Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI DIALOGIK NUTQINI



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI DIALOGIK NUTQINI 
O‘STIRISH MAZMUNI
 
Inamova Mavlyuda 
TDPU
 
“Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabasi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha 
ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan 
ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim 
–tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, 
bolalarni har tomonlama intelektual,ahloqiy,estetik, jismoniy rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi[1.3]. Bu qaror 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Bolani maktabda 
muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini
egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p 
jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini 
o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga 
bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona 
tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Nutq vazifasi va 
shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo‘yicha 
dialog qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga kirishib 
ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish: 
dialogdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin 


73 
bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish. Buyumlar xususiyatlari 
va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va 
munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn 
shaklidagi (3-4 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish. 
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh) bolalar nutqini rivojlantirishda 
erishilgan asosiy natijalar dialog sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. 
Tengdoshlar bilan dialog qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini 
kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jarayonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar 
bilan bo‘lgan dialogga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan 
dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar 
endi qo‘shnilari eotiborini jalb qila oladilar, o‘zlari xam uning ishlari va bildirgan 
fikrlari bilan qiziqadilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari 
turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va 
kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik hulqiga, 
uning fikri va xissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi 
o‘z o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit 
haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi 
tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, obyektiv aloqalarning 
o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bularni so‘z, tovush, qofiyalar va fikrlar 
bilan o‘ynab turib anglaydi. 
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion 
shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihxatdan shakllanishining 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik dialog nafaqat aloqa (intellektual 
mazmun) va o‘z manfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtai-nazarini, uning 
qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Bolalar bunday 
tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalikda yasash, chizish, jamoa o‘yinlarini 
o‘ynash) natijasida to‘playdilar. Tengdoshlari bilan dialog qilishda bola nutqi 
mazmundorlikka (dialog vaziyatidan qatoiy nazar mazmun faqat til vositalaridan 
foydalanish orqaligina tushunarli) ega bo‘lishi isbotlangan. Maktabgacha yoshdagi 


74 
katta bolalarning dialogik dialogi negizida nutqning yangi shakli - monolog tug‘iladi 
va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini 
o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega 
bo‘ladi. Hikoyada albatta bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq 
hodisa (tabiat qo‘ynidagi qiziqarli uchrashuv, ukasining kulgili harakatlari va h.k.) aks 
etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib 
berishni, o‘qiganlarini so‘zlab berishni xush ko‘radilar. Maktabgacha yoshdagi katta 
bolalarning eng muhim yutug‘i - jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shidda bilan 
rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir [2. 105]. 
So‘zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun 
bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning 
jarangdorligi va mazmunida ko‘rinadi. Til voqeligini anglash uning barcha tomonlarini 
- fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. So‘zga nisbatan ongli 
munosabat lug‘atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni 
tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi, tinglash 
qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to‘griligini shakllantirishga 
(morfologiya, so‘z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga taosir ko‘rsatadi. 
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan to‘griligini 
shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatning paydo bo‘lganligi va 
rivojlanganligi, aniq va to‘gri gapirishga intilish bilan bog‘liqdir. To‘grilikka intilish 
grammatikaning barcha so’alarida, ya’ni - morfologiyada (shaklning aniq 
shakllanishida, ko‘p turdagi shakllarni o‘zlashtirishda), so‘z yasashda (non uchun - 
nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og‘zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» 
bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni «cho‘zish» xamda bir gapda to‘gridan-
to‘gri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo‘la boshlaydi. Nutqning 
grammatik to‘griligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro‘y beradi. Besh yoshli 
bola ‘ali xam ishtiyoq bilan grammatik shakllarni o‘ynaydi va aynan so‘z bilan amalga 
oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to‘g`riligini yanada 
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush 
madaniyatini tarbiyalash, grammatik to‘grilikni shakllantirish ravon nutq tuzish 


75 
usullarini o‘zlashtirish (bog‘lovchilar, o‘rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonimlar 
yordamida gaplarni bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish tuzilmasi) bilan uzviy 
bog‘liqdir. Ko‘p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik nutq negizida 
rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to‘gridan-
to‘gri bog‘liq holda bo‘ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan 
shakldagi dialog turiga muhtoj bo‘ladi. Bu nafaqat tashqi dunyo va boshqa odamni 
anglashga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham 
yo‘naltirilgandir. Nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik 
ko‘rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash suroatida ifodalanadi. 
Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini shar’lashni, atrofdagilar e`tiborini o‘ziga jalb 
qilishni xush ko‘radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy dialog amaliy faoliyat bilan zid 
keladi va buning natijasida bunday ko‘p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi 
boshqa bolalardan ortda qola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo‘lmagan bolalar kam 
so‘zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to‘gri hal etadilar. Ravon 
nutqning paydo bo‘lish muddati va mas’uldorligi xam farq qilishi mumkin. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish