О‘zbekiston Respublikasi oliy о‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi tо‘g‘risidagi NIZOM О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 31 dekabr № 362- sonli buyruq bilan tasdiqlangan I. Umumiy qoidalar 1. О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq oliy о‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakunny davlat, attestatsiyasi mazkur Nizomga asosan о‘tkaziladi.
2. Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi, respublika oliy ta’limining Davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha oliy о‘quv yurtlarida о‘tkaziladi va davlat namunasidaga muvofiq diplom berish bilan yakunlanadi.
Davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan о‘tmagan va oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi hujjatni berishni davom ettirayotgan oliy о‘quv yurtlariga bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi uchun ushbu Nizom namuna hisoblanadi.
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi har bir ta’lim yо‘nalishi (mutaxassisliga) bо‘yicha oliy о‘kuv yurti uchun tashkil etiladigan davlat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi va u “Davlat attestatsiya komissiyasi” deb atalidi.
4. Davlat attestatsiya komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— bitiruvchining tayyorgarlik darajasini va uning tayyorgarlik xolati davlat ta’lim standartlari talablariga muvofik kelishini kompleks baholash;
— yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bо‘yicha malaka berish va bitiruvchilarga oliy ta’lim tо‘g‘risidagi tegishli diplom berish masalasini hal qilish;
— komissiya faoliyatining nachijalari asosida bitiruvchilarni tayyorlashni takomillashtirish bо‘yicha takliflar tayyorlash.
5. Davlat attestatsiya komissiyalari о‘z faoliyatlarini mazkur Nizomga, oliy maktabning mayoriy hujjatlariga va bakalavriatning ta’lim yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga hamda davlat talablarining minimum mazmunini bajarishga yо‘naltirilgap boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.
6. Oliy о‘quv yurti davlat attestatsiyasi komissiyasi (idoraviy bо‘ysinishidan qat’iy nazar) har yili (kalendar yil) О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirliga tomonidan tasdiklanadi,
II. Yakuniy davlat attestatsiyasi
7. Bitiruvchnniig yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi kо‘rinishdagi bir yoki bir necha attestatsiya sinovlaridan iboratdir:
— ayrim fan bо‘yicha yakuniy attestatsiya sinovi;
— yо‘ialish (mutaxassislik) bо‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi;
— bitiruv malakaviy ish ximoyasi.
7.1. Ayrim fan bо‘yicha yakuniy attestatsiya sinovi о‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan о‘zlashtirilganlik darajasini aniqlab berishi va mazkur fanning muvofik dakvlat talim standartida belgilangan minimal mazmunini qamrab olgan bо‘lishi kerak.
7.2 Ta’lim yо‘nalishi (mutaxassislik) bо‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi ayrim fanlar mazmuniga qо‘yiladigan talablar bilan bir katorda, mazkur yо‘nalish (mutaxassislik) bо‘yicha davlat ta’lim standartida bitiruvchsha nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarni ham hisobga olishi kerak.
7.3. Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tartibi, hajmi va mazmuni tasdiqlangan talablarga muvofik oliy о‘kuv yurti tomonidan belgilanadi.
8. Yakuniy davlat attestatsiyasiga albatta bitiruv malakaviy ishning himoyasi kiritiladi. Ayrim yо‘nalishlar uchun bu tartibga istisno kiritish faqat О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan hal etiladi. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini о‘tkazish muddati va tartibini oliy о‘quv yurtining ilmiy Kengashi belgilaydi.
Yakuniy davlat attestaiiyasiga kiritilgan attestatsiya sinovlari о‘zlashtirishning joriy, oralik yoki yakuniy baholari asosida tayyorgarlik darajasini baholash bilan almashtirilishi mumkin emas.
9. О‘quv yili uchun ayrim fanlar bо‘yicha yakuniy attestatsiya sinovlari, ta’lim yо‘nalishlari (mutaxassisliklar) bо‘yicha yakuniy fanlararo attestatsiya sinovlarining dasturlari va baholash mezonlari davlat attestatsiya ishtiroqida muhokama qilinadi va oliy tomonidai tasdiqlanadi.