429
Texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini rivojlantirish, balki maktabgacha har
tomonlama sifatli bo‘lishini ta’minlashda ham qo‘l keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida atrofdagi olam bilan tanishtirish
mashg‘ulotlari quyidagi zamonaviy texnologiyalar asosida
tashkil etilishi maqsadga
muvofiq.
Sand-Art texnologiyasi (qumda rasm chizish) texnologiyasi bolalarda xotira,
diqqat va fazoviy tasavvurning rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar atrof olamni
ijodiy idrok qilishi va o‘z tasavvurini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratadi.
Mazkur texnologiyaning afzalligi shundaki, bolalarda ijodiy faoliyat oson kechadi,
qumdagi har qanday manipulyativ harakatlar badiiy ijodiy natijalar hisoblanadi,
masalan, qumdagi kaftlarning izi relyef-avtografni ifodalaydi,
oynali stolga qumni
sochish gullar tasvirini paydo qiladi. Qumdan foydalanish, turli darajada ishlash
imkoniyatini yaratadi, sensor harakatlardan boshlab, to tahlil qilish jarayonigacha
bajariladi. Qumda rasm chizishning muhim xususiyati shundan iboratki,
chizilgan
tasvirlarni ifodalash, qumdagi animatsiyalarni jonlantirish, kutilmagan tasvirlarni
keyingi tasvirga o‘tgunicha uni yana o‘zgartirish mumkin. Qo‘lning barcha barmoqlari
ishtirok etadi, teri tuyish sezgisi rivojlanadi, integrativ yondashuv amalga oshiriladi.
Qumda chizish uchun tishi uchburchak, turtburchak, doira va kvadrat shakldagi
haskash, mo‘yqalam,
trafaret, tayoqchalardan foydalaniladi. Bolalarning yosh
xususiyatlariga tayangan holda jihozlar tanlanadi. Sand-Art texnologiyasi orqali
bolalar kaft va barmoqlari bilan uy-ro‘zg‘or buyumi, transport vositalari, bayroqchalar,
harf va raqamlarni chizadi.
“Bizning ko‘cha” mavzusi doirasida tayyorlov guruhi bolalari qum bilan yakka
tartibda va kichik guruhlarda ishladi. Makur texnologiya ko‘p tarmoqli bo‘lib,
bolalarga ta’lim berish, tarbiyalash, bir vaqtning o‘zida diagnostik, rivojlantiruvchi va
korreksion vazifalarni bajarishni ta’minlaydi. Natijada, bolalarda mantiqiy tafakkur,
bilishga qiziqish, xotira va diqqat rivojlanishiga erishiladi. Ayniqsa, o‘ziga ishonchi
past bo‘lgan bolalar xato qilishdan qo‘rqmaydi, o‘zining ichki olamini ifodalash,
fantaziya qilishga imkon yaratadi. Bolalarning yosh
xususiyatlaridan kelib chiqib,
topshiriqlar berildi. Bolalar chizgan rasmiga oid she’rlar aytdi.
430
5-7 yosh bolalar esa qumda ertak va hikoyalar “to‘qidi”. Intellektual
rivojlanishda qiynalayotgan bolalar bilan Sand-Art texnologiyasidan foydalanganda
dastlab faqat qum bilan tanishtirish va uni badiiy tavsirlarda ishlatish mumkinligi
haqida so‘zlab berildi. Bolalar istagiga ko‘ra qumni oynali stol ustiga sepish yoki yoyib
tashlash topshirig‘i berildi. Asta-sekin qumdan turli shakl va rasmlar chizish taklif
qilindi. Mashg‘ulot yakunida bolalarning hissiy holati, asab tizimi tinchlandi, ham
ijobiy tomonga o‘zgardi. Ushbu texnologiya ijodiy-izlanuvchanlik
faoliyati uchun
qulay vaziyat yaratdi.
“Kvest-o‘yin” texnologiyasi bolalarda motivatsiyani oshiradi. Kvest-o‘yin
faoliyatga qiziqish uyg‘otadi, atrof olam haqidagi yangi ma’lumot va ko‘nikmalar,
bilimlarni yanada oshiradi. Bolalar o‘yin orqali o‘zining shaxsiy imkoniyatini
anglashni o‘rganadi, tashabbus ko‘rsatadi va ongli ravishda xulosa chiqaradi.
Kvest-o‘yinlar bolalarni o‘rtoqlari va kattalar bilan muloqot qilish, yetakchi
rolini o‘ynash, nizoli vaziyatlardan chiqishga undaydi, eng muhimi, bolaning nutqi
rivojlanadi[3]. Kvest-texnologiya bir qator xususiyatlarga ega bo‘lib, ta’limiy vazifalar
o‘yin faoliyati orqali bajariladi hamda izlanuvchanlik ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Bolalar o‘z bilimini ifodalashi uchun yangi o‘qitish vositalaridan foydalanish imkoniga
ega bo‘ladi. Davlat talabining barcha sohalari bo‘yicha rivojlanishi ta’minlanadi.
Bolalarda ijobiy kayfiyat paydo bo‘ladi, o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarganligi
uchun ijtimoiy-kommunikativ ko‘nikmalar rivojlanadi, yakka tartibda emas, jamoada
ishlashga
harakat qiladi, o‘zaro bir-biriga yordam ko‘rsatadi, muammoli vaziyatlar
tadqiqotchilik faoliyati bilan hal qilinadi, bola ziyraklik va dadillikka o‘rganadi.
Tadqiqot davrida o‘tkazilgan kvest-o‘yinlar bolalarda muloqotchanlik, izlanuvchanlik,
harakat, tasviriy faoliyat, musiqiy hamda badiiy idrok kabilarni rivojlantirdi.
Kvest-o‘yinlar uch bosqichda amalga oshirildi.
1-bosqich. Kvest o‘yin uchun jihozlar, o‘quv materiali va shart-sharoit
tayyorlandi.
2-bosqich. Kvest ssenariysi va rejasi ishlab chiqildi.
3-bosqich. Bolalar mavzu mohiyati bilan tanishtirildi.
Kvest-o‘yinlar o‘tkazishda quyidagi asosiy mezonlarga tayanildi:
431
o‘yin ishtirokchilar uchun xavfsizligi;
mantiqiyligi;
noyobligi;
maqsadga yo‘nalganligi;
aniq bir syujetga rioya qilinishi;
o‘yin o‘ynash muhiti yaratilishi.
O‘yin faoliyatida bolalarda bir vaqtning o‘zida
intellekt, jismoniy qobiliyat,
hayol va ijodkorlik namoyon bo‘ladi. O‘yin ishtirokchlari o‘zaro kelishuv, majburiyat
va vazifalarni taqsimlash, birga harakat qilish, bir-biri uchun qayg‘urish, o‘zaro
yordam ko‘rsatish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Ushbu texnologiya nafaqat
bolalarning o‘zaro, balki ota-ona va bola munosabatlarini ham mustahkamlaydi. Ota-
onalar ham faol ishtirok etadi, MTT va oilaning o‘zaro hamkorlikdagi munosabati
shakllanadi. Kvest-o‘yinlar bolalarni o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zini rivojlantirishga
yo‘naltiradi, ijodiy, jismonan sog‘lom va o‘z shaxsiy pozitsiyasiga ega bola shaxsini
shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida muammoli,
hamkorlikdagi, dasturli, blok-modulli, shaxsga
yo‘naltirilgan, o‘yinli va boshqa texnologiyalar keng qo‘llab kelinmoqda. Har qanday
ta’lim texnologiyasi uzluksiz ta’limning qaysi bo‘g‘inida qo‘llanmasin, uning
markazida bola shaxsi va uning qiziqishlari, imkoniyatlari ko‘zda tutilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: