qachon sayr qilgansiz?
Ota-onalar bu savollarga javob berayotgan bir paytda boshqa xonada bolalari ham
ota-onalari haqidagi savollarga javob berishadi.
Dadanigiz sizni qanday erkalatadi?
Onangizni sevimli mashg‘ulotni bilasizmi?
Dadangiz yoki oyingizni yoqtirgan rangini bilasizmi?
Dadangiz yoki onagiz bilan qachon tabiat qo‘ynida sayr qilgansiz?
Dadangiz yoki oyingiz sizga qachon o‘quv qurollarini sovg‘a qilgan?
497
Shundan keyin ota-onalar bolalari bilan birgalikda biror mavzuda, masalan,
“O‘lkamizda bahor” mavzusida rasm chizishadi. Ota-ona va bolalrning chizgan
rasmlari MTT ota-onalar ko‘mitasi tomonidan baholandi.
“Ota-onamga syurpriz” deb nomlangan dasturda bolalar ota-onalariga o‘z
qo‘llari
bilan buyumlarini, rasmlarini,syujetli aplikatsiyalarin taqdim etishfdi.
Umuman olgan bunday tadbirdarda bolalar o‘rtasida turli fan asoslaridan
musobaqalar o‘tkazilsa ham bo‘ladi.
Bu MTT ma’muriyati va tarbiyachilarning ijodkorligiga bog‘liqdir.
“Har birimizga bitta gul yoki daraxt” aksiyasida bolalar ota-onalari bilan gul va
daraxt ko‘chatlarini ekishadi.
To‘gri, bunday noodatiy tadbirlarga dastlab
ota-onalar kam kelishi mumkin,
ammo ota-onasi bilan MTTda turli tadbirlarda qatnashgan bolalarning tassurotlarini
eshitgan boshqa bolalar keyingi aksiyaga albatta ota-onalarini kelishini hoxlashadi.
Buni trabiyachi ota-onalarga tushuntirishi lozim.
Xullas , MTT tarbiyachisining ijodkorligi,topqirligi bola rivojlanishigagina emas,
balki ota-onalarning bolalari bilan ishlashlariga ham o‘zining ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: