1. Mutaxassislik fanlarini fanlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan vositalar tasnifi. Ma’lumki, о‘qitish vositalari – о‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. О‘qituvchining bosh vazifasi о‘quvchilarga о‘z fanini qiziqarli qilib о‘qitish va shu bilan birga о‘quvchilarni fanga bо‘lgan qiziqishlarini orttirishdan iboratdir.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin: о‘quv adabiyotlari, elektron qо‘llanmalar, AKT, OAV, multimediya va taqdimot materiallari, jadvallar, chizmalar, kо‘rgazmali vositalar va hk.
Dars jarayonida qо‘llaniladigan о‘qitish vositalari ichida о‘quv adabiyotlarining alohida о‘rni bor. “Biz darslik yaratishga eng ilg‘or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga kо‘tarishimiz kerak. Darslikni, agar kerak bо‘lsa katta tanlov asosida yaratish lozim. Tanlov g‘oliblaridan mablag‘ni ayamasligimiz lozim”, – degan edi О‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov о‘zining 1997 yil 29 avgustdagi О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida sо‘zlagan nutqida.
Aslida ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’iy nazar barcha о‘quv adabiyotlari quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
davlat ta’lim standartlari (davlat talablari) asosida tayyorlanishi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va о‘qitishning interaktiv uslublarini tadbiq qilishda kо‘mak berishi;
tegishli о‘quv fanining nazariy va amaliy rivojlanishida, uzoq va yaqin о‘tmishdagi boy intellektual merosimizning о‘rni va ahamiyatini kо‘rsatishi;
intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy hayotda о‘ta mas’uliyatliligini anglatishga qaratilishi;
vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishi, mustaqil va ijodiy fikrlashga yо‘naltirishi;
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishi, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashi;
bilimlarni ongli ravishda о‘zlashtirish, qiziqish uyg‘ota oladigan va mustaqil fikrlashga yо‘naltira oladigan xususiyatlarga ega bо‘lishi;
bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otishi;
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy ilmiy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar va hokazo)dan tashkil topishi;
illyustratsiyalarga boy, kо‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan bо‘lishi;
bilim oluvchilarning yoshi psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olishi;
bilimlarning mutloqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
ta’lim oluvchilarning bilimi, uquvi va kо‘nikmalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘lishi;
ta’lim va tarbiyani ijtimoiy hayot, unumli mehnat bilan uzviy bog‘lanishiga e’tibor berishi;
fan va texnika yutuqlarining ahamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning mantiqiy ketma-ketlikda, fanning о‘quv dasturiga muvofiq bayon etilishi;
yaxlitlikni idrok qilish hissi shakllanishi uchun barcha ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda berilishi;
matn jozibasi shaklda bayon etilishi.
Asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilishi.
Sanab о‘tilganlardan tashqari har bir ta’lim turining о‘quv adabiyotlariga о‘ziga xos bо‘lgan talablar qо‘yiladi.
о‘quv dasturiga tо‘la mos keladigan va undagi mavzularni tо‘laligicha qamrab oladigan shaklda yozish;
mavzularning soddadan murakkabga tomon о‘sishini, hamda о‘zaro bog‘liqligini ta’minlash;
rasmlar, grafiklar, jadvallar, sxema va diagrammalar berilgan ma’lumotlar va tushuntirishlar bilan uzviy bog‘langan bо‘lishi kerak;
darslikdagi takrorlanuvchi tushunchalarga va rioya qilinishi kerak bо‘lgan qoidalarga e’tiborni jalb etish maqsadida maxsus belgilardan foydalanish zarur;
fan, texnika va texnologiyalarning eng sо‘nggi yutuqlarini inobatga olinishi;
О‘zbekistonning turli hududlaridagi о‘quvchilarning bilimga bо‘lgan ehtiyojlarini va milliy xususiyatlar, turli madaniyatlarning hisobga olinishi;
о‘quvchilar yoshi, saviyasi va psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olinishi, о‘g‘il va qizlarning qiziqishlarini teng ravishda va tо‘la darajada hisobga olish kabi ongli tarzda tuzilgan misollar va dalillar mavjudligi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2011 yil 29 martdagi yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun о‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”ning 3.2.-bandida uzluksiz ta’lim tizimida о‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuasiga mos о‘quv adabiyotlarining turlari turkum fanlar kesimida kо‘rsatib о‘tilgan. Jumladan:
Ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlar uchun:
tarbiyachilar va ota-onalar uchun qо‘llanmalar;
qо‘rgazmali qurollar;
didaktik ta’limiy о‘yinlar.
Umumta’lim fanlari uchun:
asosiy darsliklarga о‘quv metodik qо‘llanmalar;
metodik tavsiyanoma va kо‘rsatmalar; kompyuterli mashg‘ulot va о‘yinlar;
kerakli ma’lumotlar tо‘plami;
ma’lumotlar banki va lug‘atlar.
Shuningdek mazkur “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun о‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”da о‘quv adabiyotlarining quyidagi shakl va turlari kо‘rsatib о‘tilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |