Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar: 
1.
Evolutionary Cognitive Neuroscience / Edited by Steven M. Platek, Julian Paul 
Keenan, and Todd K. Shackelford./ The MIT Press. Cambridge, Massachusetts. 
London, England. 2007 Massachusetts Institute of Technology. –P. 3. 
2.
Gulyamov D., Mamatkulov D., Axmedova M., Umarova M., Abidjanova M. / 
Neyropedagoggika / Uslubiy qo’llanma. -Toshkent: TDPU, 2017. 
-160 b. 
3.
Tunkun Ya.A. Osnovi neyropedagogiki: istoriya, teoriya i praktika / J.: 
Kiberleninka, 73-2, -203. S.204. 
HALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI ORQALI BOLALAR NUTQINI 
RIVOJLANTIRISH 
 
Choriyeva Durdona Anvarovna 
TDPU “Maktabgacha ta`lim” 
 fakulteti 
PhD, 
v.v.b., dotsent

Rajabboyeva Gulchehra 
talaba
 
Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, ahloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, 
tasirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga 
ulkan ta’sir ko‘rsatadi. She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, 
insoniy his-tuyg‘ular va o‘zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. 


449 
Bu namunalar o‘z tasir kuchiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: hikoyalarda bolalar so‘zlarning 
lo‘ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o‘zbekcha nutqning musiqiyligini, 
ohangdorligini ilg‘aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini 
namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga 
qanchalik boyligini ko‘rsatadi. 
Bolalar badiiy ertaklar qahramonlariga qayg‘urishni o‘rganganlaridan so‘ng ular 
yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik 
his-tuyg‘ulari – birovning dardiga sherik bo‘lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka 
nisbatan qarshilik ko‘rsatish qobiliyati uyg‘ona boshlaydi. Bu prinsipiallik, halollik, 
haqiqiy fuqarolik hislari tarbiyalanadigan poydevordir. «His-tuyg‘ular bilimdan oldin 
keladi; kimki haqiqatni his qilmagan bo‘lsa, u uni tushunmagan va tanimagandir». 
Xalq – bolalarning betakror o‘qituvchisidir. Halq ertaklaridan boshqa hech qaysi 
ertaklarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib 
joylashtirilishini, jarangiga ko‘ra bir-biridan zo‘rg‘a farq qiladigan so‘zlarni hayron 
qolarli darajada yonma-yon terilishini uchratish qiyin. Beozor hazillar, nozik yumor, 
sanoq she’rlar – pedagogik ta’sir ko‘rsatishning samarali vositasi, dangasalik, 
qo‘rqoqlik, o‘jarlik, injiqlik, faqat o‘zini o‘ylash kabi xislatlarga qarshi yaxshigina 
«malhamdir». Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayvonot olamini, 
fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik 
ruhida tarbiyalangan bolalar o‘z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni 
himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o‘zlarining adolatparvarligini namoyon 
qiladilar [1]. 
Bolalar estetik, ayniqsa ahloqiy tasavvurlarni kattalarning (ota-onalar, 
pedagoglar) o‘qib chiqilgan ertaklar bo‘yicha nasihatnamo mulohazalaridan, 
tayyorlangan savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy ertaklardan olishlari 
lozim. O‘qib chiqilgan ertak bo‘yicha haddan tashqari ko‘p nasihat qilish katta, 
ko‘pincha esa tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazadi: mayda-chuyda savollar bilan «sochib 
tashlangan» ertak bolalar ko‘z o‘ngida o‘zining barcha jozibadorligini yo‘qotadi, 
oqibatda unga nisbatan bolalarning ham qiziqishi yo‘qoladi. Shuning uchun badiiy 
matning tarbiya imkoniyatlariga to‘liq tayanish zarur. Maktabgacha davrdagi har bir 


450 
yosh bosqichi o‘zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo‘yadi. Yosh o‘sib borishi 
bilan adabiy ertaklarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin 
murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she’r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. 
Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur. 
Besh-olti yoshli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari – bolalarning psixologik 
rivojlanishidagi ikkita bir-biriga qarama-qarshi tamoyillarning bir-biriga zid bo‘lgan 
uyg‘unligidan iborat. Bir tomondan – bolalar yuqori ijodiy saloxiyati bilan ajralib 
turadilar. Ikkinchi tomondan – olti-yetti yoshli bolalarning taqlidchilikka,
me’yoriylikka intilishi xammaga yaxshi ma’lum. Bola qoidalarni, harakat usullarini 
o‘zlashtirishga intiladi va u bunga qodirdir. Yuqori baholanadigan natijalarga erishish 
uchun unda obrazli stereotiplar oson shakllanadi va ular bolaga adabiy matnni talqin 
qilish hamda uni to‘g‘ri tushunish jarayonini osonlashtiradi. 
Badiiy adabiyotning quyidagi janrlari maqsadga muvofiqdir: folklorning kichik 
shakllari, she’riy ertaklar, hikoyalar, she’rlar. Ayni paytda bola uchun adabiy 
obrazlarning emotsional jozibadorligi quyidagi hollardagina ortadi: ya’ni, agarda 
badiiy mazmun uning qabul qilishi uchun imkon doirasida bo‘lsa; badiiy ertak yorqin 
va ifodali taqdim etilsa; bola badiiy matn mazmunini tashqi harakatlarda ifodalasa; 
badiiy ertak asosida o‘zi xam improvizatsiya qilsa. 
Pedаgogik ishlarni bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib borish 
lozim. 
Birinchisi badiiy ertakni yaxlit va tugallangan estetik obyekt sifatida qabul 
qilishni tashkil etish bilan bog‘liq. Bolalar aynan bir ertakga ko‘p marta duch keladilar, 
tarbiyachi uni takror o‘qiydi, mazkur ertakni sahnalashtirishni, diafilmlar va 
videofilmlar namoyishini tashkil etadi. Bolalar she’rni yoddan o‘qiydilar (yaxlit yoki 
qisman), bunda ular o‘qishning ifodaliligini saxnalashtirish elementlari bilan 
kuchaytiradilar. Guruhda bolalarga yoqib qolgan kitobdan bemalol foydalanish 
mumkin bo‘lgan sharoitni yaratish zarur. Bunda tarbiyachining o‘ziga qanday kitoblar 
yoqishini bolalarga haqqoniy bildirishi juda muhimdir. 
Ikkinchi yo‘nalish ayrim badiiy obrazlarni o‘zgartirish va bir nechta obrazlarni 
sintez qilish jarayonida bolalarda tasavvurni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar 


451 
yaratishni ko‘zda tutadi. Bu asalarni o‘xshashlik yoki qarama-qarshilik asosida 
guruhlash, obrazlarning ular faoliyatining turli ko‘rinishlarida rivojlantirish tufayli 
amalga oshirilishi mumkin. 
Illyustratsiya bolaga harakat rivojini kuzatib borish va matnni tushunish imkonini 
beruvchi asosiy tayanch vositalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan turli badiiy 
usullarda 
va 
texnikalarda 
bajarilgan 
yuqori 
badiiy 
ahamiyatli 
qiziqarli 
illyustratsiyalardan foydalanish zarur. Biroq, uch-to‘rt yoshli bolalarning o‘ziga xos 
xususiyatlari tufayli ko‘pincha shunday vaziyat yuzaga keladiki, bunda surat matnni 
bezamaydi, aksincha matn suratga jon baxsh etadi. Ayniqsa, bu obrazlari yuqori 
darajada noaniq bo‘lgan va obrazlari yuqori darajada ifodali bo‘lgan (folklor 
she’rlarining kichik shakllari) ertaklarga taalluqlidir [2]. 
Munosabat: bolalarga yorqin emotsional munosabatlar, tasvirlangan voqealar va 
qahramonlarga faol ko‘maklashish hamda ular haqida qayg‘urish xosdir. Bolalar kitob, 
she’r va xalq qo‘shiqlari bilan takroran uchrashishga intiladilar. Ular dono fikr, hazil, 
qofiyadosh so‘zlardan zavqlanadilar va ularni esda saqlab qolishni hamda o‘z nutqida 
qo‘llashni xohlaydilar. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish