Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети



Download 1,6 Mb.
bet79/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

qabul qiluvchi tashkilot — stajirovka о‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda о‘tkaziladigan yuridik shaxs;
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari — zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka о‘tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy kо‘nikmalarga о‘rgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini о‘tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga kо‘maklashish mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi.
2. Mazkur Nizom talablari:
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga;
О‘zbekiston Respublikasi hududida о‘z faoliyatini yuritayotgan, о‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy OTMlariga, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni о‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka о‘tashga yuboriladi.
4. Stajirovka:
ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;
mutaxassislik bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bо‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;
kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.
5. Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka о‘tash dasturi asosida ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki xorijda о‘tashi mumkin.
Stajirovkani tashkil etish
6. Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yо‘naltirilishi lozim.
7. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga kо‘ra magistratura talabasini stajirovka о‘tashga yuborish masalasini kо‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
8. Magistratura talabasi kadrlar iste’molchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka о‘tashga jalb qilinishi mumkin.
9. Stajirovka о‘tashga yuborilayotgan magistratura talabalari rо‘yxati OTMdan stajirovka rahbari kо‘rsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
10. Stajirovka о‘tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi.
11. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda о‘tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish bо‘yicha bir martalik yо‘l haqi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi kо‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
12. OTM rektori (direktori) stajirovka о‘tash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha zarur chora-tadbirlar kо‘rilishini ta’minlaydi.
13. Stajirovka bо‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish OTMning magistratura bо‘limi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bо‘linmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
14. Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot о‘rtasida stajirovkani tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda о‘tash hollari bundan mustasno.
15. Stajirovkani tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan ta’minlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka о‘tashni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi.
16. Stajirovka о‘tash davrida stajirovka о‘tayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda bо‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
3-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish
17. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka davomida magistratura talabasi tomonidan stajirovka dasturining о‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va zarur hollarda, unga amaliy kо‘maklashib boradi.
Stajirovka nazorati elektron ravishda yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari (telefon, faks va boshqa vositalar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
18. OTMdan stajirovka rahbari:
magistratura talabalarini stajirovka о‘tash joylariga taqsimlashda ishtirok etadi;
magistratura talabasiga berish uchun OTMning tegishli bо‘linmasidan stajirovka kundaligini qabul qilib oladi;
stajirovka о‘tash dasturini ishlab chiqadi;
magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
stajirovka о‘tash uchun ketayotgan magistratura talabasiga zarur yо‘l-yо‘riqlar beradi;
magistratura talabasining stajirovka о‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan stajirovka о‘tash holati bо‘yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
magistratura talabasiga stajirovka о‘tash dasturini bajarish bо‘yicha uslubiy yordam kо‘rsatadi;
zarur hollarda, stajirovka о‘tash joylariga borish orqali stajirovka о‘tash tartibiga magistratura talabasi tomonidan rioya qilinishini, stajirovka о‘tash dasturi bajarilishini nazorat qiladi;
stajirovka о‘tashni takomillashtirish yuzasidan о‘z taklif va mulohazalarini OTM kengashida kо‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
19. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
stajirovkani tashkil etish bо‘yicha buyruq (qaror) qabul qiladi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajirovka rahbarini tayinlaydi;
magistratura talabasiga stajirovka о‘tash dasturiga muvofiq stajirovka о‘tash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
20. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari:
tashkilotda magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
magistratura talabasiga zarur yо‘l-yо‘riqlar va tushuntirishlar beradi;
magistratura talabasini qabul qiluvchi tashkilot obyektlarining tuzilishi, faoliyat yо‘nalishlari va boshqa о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
magistratura talabasining stajirovka о‘tash dasturiga taalluqli zarur materiallardan foydalanishini ta’minlaydi;
magistratura talabasiga stajirovka о‘tash dasturida nazarda tutilgan masalalar bо‘yicha zarur maslahatlar beradi;
magistratura talabasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va stajirovka kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
OTMdan stajirovka rahbari bilan stajirovka о‘tash holati bо‘yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
stajirovka kundaligining tegishli qismlarini imzolaydi, imzo qabul qiluvchi tashkilot muhri (muhr mavjud bо‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi;
OTMdagi stajirovka rahbari yoki OTM rahbariyatini magistratura talabasining stajirovka о‘tash uchun kelmayotganligi yoki u tomonidan stajirovka о‘tash dasturi bajarilmayotganligi yoxud mehnat intizomi buzilayotganligi haqida xabardor qiladi;
21. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistratura talabasidan stajirovka о‘tash dasturi bilan bog‘liq bо‘lmagan vazifa va topshiriqlarni bajarishni talab etishga haqli emas.
4-bob. Magistratura talabasining stajirovka bо‘yicha huquq va majburiyatlari
22. Magistratura talabasi:
stajirovkani о‘tash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish;
stajirovka bо‘yicha о‘z fikr-mulohazalarini bildirish;
stajirovka yuzasidan zarur axborotlar olish huquqiga ega.
23. Magistratura talabasi zimmasiga:
stajirovkani belgilangan muddatlarda о‘tash;
stajirovka о‘tash dasturida kо‘rsatilgan topshiriqlarni (ishlarni) belgilangan tartibda, tо‘liq va sifatli bajarish;
stajirovka kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka davomida bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish;
qabul qiluvchi tashkilotda (davlatda) belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati yuklatiladi.
24. Magistratura talabasi stajirovka bо‘yicha qonun hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bо‘lishi va uning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
5-bob. Stajirovka о‘tash bosqichlari
25. Stajirovka о‘tash quyidagi bosqichlarga bо‘linadi:
tayyorlov bosqichi (stajirovka о‘tashning birinchi kuni);
asosiy bosqich;
yakuniy bosqich (stajirovka bо‘yicha hisobot himoyasi).
26. Stajirovka о‘tashning tayyorlov bosqichida — qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka о‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka о‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yо‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka о‘tash dasturiga muvofiq tegishli kо‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka о‘tash dasturini bajarish bо‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi.
27. Stajirovka о‘tashning asosiy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka о‘tash dasturini bajarish bо‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
28. Stajirovka о‘tashning yakuniy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka о‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari kо‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.
6-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish
29. Magistratura talabasi birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan sо‘ng, stajirovka о‘tashga yuboriladi. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga ikki oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim.
30. Magistratura talabasining u ta’lim olayotgan OTM bilan oldindan tuzilgan tegishli kelishuv (shartnoma) mavjud bо‘lgan tashkilotlarda stajirovka о‘tashi nazarda tutilganda, unga OTM rektorining (direktorining) OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq chiqargan buyrug‘i bilan ushbu tashkilotda stajirovka о‘tash uchun yо‘llanma beriladi.
31. Magistratura talabasi yozgi ta’til davrida stajirovka о‘tash uchun yuborilishi mumkin.
32. Stajirovka о‘tash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi.
Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin bepul beriladi.
33. Stajirovka о‘tash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi.
34. Stajirovka о‘tashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
35. Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka о‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka о‘tagan magistratura talabasiga uning iltimosiga kо‘ra yozma ravishda tavsifnoma berilishi mumkin.
36. Stajirovka о‘tash uchun yuborilgan magistratura talabalari о‘quv jadvalini individual grafik asosida bajaradi.
37. Stajirovka о‘tash muddati ilmiy rahbarning asoslangan tavsiyasiga muvofiq OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda zarur hujjatlarga tegishli о‘zgartirishlar kiritiladi.
Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi uch oydan oshmasligi kerak.
Stajirovka nazariy ta’limning о‘zaro aloqasini ta’minlash shartini bajargan holda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yо‘li orqali amalga oshirilishi mumkin.
38. Magistratura talabasi xorijda stajirovka о‘tash uchun OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bо‘limiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, xorijda stajirovka о‘tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomani (yozma ravishdagi kelishuvni) ilova qilgan holda murojaat etadi.
39. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bо‘limi magistratura talabasining xorijda stajirovka о‘tashi masalasini о‘rganib chiqadi va kо‘rib chiqish uchun OTM kengashiga murojaat qiladi.
40. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bо‘limi stajirokani tashkil etish bо‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
xorijda stajirovka о‘taydigan magistratura talabalari rо‘yxatini tayyorlaydi;
xorijda stajirovka о‘taydigan magistratura talabasiga xorijga chiqish-kelish tartibini tushuntiradi;
xorijda stajirovka о‘taydigan magistratura talabasiga xorijda о‘zini tutish bо‘yicha tegishli kо‘rsatmalar beradi;
zarur hujjatlarni, jumladan vizani rasmiylashtirishda magistratura talabasiga amaliy yordam kо‘rsatadi.
41. Stajirovkani xorijda о‘tash uchun magistratura talabasi:
qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada kо‘rsatilgan chet tilini bilishi;
stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish bо‘yicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi, jumladan zarur hollarda viza rasmiylashtirishi;
stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka о‘tash dasturini bajarish bо‘yicha reja-jadvalni (kalendar rejani) qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.
42. Xorijda stajirovka о‘tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistratura talabasining tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yо‘l xarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar kо‘rsatilishi zarur.
43. Magistratura talabasi homiy tashkilot mablag‘lari hisobidan xorijda stajirovka о‘tashi mumkin. Bunda stajirovka homiy tashkilot bilan OTM о‘rtasidagi shartnomaga (kelishuvga) muvofiq amalga oshiriladi.



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish