Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


BOLALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH DAVR



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

BOLALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH DAVR 
TALABI 
 
Muhamalaliyeva Mohira 
TDPU ”Maktabgacha ta`lim”fakulteti o`qituvchisi,
 
Maxfuza Bo‘ranova 
1 kurs talabasi
 
 
Inson bolasi dunyoga kelibdi ota-onasi u bolani kelajakda yetuk komil inson 
bo‘lib yetishishini orzu qiladi, o‘zida bor barcha imkoniyatlarni ishga solib bolasini oq 
yuvib oq taraydi, parvarishlaydi,voyaga yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr 
kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan 
yig‘ilishda shuni ta`kidlagan edi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning 
birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy 
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 
70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning 
yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta 
ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib 
uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga 
bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha 
farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini 
qayta ko ‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta 
ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, 
butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini 
ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta'kidladi [1]. 
Kelajak avlod tarbiyasi haqida gap ketganda buyuk bobomiz Abdulla 
Avloniyning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz 


135 
uchun hayot-mamot masala ekanligi, ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida 
millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Chunki, ta’lim-tarbiya- ong maxsuli, lekin ayni vaqtda 
ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya 
tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo ‘lmaydi. Ongni tafakkurni 
o‘zgartirmasdan esa biz ko‘zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib 
bo‘lmaydi. Darhaqiqat bu so‘zlarning zamirida qanchalik ma’no-mazmun borligini 
ko‘rish qiyin emas. Sababi, yurt vatan kelajagi yoshlarning qo‘lida deb bejiz 
aytilmaydi. Shuning uchun ham bolalarning ta’lim tarbiyasiga birdek mas`uliyat bilan 
yondosha olsak samarasi albatta namoyon bo‘ladi.
Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat 
yengilmas kuch’’ asarida o‘tkir haqiqatga to‘xtalgan edi: “Ta’limni tarbiyadan 
tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash va sharqona hayot falsafasi” 
[2].
Bundan ko‘rinib turibdiki; bolalarning har tomonlama yetuk, komil inson 
darajasiga yetishishida ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Yana shunday 
jumlalar ham borki biz bolaning tarbiyasini ona qornidan ham emas, balki inson o‘ziga 
juft tanlashdan boshlash kerak. Bu so‘zlarga asos qilib buyuk ajdodimiz Amir Temur 
so‘zlarini ham misol keltirsak bo‘ladi. Amir Temur o‘g’illariga, nabiralariga kelin 
tanlashda yetti avlodini surishtirish kerakligini aytgan. Albatta bolalarning kelajakda 
qanday inson bo‘lishi uning irsiy jihatlariga ham bog’liq.
Umuman olganda, bola tarbiyasini onaning homiladorlik davridan e`tibor
berilsa, shuncha maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bolalar oq qog’ozdek beg’ubor 
bo‘lishadi. Ana shu beg’ubor bolaga ota-onalar, tarbiyachilar, o‘zlarining 
ma’sulyatlaridan kelib chiqib ta’lim-tarbiya bersa, to‘g’ri yo‘lga bosqichma-bosqich 
yetaklab borsa, tarbiyachilar ham har bir bolaga o‘z bolasiday mehr qo‘yib ta’lim-
tarbiya bersa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada ya’ni tarbiyachi shaxsiga 
qo‘yiladigan talablarga keladigan bo‘lsak,ularning kasblari eng ma’suliyatli, kelajakka 
poydevor bo‘ladigan kasblardan biri hisoblanadi. 


136 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda 
maktabgacha ta’lim-tizimini tubdan takomillashtirish to‘g’risida’’gi PQ-2707 sonli 
qarorida maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohani sifat 
bosqichiga olib chiqish vaqti kelganligini taʼkidlab o‘tgan edi [3]. 
Tarbiyachi bolaga ta’lim berish jarayonida amaliy mashg`ulotlarga bilan 
tashkil etsa, jumladan sahna ko‘rinishlari ham ertak qahramonlari ro‘lini berib yoki har 
xil teatr tomoshalarini ko‘rsatib ham bolaning tafakkurini, ongini o‘stirishi samarali 
natijaga erishiladi. Agar bolaning o‘zi sahnalashtirish jarayonida rol o‘ynab ishtirok 
etsa, bolada individuallik har xil vaziyatlardan chiqib keta olishlik qobilyatlari 
rivojlanib boradi. Ota-onalar esa bolalarga har qadamda o‘rnak bo‘lishadi. Agarda ota-
ona bola uxlashidan oldin bolaning o‘zi ishtirok etgan ertaklar to‘qib kelajakka bo‘lgan 
orzularini uyg’otsa bolaning ongida, tafakkurida ota-ona aytgan ertaklar, orzular 
xotirasida saqlanib qoladi va kelajakka bolalikdan orzu-maqsad qo‘yib borishi yanada 
yorqinlashadi. Bola maktabga chiqqanidan so‘ng va maktab yoshida ham o‘sha orzular 
tomon harakat qiladi.Yana eng muhim narsani aytish kerakki, bolalarning o‘spirin 
yoshida ota-ona, o‘qituvchi va albatta mahalla ham katta e’tibor qaratishi kerak. Sababi 
o‘spirin yoshidan boshlab bolalarda deviant hulq-atvor paydo bo‘la boshlaydi. Bola 
ongida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ana shu bo‘shliqni to‘ldira olmay bolalar o‘zi bilmagan 
holatda zararli odatlarni orttirib oladi. O‘zining fikrini to‘g’ri deb o‘ylab, atrofdagi 
zararli odatlarga qo‘shilib boraveradi. Aksincha, ota-onalar o‘sha paytda bola bilan 
ko‘proq fikr almashinib, e’tibor qaratib, ularning qiziqqan mashg’ulotlari, sport 
to‘garaklari, fan to‘garaklari bilan bolani band qilsa, ortiqcha fikrlarga qiziqishi 
kamayib, yo‘qolib ketadi. Albatta, bu oson jarayon ham emas, bosqichma-bosqich 
bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Umuman olganda, bolalarga yashab 
turgan joyimiz har qarich tuprog’imizga mehr-muhabbat uyg’otsak, kimning avlodlari 
ekanligimizni eslatib tursak, albatta bolalarga vatanga muhabbat uning har qarich 
tuprog’ini sevib ardoqlash kerak bo‘lsa vatan uchun jonini fido qilishga ham tayyor 
bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
shunday degan ta`kidlagan edi. “Menga vatan nima berdi deb emas, men vatanga nima 


137 
berdim deb yashash zarur’’ deya ta`kidlagan fikrlari biz yoshlarga yanada o‘z 
ustimizda ishlashga undab keladi[4]. Bundan ko‘rinib turibdiki, jonajon vatanimizning 
kelajagi biz yoshlarning qo‘lida ekanligini his qilib yashaymiz. Uni rivojlantirish asrab 
avaylash rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shish uchun biz yoshlar faqat va faqat 
berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘qib o‘rganib jon-jahdimiz bilan 
mehnat qilishimiz kerak bo‘ladi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish