MAKTABGACHA TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR
Qurbonova Munisa, Ne`matova Sevara, Rasulova Sharora
TDPU “Maktabgacha ta`lim” talabalari
Ma’lumki, 2016 yil 29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2017-2021 yillarda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
42
gi PQ-2707-sonli qarorining e’lon qilinishi sohani tubdan isloh qilish,
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishini har tomonlama takomillashtirish, maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
42
http://www.lex.uz
472
hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish
vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra qisqa muddat ichida soha mutaxassislari xorijiy ilg‘or
tajribalarni o‘rganib chiqishdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan
yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish
masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda,
ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish,
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va
ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona
Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim,
eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi
1-mh-sonli
“
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
”
43
gi buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 3 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, 3032-son bilan
ro‘yxatga olingan
“
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”tasdiqlandi. Ushbu Davlat talablari asosida
Maktabgacha ta’lim tashkilotining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
44
ishlab chiqildi.
Dastur xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan bo‘lib ancha mukammal va yangicha
yondoshuvga asoslangan. Dastur maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda
kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va
qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini
qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda
tutib, boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. “Ilk qadam” o‘quv davlat dasturida bolaning
kompetensiyalari jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi,
ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish
43
http:www.mdo.uz
44
“Ilk qadam”
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi Toshkent, 2018 58b
473
jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish sohalari orqali rivojlantirilishi ko‘zda
tutilgan.
Mazmunan
ancha
boyitilgan,
bolaning
sensor
tarbiyasi
orqali
o‘zlashtiriladigan kichik sohalar rivojlanishiga alohida e’tibor berilganligi muhim
jihatdir.“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi
bo‘yicha bolaning sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini o‘zlashtirishi hamda
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilgan.
Dasturdagi yangiliklardan biri bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash
uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikda ota-
onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish, ilk
rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish, ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy
jarayonda faol qatnashishga jalb etish hamda ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok
etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni tashkil qilish ta’lim
samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligidir.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunga kelib MTT pedagoglarining
ota-onalar bilan ishlash mazmuni tubdan o‘zgardi. Buning natijasida ota-onalarning
MTTga ham munosabati ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, ota-onalarni
davlat talablari bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ba’zi ota-onalar farzandining u yoki bu sohadagi rivojlanish ko‘rsatkichlari darajalari
yuqori bo‘lishi uchun uyda nimalar qilishligi lozimligi haqida tarbiyachilardan
maslahatlar so‘rashmoqda. Bu albatta quvonarli holat.
Zamonaviy qiyofa kasb etayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
rivojlantiruvchi muhitni tashkil etilishi, uning mazmunan boyitilayotganligi bolalarni
birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy
moslashuviga yordam bermoqda. Maktabgacha ta’lim
tashkilotining ko‘rgazmali-
rivojlantiruvchi muhitda millatimizning madaniy-tarixiy qadriyatlarini aks ettiruvchi
jihozlar, milliy va mintaqaviy an’analarni o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi o‘yinchoqlar,
mehnat qurollari, predmetlar, kiyim-kechaklar bolalar uchun ijtimoiy tajribani
o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.
474
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim
xizmatlarining tashkil etilishi ota-onalar uchun yana bir qulaylik bo‘ldi. Bugungi kunda
har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bolalar
va aholi ehtiyojlariga mos ravishda ingliz tili, rus tili, origami san’ati, raqs, badiiy
gimnastika, karate, shaxmat, shashka kabi to‘garaklar tashkil etilmoqda. Endi ota-
onalar maktabgacha ta’lim tashkilotidan tashqariga to‘garaklarga bolani yetaklab
yurishmaydi, bu bir tomondan ota-onalar uchun qulaylik bo‘lsa, ikkinchi tomondan
ta’lim tashkilotini qo‘shimcha daromad olishi uchun imkoniyatdir. Ammo, ota-onalar
va pedagog xodimlar bolaning qiziqishi va iqtidorini o‘rganib, aniqlab bolani
to‘garaklarga to‘g‘ri yo‘naltirishgina samarali bo‘ladi. Ba’zi ota-onalar hali 5 yoshga
to‘lmagan bolasini 2-3ta to‘garakda qatnashishini hohlashadi, albatta bunday paytlarda
pedagog, psixolog ota-onalarga bolaning yosh xususiyatlarini to‘g‘ri tushuntirishlari
lozim bo‘ladi.
Fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida montesorri burchagini tashkil
etish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Bugungi bolalarimiz turli gadjetlar
foydalanuvchisiga aylanib qoldi, bu esa ularni toliqishiga sabab bo‘lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda bugun M.Montesorri pedagogikasi, tizimidan keng
foydalanayotganligini kuzata turib, biz ham rivojlantiruvchi markazlarimiz qatorida
albatta montesorri markazini tashkil etish, zarur hollarda ayrim bolalarimiz bilan aynan
shu markazda ko‘proq shug‘ullanishimiz lozim. Kuzatishlarimiz shuni
ko‘rsatmoqdaki, 4-5 yoshli bolalarning ko‘pchiligida
qo‘li va barmoqlarini turli
maqsadlarda ishlatish(ipga munchoqlarni o‘tkazish, kichik qismlarni tuzish kabi)da,
nozik mayda qo‘l motorikalari faoliyatlarida kamchiliklar uchraydi. Demak, ba’zi
bolalar bilan ota-onalari va tarbiyachilar aynan montesorri markazlarida individual
shug‘ullanishlari maqsadga muvofiq. Yana bir taklif o‘rnida, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida kichik va o‘rta guruh xonalarida bolalar tik turib yoki yurib rasm
solishlari uchun “ijod devorlari” ya’ni bolalarning bo‘ylariga mos yerdan 1-1,5 metr
balandlikda erkin chizish uchun maxsus materiallardan “devorlar” yaratish ham
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bolalar qog‘ozga rasm solishni ham yoqtiradi, lekin
sayr paytida yerga, uyda gulqog‘ozlarga berilib solgan rasmlarida uning ijod mahsuli
475
mazmundorroq bo‘lishini, bu ijodkorlik bolaga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishlashini
guvohi bo‘lganmiz. Demak, bugungi maktabgacha ta’limda yangi tizim ya’ni bolalar
uchun ko‘proq erkin tarzda shug‘ullanish orqali ularning aqliy rivojlanishiga shart-
sharoitlar yaratish bosh vazifaligicha qolmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
variativ dasturlarni yaratishda bu kabi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi
jihatlarni inobatga olsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |