II. Baholash turlari va shakllari
5. Talabaning fan bо‘yicha о‘zlashtirishini baholash semestr (о‘quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va uyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
— joriy baholash (JB);
— oraliq baholash (OB);
— yakuniy baholash (YAB).
JB da fanning xar bir mavzusi bо‘yicha talabaning bilim darajasini (о‘zlashtirishini) aniqlab borish nazarda tutiladi va u odatda, amaliy mashg‘ulotlar (seminar yoki laboratoriya ishlari) darslarida amalga oshirilishi mumkin.
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bо‘lim yoki qism bо‘yicha nazariy mashg‘ulotlar о‘tib bо‘lingandan sо‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni yechish maxorati va qobiliyati aniqlanadi.
YAB da fanning semestr (о‘quv yili) davomida о‘tilgan hajmi doirasida talabaning bilimi baholanadi. YAB turiga ajratilgan ballar miqdori, о‘kuv rejasida fanga semestr (о‘kuv yili) uchun ajratilgan soatning 30%; miqdorida belgilanadi, fan bо‘yicha JB va OB turlarida talaba tо‘plashi mumkin bо‘lgan maksimal reyting balning mikdori, о‘quv rejasida fanga semestr (о‘quv yili) uchun ajratilgan soatning 70% mikdorida belgilanadi, Oliy ta’lim muassasalariga о‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, JB va OB turlarining foizlarimi belgilash huquqi beriladi.
YAB turi tayanch tushunchalarga asoslangan «Yezma ish» usulida yoki boshqa usullarda (og‘zaki, test, himoya va hokazo) ham о‘tkazilishi mumkin.
Tayanch tushunchalarga asoslangan «Yozma ish» usulini о‘tkazish tartibi «Reyting tizimining yakuniy baholash bosqichida «Yozma ish» usulini tadbiq etish bо‘yicha Namunaviy Nizom» bilan belgilanadi.
6. О‘kuv rejaga muvofiq о‘qitilishi bir necha semestr (о‘quv yili)ga rejalashtirilgan fan bо‘yicha talabaning umumiy reyting bali, har bir semestr (о‘kuv yili) davomida shu fan bо‘yicha talaba tomonidan tо‘plangan reyting ballar yig‘indisi bilan aniqlanadi.
7. Baholash turlari har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida surov о‘tkazish, test savollariga javob berish, yozma ishlarini bajarish, kollokvium, suhbat va shu kabi boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
8. Dekanat va kafedradar belgilangan tartibda fan bо‘yicha talabaning OB, JB hamda YAB («Yozma ish» yoki boshqa usul) turlarida kо‘rsatgan о‘zlashtirish kо‘rsatgichlarnni tahlil etib borishlari va ularning natijalarini belgilangan shakldagi kaydnomalarda qayd etishlari lozim. Baholash natijalari о‘kuv bо‘limida operativ ravishla ishlovdan о‘tkaziladi.
9. Reyting natijalari oliy ta’lim muassasasining Ilmiy Kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli karorlar qabul qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasi fan bо‘yicha baholash turlarining xar biri bо‘yicha reyting ballarini hisoblash kriteriyalarini ishlab chiqadi (yozma ishlari, test sinovlari. savollar tо‘plami va xakazo) va Uslubiy Kengashda tasdiklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |