Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

7. Бунт (протест
Протестное поведение – это реакция ребёнка на давление со стороны 
значимых взрослых, которые требуют завтракать в одно и то же время, не 
кричать на улице, не ломать игрушки и т.д. 
Когда заканчивается кризис трех лет, психика ребенка выходит на новый 
уровень развития.


571 
Согласно теории Л.С.Выготского и А.А. Леонтьева, у малыша меняются 
следующие сферы жизни: 
Ведущая деятельность – это деятельность, внутри которой появляются и 
дифференцируются другие формы деятельности, перестраиваются частные 
психические процессы и возникают личностные новообразования. После 
кризиса у малыша возникает совершенно новая ведущая деятельность – 
сюжетно-ролевая игра, в которой он начинает познавать мир отношений между 
людьми. 
Социальная ситуация развития – это система социальных условий, которые 
влияют на внутреннее развитие ребенка. После кризиса у ребенка на первый план 
постепенно выходит общение со сверстниками, взрослый становится примером 
для подражания в сюжетно-ролевых играх. 
Возникают личностные новообразования. После кризиса трех лет у 
ребенка появляются самосознание, гордость за свои достижения, 
самостоятельность. 
Литература: 
1.
 
https://lifemotivation.online/psychology/child-psy/vozrastnye-krizisy/3-
let/krizis-3-let-u-rebenka 
2.
Психология развития / Под ред. Т. Д. Марцинковской. -- М.: Академия, 
2005. 
 
INTELLEKTIDA NUQSONI BO‘LGAN KICHIK MAKTABGACHA 
YOSHDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN 
PSIXOKORREKSION ISHLARNING O‘ZIGA XOSLIGI 
A.Utebayeva
Nizomiy nomidagi TDPU 
Psixologik korreksiya – bolaning to‘laqonli rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishini 
ta’minlash maqsadida ma’lum psixologik tizimlarga yo‘naltirilgan ta’sir. Bu insonning 
ichki olamiga ta’sir etish bo‘lib, bunda psixolog bolaning aniq istaklari, kechinmalari, 
bilish jarayonlari va harakatlarining aniq namoyon bo‘lishi bilan ish yuritadi.
Psixologik korreksiya davomida turli ish shakllari olib boriladi: 


572 
1.O‘yin terapiyasi. U nafaqat korreksion maqsadda, balki profilaktik hamda 
psixogigiyenik maqsadlarda qo‘llaniladi. O‘yin terapiyasining yakka va guruhli 
shakllari mavjud. Agarda bolada muloqot etishda muammolar bo‘lsa, u holatda guruhli 
terapiya, yakka terapiyaga qaraganda foydaliroq. 
O‘yin terapiyasida turli o‘yin materiallari qo‘llaniladi: “oila” o‘yini, 
qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynash, qurish o‘yinlari, o‘yin-mashqlar. 
2. Artterapiya – psixoterapiyaning maxsus shakli bo‘lib, u san’atga - tasviriy va 
ijodiy faoliyatga asoslangan. Uning maqsadi – bolaning o‘z fikri, dunyoqarashini, o‘z-
o‘zini bilishini san’at orqali rivojlantirish.
Artterapiya psixologning bolalar bilan ramziy darajada muloqot etish vositasi 
sifatida qo‘llaniladi. Badiiy ijod timsollari barcha ong osti jarayonlarni, jumladan 
qo‘rquv, ichki nizolar, xotiralar, tushlarni aks ettiradi. Artterapiya usuli ichki “MEN” 
hissiga asoslanib, inson chizayotganida, qurayotganida (spontan) ko‘ruv obrazlarida 
aks etadi.
Artterapiya o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar joyi shunday bo‘lishi kerakki, bunda
bolalar shovqin qila olishlari, bemalol harakatlana olishlari mumkin bo‘lib, psixolog 
esa ular faoliyat jarayonlariga aralashmaydi.
3. Guruhli psixoterapiya. Guruhli psixoterapiya S.Slavsen tomonidan taklif 
etilgan bo‘lib, uning fikricha bu yerda bolaning faolligi qanday sharoitlarda 
namoyon bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha yoshda bola intellektual rivojlanishini korreksiyalash sensor 
imkoniyatlarni idrok etish, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur va belgi-ramziy funksiyani, 
ixtiyoriy diqqat va xotiranining boshlang‘ich shakllarini rivojlantirish vazifalarini o‘z 
ichiga oladi. 
Erta boshlangan korreksion ish aqliy rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etishda 
hal qiluvchi rolni o‘ynab, u bola rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarning kelib 
chiqishining oldini olish imkonini beradi. Asosiy korreksion vazifa ilk va maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalarda topshiriqni bajarish davomida mo‘ljal olishning qidiruv 
usullarini shakllantirish, buning asosida esa, predmetlarning sifat va munosabatlariga 
qiziqishni uyg‘otishdan iborat. O‘yin va mashqlar bolalarda predmetlarning sifat va 


573 
munosabatlariga diqqatni rivojlantiradi, to‘laqonli idrokni shakllantiradi. Nutqni 
muloqot jarayoniga to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish uchun, predmet, uning sifati, 
xususiyati bilan tanishtirishning ilk bosqichlarida bolani ushbu sifatlarni boshqa 
predmetlardan ajratish, ularni taniy olish va idrok etishga o‘rgatish, shundan keyingina 
so‘zni namuna sifatida berish kerak. Korreksion ishda taktil-harakat idrokini 
rivojlantirish muhim bo‘lib, u ham anglashdan boshlanib, tasavvurlarning shakllanishi 
bilan yakunlanadi. Eshituv idrokining rivojlanganligi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega 
bo‘lib, u aqli zaif bolaga uni o‘rab turgan atrof-olamda mo‘ljal olishga ko‘maklashib, 
tovush signali asosida harakatlanish, ko‘pgina muhim obyektlarni farqlash va b. 
imkonini yaratadi.Idrokning to‘laqonli to‘g‘ri rivojlanishi sabab tafakkurining ba’zi 
jihatlarini ham rivojlantiradi. Bola predmetni uning qismlari bilan birgalikda to‘g‘ri 
tasavvur etsa, u butunning buzilish sababini anglab yetishi mumkin. Idrokdan 
tafakkurgacha bo‘lgan yo‘l ko‘rgazmali-obrazli va mantiqiy tafakkurning 
rivojlanishiga ta’sir etadi. Tafakkurning barcha turlarini shakllantirishga doir ishning 
to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega, chunki intellektning 
buzilishi mazkur bolalar rivojlanishidagi asosiy nuqson hisoblanadi. Aqli zaif bolalar 
korreksiyasining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari:
1. Kattalar bilan emotsional munosabatni, ular bilan hamkorlik etishga 
yo‘naltirilganlikni shakllantirish, bolani ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish usullariga 
o‘rgatish, kattalar bilan emotsional muloqot etishni va elementar ko‘rsatmalarni 
bajarishni shakllantirish, diqqatni, taqlid etishni, namuna asosida harakatlarni 
o‘zlashtirishni rivojlantirish.
2. Yozuvga tayyorlash, mehnatga doir topshiriqlarni bajarish maqsadida 
qo‘llarning ko‘ruv-harakat koordinatsiyasini rivojlantirish, ushlab olishni 
rivojlantirish, o‘zaro bog‘langan harakatlarni, qo‘llar harakatiga taqlid etishni
rivojlantirish, barmoqlar harakatini rivojlantirish, qo‘l panjasi harakatini rivojlantirish. 
3. Sensor rivojlanish. Shakl, hajm, rangni idrok etishni shakllantirish, 
predmetning to‘laqonli obrazini, atrof-olamni idrok etish va unda mo‘ljal olishni
shakllantirish, taktil-harakat idrokini rivojlantirish, eshituv idrokini rivojlantirish, 
nutqiy va nutqiy bo‘lmagan eshituvni rivojlantirish. 


574 
4.Tafakkurni rivojlantirish, idrok etishdan tafakkur etishga o‘tish, idrok etishdan 
ko‘rgazmali-obrazli va mantiqiy tafakkur elementlariga o‘tish, sabab tafakkur 
elementlarini, ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish. 
5. Nutqiy rivojlanish. Nutqiy muloqotni rivojlantirish (ishchi elementar 
muloqotni), nutqning bilish funksiyalarini rivojlantirish ( so‘z ma’nosini kengaytirish, 
aniqlashtirish va umumlashtirish). 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish