О‘quv adabiyotlarining shakllari:
О‘quv adabiyotlari – muayyan ta’lim turi (yо‘nalishi yoki mutaxassisligi) о‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bо‘yicha tegishli о‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, о‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bо‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:
- An’anaviy (bosma) о‘quv adabiyotlar – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa kо‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;
- Elektron о‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bо‘lgan manba.
Do'stlaringiz bilan baham: |