OTMdan stajirovka rahbari — stajirovkaga yо‘llangan magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilayotgan ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi), magistratura talabasining stajirovkasiga rahbarlik qilish о‘quv yuklamasiga kiritilgan OTM professor-о‘qituvchisi;
stajirovka (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) — magistratura mutaxassisligi bо‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim о‘quv reja va dasturlarini о‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yо‘li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog‘liqni saqlash tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |