Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
Adabiyotlar: 
1.Bolalarni maktabga o‘qishga tayyorlash (ilmiy maqolalar to‘plami). Toshkent: O‘z 
PFITI, 1997. 
2.Tolipov O'. Usmonboyeva M., Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: 
Fan. 2006 
3.D.Q.Asqarova. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi. Namangan. 2020. 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MULTIMEDIA 
TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI 

Murodova Aziza Baxtiyorovna 
 TDPU “Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va 
pedagogikasi” kafedrasi o`qituvchisi 
Hozirgi kunda respublikamizda ta’lim tizimini raqamli texnologiyalarni qo’llash 
bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida 
ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-


352 
6108-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabr 
PQ-4884 sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar 
to’g’risida” gi qaroriga asosan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi, ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar 
maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o’qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot 
texnologiyalarini joriy qilish vazifasi belgilangan. 
Bolalar uchun qo’llanma yoki darslik sifatida kompyuter xotirasiga kiritilgan 
ma’lumotlar va o’quv materiallari tarbiyach uchun qo’llanma yoki darslik sifatida 
kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lumotlar va o’quv materiallari, tarbiyachi 
(pedagog) uchun multimedia texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik 
adabiyotlar, metodik qo’llanmalar, tavsiyalar va ularning elektron variant ta’lim 
manbalari hisoblanadi. 
Respublikamizda multimedianing tadbiq etish sohalaridan biri – ta’lim sohasi 
bo’lib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari uchun multimedia vositalari tayyorlashda tarbiyalanuvchilarning yoshini 
hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta’lim jarayonida bolalarga 
pedagogik va psixologik ta’sir etish usullarini o’rganish va relaksatsiya etapining 15-
20 daqiqa bo’lishini inobatga olish lozim bo’ladi. Multimediali didaktik vositalar 
tarbiyalanuvchi tafakkurini rivojlantirish, aqliy faoliyatini oshirish, diqqatini 
barqarorlashtirish, idroklarini faollashtirishga qaratilgan. 
MTTlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga multimediaga asoslangan kompyuterli 
ta’limni amalga oshirish, didaktik vositalari sifatida multimedia ta’lim vositalari ishlab 
chiqish va ulardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonliklarini 
shakllantirish, multimediaga asoslangan kompyuterli ta’limning metodikasi ishlab 
chiqish va ulardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonliklarini 
shakllantirish, multimediaga asoslangan kompyuterli ta’limning metodikasi ishlab 
chiqish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, 
mashg’ulotlar jarayonini innovasion texnologiyalar asosida tashkil etish uchun asos 
bo’lib hisoblanadi. 


353 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun multimedia vositalari tayyorlashda 
quyidagi mezonlar e’tiborga olinishi lozim: 
1.
Tarbiyalanuvchilarning yoshini hisobga olish. 
2.
Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda didaktik materiallarni tanlash. 
3.
Ta’lim jarayonida bolalarga pedagogic va psixologik ta’sir etish usullarini 
o’rganish. 
4.
Relaksatsiya etapining 15-20 daqiqa bo’lishini inobatga olish lozim bo’ladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, 
pedagoglarning kasb malakasi va mahoratini oshirish, tarbiyaviy jarayonga zamonaviy 
pedagogik va kompyuter texnologiyalarini olib kirish muhim dolzarb masalalardandir. 
Pedagoglarning kasb malakasi va mahoratini oshirishda o’qishni, yozishni matematik-
mantiqiy amallar bajarishni o’rganishning didaktik ta’minotlarini yaratish usullarini 
bilib olish lozim. 
Aqlni chiniqtirish, o’qishni o’rganish, mantiqiy amallarni bajarish kabi bilimlar 
o’z mazmuniga quyidagilarni olishi lozim deb o’ylaymiz: aqlni chiniqtirish maqsadida 
turli o’yinlar (masalan, shakllarni tanlash, ranglash, shakllarni tartiblari va boshqalar). 
O’qishni o’rganish maqsadida turli xil didaktik vositalar (masalan, rasmdagi hayvon, 
jism, narsalarni nomini toppish kabi), turli grafik muharrirlar yordamida “Yer sharini 
bolalarga beramiz!”, bolalar qiziqishi va ijodiy yondashishi bilan “Mening shahrim v 
amening koinotim”, “Tinchlik va urush”, “Yil fasllari va bayramlar” mavzulariga oid 
rasmlarni yaratish mumkin. Bunday didaktik vositalardan haftasiga ikki-uch (0,5 
soatdan) foydalanish tavsiya etiladi va rasm, tarix, tabiatshunoslik, o’qish va 
matematika fanlarini o’rganishda o’z aksini topadi. 
MTTlarida oydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo’lish 
mumkin: 
1.
Monitor ekranida to’g’ridan-to’g’ri bilim berishga mo’ljallangan vositalar 
(elektron qo’llanma, mashg’ulotlar ishlanmasi, kompyuterli “ekskursiya”, 
“kompyuterli ta’lim” o’yinlari va h.k.). 
2.
Ko’rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun 
mo’ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va h.k.). 


354 
MTT bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali, 
harakatlanuvchi, rangli, multifikasiyali va jozibali bo’lishi shart. 
Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini 
shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy 
texnik vositasi hisoblanadi. MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda 
qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar 
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga 
ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib 
kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, 
tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan 
yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida 
ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini 
o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim 
vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal 
rivojlanayapti. MTTlari ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi 
ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia 
texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish 
kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har 
bir MTT tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli 
multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD video diski 
multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan 
foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida 
elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD 
video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia 
texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.
Ta’lim jarayoniga tadbiq etiladigan multimedia texnologiyasi odatdagi an’anaviy 
metodlarga nisbatan ma’lum bir afzalliklarga ega. Jumladan: 
-
Tarbiyalanuvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stiradi; 
-
Tarbiyalanuvchi bir vaqtning o’zida ham ko’radi, ham eshitadi (miyaning o’ng 
va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko’rsatadi); 


355 
-
An’anaviy usullarga nisbatan ta’lim oluvchilarga o’rgatiladigan materialning 
hajmi ortadi; 
-
Mashg’ulot davomida ta’lim oluvchilarni toliqtirmaslik uchun didaktik 
materiallarni animatsiyalar orqali uzatish imkoniyati mavjud; 
-
O’rganilayotgan materiallarni kichik qismlarga ajratgan holda namoyish etish 
yoki qayta namoyish etish mumkin. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia 
vositalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud. Bu esa hozirgi davr talabi 
hisoblanadi. 
Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va 
yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu 
maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda 
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir. 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy 
vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatni yanada o’stirish, ularning bilim olish 
istiqbolini rivojlantirishdan iborat. 
Shunga ko’ra, tarbiyachi mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan, 
elektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. 
Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy 
bilim berish bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishadi. 
MTTlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning 
dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalar ta’limning ajralmas qismi bo’lib, ayniqsa maktabgacha 
ta’lim tizimida mashg’ulotlarni tashkil etishda zarur vositadir. Bunday sharoitda 
shaxsni shakllantirish avvalgi an’anaviy usullardan tubdan farq qiladi, bu 
globallashayotgan axborot makonida maktabgacha ta’lim tizimining sifat jihatidan 
yangi modelini ishlab chiqishni, hozirgi sharoit uchun zarur bo’lgan va ularga mos 


356 
keladigan mutlaqo yangi usullarini o'zida jamlagan metodik ishlarni shakllantirishni 
talab etadi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy 
salohiyatini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish, ularning aqliy rivojlanish 
salohiyatini dunyo tendentsiyalari darajasiga ko’tarish davr talabidir. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish