Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar: 
1. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. O‘quv qo‘llanma. –T.: Nizomiy
nomidagi TDPU, Adabiyot uchqunlari, 2017. - 319 b. 
2. Kudryavsev V.N. Yuridicheskaya konfliktologiya. Sentr konflik tologicheskix 
issledovaniy. –M.: 1995. 
BOLALARNINING RUHIY RIVOJLANISHIDA TA’LIM VA 
TARBIYANING ROLI 
 
Tursunova Maftuna, Ashurova Ozoda, Hazratova Munisa 
 
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabalari 
 
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma 
va egallagan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. 
Bolalarning rivojlanishi bu miqdor o‘zgarishlarigina bo‘lib qolmay, bu avvalo 
bola organizmini va ruhiyatida tevarak-atrofdagi hayot tasirida yuzaga keluvchi sifat 
o‘zgarishlaridir. Tashqi ta’sir ichki jarayon bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi, 
masalan, bolaning yangi talabi bilan imkoniyati o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-
qarshilik yoki nomutanosiblik uning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch 
hisoblanadi. 
Bizda doimo inson bolasining rivojlanishi, ta’lim-tarbiya olishi qaysi davr, qaysi 
yoshdan, qachondan boshlanadi mazmundagi savollar tug‘iladi. Aynan bu haqda turli 
–xil adabiyotlarda fikrlar keltirilgan va doimo bu kabi mulohazalar har bir davrda o‘z 
javobiga ega bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning tubdan o‘zgarishi, mamlakatimizda
istiqomat qilayotgan bolalarning ko‘pchiligini maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilari ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ta’lim va tarbiya mana 
shu davrda bolalar ongida hosil bo‘ladi. 
Maktabgacha yosh davri o‘z ichiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab 
oladi. Bu davrda organizmning jadal rivojlanishi davom etadi. Umumiy o‘sish bilan 
bir qatorda to‘qima va organlarning tarkib topishi va funksional rivojlanishi sodir 
bo‘ladi. Nafas olish organlari, qon aylanish organlarining rivojlanishi, muskullar 
massasining ortishi muhim ahamiyatga ega. Miya og‘irligi 1110 g dan 1350 g gacha 


566 
ortadi. Katta yarim sharlar po‘stloq qismining boshqaruv roli ortadi. Shartli reflekslar 
tarkib topish tezligi kuchayadi, 2-signallar tizimi intensiv rivojlanadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlantirish jarayoni maktabgacha ta’lim 
muassasalarida 
tarbiyachilar 
tomonidan 
maktabgacha 
ta’limda 
bolalarning 
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha 
ta’limda bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida turli yoshdagi 
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ruhiy va jismoniy 
rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bolalar mana shu 
dastur asosida tarbiyalanadilar. 
Bir so‘z bilan aytganda bolalarning ruhiy rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning roli 
zamonaviy yondashuvlarga ko‘ra maktabgacha ta’lim davriga to‘g‘ri kelmoqda. Shu 
o‘rinda ta’lim va tarbiya so‘zlariga alohida ta’rif bersak va ularning bir-biridan farqi 
nima, uzviyligini tahlil qilishimiz lozimdir. 
Ta’lim - bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bo‘lib, muayyan ko‘nikma 
va malakalarni singdirish, ularning ongi va hulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokni, 
dunyoqarashini, etiqodini va bilim faolligini rivojlantirishdir. [3] 
Tarbiya – aniq maqsadga hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, 
shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
[2] 
Tarbiya bolaning «rivojlanish oldi zonasiga» qarab o‘zgaradi, ya’ni bolada 
murakkabroq, mazmuvdagi bilimlarni o‘zlashtirib olish imkoniyati paydo bo‘lishiga 
qarab belgilanadi. Masalan, go‘dak emaklashni o‘zlashtirib olgandan keyin yurishga 
o‘tishi, ayrim bo‘g‘inlarni aytishni o‘rgangandan keyin faol nutqqa o‘tishi, buyumlar 
bilan harakatlarni o‘zlashtirib olgandan keyin o‘yin, mehnat faoliyatining paydo 
bo‘lishi va hokazo. [ 3]
Bolaga tarbiya berish jarayonida o‘z-o‘z o‘zidan A. Avloniyning “Al-hosil, 
tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo momot, yo najot- yo falokat, yo saodat – yo razolat 
masalasidir” [1] deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos 
keluvchi haqiqatdir. 


567 
Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan 
bog‘liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay samarali omillardan foydalaniladi, salbiy 
ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi 
holatlar yuzaga keladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmi rivojlanadi hamda 
muhitni stixiyali ta’minlay olmaydigan narsalar ta’lim-tarbiya orqali o‘rganiladi. 
Masalan, bola o‘z ona tili atrofini o‘rab olgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi 
mumkin. Ammo o‘qish va yozishni maxsus ta’lim orqali o‘rganadi. Ma’lum bilim, 
ko‘nikma malakalar ta’lim-tarbiya jarayonida egallanadi.
Ta’lim bolaga turli bilim, tushuncha, malaka ko‘nikmalarni bersa , tarbiya atrof-
muxitda, jamiyatda o‘zini qanday tutishni o‘rgatadi. Bu ikkala jarayon uzviylikda 
bolaning ruhiy rivojlanishiga ta’sir qiladi. 
“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” da tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalari belgilab berilgan.
- jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; 
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
- nutq, muloqat, o‘qish, va yozish malakalari; 
- bilish jarayonini rivojlanishi; 
- ijodiy rivojlanish; 
Aynan mana shu rivojlanish jarayonlari bolalardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari 
qamrab oladi. Xususan 6-7 yosh bolalarda “jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush 
tarzini shakllantirish” rivojlanish sohasi bo‘yicha tasavvuridagi predmentlarni qo‘llari 
bilan (gul, qush, kapalak, qasr ko‘rsatash;) arqonlardan turli tugunlarni tugish; o‘yin 
faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynash ko‘nikmalari rivojlanida. 
Ijtimoiy- hissiy rivojlanish bo‘yicha bolalar o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni, turli 
ijtimoiy vaziyatlarga emotsinol munosabat bildirishni, o‘z hissiy holatini izohlab 
berishni, o‘zgalarni hissiyotlarga qarab muammoli qilishni o‘rganadi. Mana shu ikki 
rivojlanish sohasining o‘zini tahlil qilsak bittasi ta’lim berish usuli bo‘lsa bittasi tarbiya 
usuli bo‘lib xizmat qiladi. 


568 
Bolalarga ta’lim –tarbiya berishda o‘yin faoliyati alohida o‘ringa egadir. Chunki 
borliqdagi barcha narsa va hodisalarni o‘yin faoliyati orqali anglaydi va tushunadi. 
Barcha ijobiy-salbiy fazilatlar bolalarga o‘yin orqali tushuntirilsa ularning olamiga 
kirib boriladi. 
Bola o‘zining ruhiy rivojlanishi jarayonida odamlarning ilgari o‘tgan avlodlari 
tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga 
kirishadi. Bola insoniyat ko‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, 
egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan 
xatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat 
motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning 
bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan mana shu davrdan 
boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Ta’limning boshlang‘inch nuqtasi maktabgacha ta’lim bola rivojlanishining asosi 
va zaminidir. Butun borliqda barcha tushunchalar, insoniy fazilatlar, bilimlar, 
qadriyatlar bolalikning ilk davrlarida shakllanadi, rivojlanadi, kelajak uchun qadamlar 
tashlanadi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish