Adabiyotlar:
1. Abdurahimova D. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalalarni ahloqiy
tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish: Ped.fan.nom. ... diss. avtoref. - T.:
1998.- 18 b.
2. Azizova Z. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo’g’irchoq teatri vositasida
ahloqiy-estetik sifatlarini shakllantirish. - T., 2010. - 90 b.
3. Boboyev H., Hasanov S. «Avesto» ma'naviyatimiz sarchashmasi. -T.: Adolat, 2001.-
157 b.
4. Yo’ldoshev I., To’rayev S., Kornilov M., Xodjayev B. «Diniy bag’rikenglik
madaniyati» maxsus kurs dasturi. - T., 2009. - 30 b.
5. Kornilova G.O. Maktabgacha yoshdagi (5-6 yosh) bolalarga ekologik tarbiya
berishda xalq topishmoqlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari /Ped. fan.
nomz. ... dis. avtoreferati. - T., O’zPFITI, 2005. - 22 b.
422
6. Milliy urf-odat, marosim va an'analaming shaxs ma'naviy kamolotidagi o’mi
//Nazariy-seminar materiallari. - T.: Oliy va o’rta maxsus maktab muammolari instituti,
1999. - 92 b.
7. Muxsiyeva A.SH. Oilada milliy tarbiya jarayonining metodik asoslari: Pedagogika
fanlari nomzodi. ...diss. - T., 2005. - 147 b.
BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM OLISHIGA TAYYORLIGINI
TASHXISLASHGA YANGICHA YONDASHUV
Hasanova Irodahon Najmiddin qizi
NamDu maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Maktabning bola shaxsiga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri psixologik
tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeining
o‘zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi
bilan uzviy bog‘liq. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik
doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning
tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir.
Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi haqida gapirilganda uning so‘z
boyligi zahirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi.
Maktabgacha ta’lim mazmuni va metodlari bola shahsining shakllanishi, uni, mustaqil
shaxs sifatida tan olinishi jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etiladi.Maktabgacha
davr, bu-bolada motivatsiya, o’z-o’zini hamoyon va tadbiq eta olish, barpo qilish,
nimanidir bajarish xohish-istagi, intilashi rivojlanadigan davr.Unda bola shaxs
sifatida shakllanishi poydevor yaratiladi.Aynan maktabgacha davrda bolaning
kelajakdagi barcha faoliyat turlari va umuman, hayotda muvofaqiyatli bo’lishiga
yordam beruvchi umuinsoniy xislatlar shakllanadi. Bolaning maktabgacha ta’lim
tashkilotida egallagan bilimi, malaka va ko’nikmalari uning ertangi maktab ta’limidagi
muvaffaqiyati uchun zamin yaratadi. Maktabgacha ta’limda bolaga beriladigan bilim
va tushunchalar, jumladan, o’quv ko’nikmalarini shakllantirish bolaning aqliy
qobilyatlarini rivojlantirish,kelgusida maktab ta’limida qiyinchiliklarni engib o’tishga
xizmat qiladi. ko‘p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Maktabda
amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish,
423
tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining
yetarlicha rivojlangan bo‘lishini takozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda
maktab amaliyotchi-psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish
jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, surovnomalar,
asosan bolada yuqorida keltirib utilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini
aniqlashga muljallangan metodikalardan iboratdir. Aslida esa unday emas, fan-texnika,
ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go‘yo
ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek bo‘lmoqdalar. Bu esa ulardagi so‘z
boyliklarining keskin o‘sishiga asos bo‘lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri ham
shunday jadallikda rivojlanyapti, degan gap emas. 5-7 yosh bolaning maktabga
intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu ulardagi
obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir.
Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-hodisalar o‘rtasidagi eng
muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu
urinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ulardan
muvaffaqiyatli foydalana oladigan bo‘ladilar. Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish
xislatlariga ega bo‘la borsa-da, predmetlar va ularning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar
bilan aniq xatti-harakati obrazliligicha qolaveradi.
Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat
turi bo‘ladigan o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bo‘lishi lozim. Bunda bolada ma’lum
bir tegishli malakalarning shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday
malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi va
faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Ayrim ota-onalarda maktabgacha
yosh davridagi bolani maktab bilan qo‘rqitish hollari ham kuzatiladi.Bu bolada qanday
nohush vaziyatlarni keltirib chiqaradi deb o’ylaysiz
?
5-7 yoshli bolaning maktabga
borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan
xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani
maktab bilan qo‘rqitish hollari ham kuzatiladi. Ikkita gapni eplab gapira olmasang,
maktabda qanday o‘qiysan?”, “Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?”,
“Maktabga borsang, o‘rtoqlaring bu qilig‘ingdan kulishadi!” “Hech narsani bilmaysan,
424
maktabga borsang bizni uyaltirasan!” kabi ta’na-dashnomlar bolada maktabdan
qo‘rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Shunday qo‘rquv
bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda
o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat,
chidam, e’tibor zarur bo‘ladi Kattalarning bunday hulqni anglash evaziga bolalar ham
kattalarga, o‘qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon
qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bo`lsa,
unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu
esa, albatta, bola bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi Ota-onalar
har bir bola ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu
xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bo‘lishini yodda
tutishlari lozim.
Kern-Irasek uslubi bo‘yicha tashxis o‘tkazish.
Bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish 4
topshiriqdan
iborat
bo‘lib,
undan
ko‘zlangan
maqsad
ulardagi maktab uchun zarur bo‘lan faoliyatlari rivojidagi, jumladan, bosh miya
chanog‘ini analitik va sintetik vazifalari, motorikalaridagi yetishmovchilikni aniqlash.
Kern-Irasek metodi bo‘yicha bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligi darajasini
aniqlash alohida yoki 10-15 boladan iborat guruh bilan bir vaqtning o‘zida olib
borilishi mumkin.
«Grafik diktant» bolaning o‘quv topshiriqni qanday qabul qilishini, o‘quv
harakatlarini qanday bajara olishini aniqlashtiradi.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga
tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari
berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini
qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka
asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola
o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda
shoshirmaslik, uning qiziqishini so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan
o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25
daqiqadan oshmasligi lozim.
425
Do'stlaringiz bilan baham: |