Ma’lumotlar tо‘plami – foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yо‘nalishini о‘zlashtirish uchun zarur bо‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy kо‘rsatkich va о‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr.
Ma’lumotlar tо‘plamida bir qator muhim ilmiy-amaliy masalalarni yechish namunalari keltirilishi mumkin.
Ma’ruzalar kursi - fanning о‘quv dasturi bо‘yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlar kо‘rsatilgan, о‘z-о‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan nashr, leksiyalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |