Milliy g‘oyamizning tarixiy ildizlariga quyidagilar kiradi:
Eng qadimgi odamlarning paydo bо‘lganligi va yashaganligi.
Madaniyat va ma’naviyat ildizining qadimiyligi.
Milliy davlatchilik an’analari
Haqqoniy yozilgan tarix.
Xalqning tarixiy xotirasi.
Yozma manbalar. Xalq og‘zaki ijodi.
Buyuk mutafakkirlarning merosi.
San’at va adabiyot durdonalari.
Milliy qaxramonlar hayoti, faoliyati va merosi.
Milliy g‘oya fanining falsafiy asoslari deb har qanday g‘oya va mafkuraning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma’naviy asos bо‘lib, nazariy-metodologik vazifani о‘taydigan ilmiy falsafiy ta’limotlarga aytiladi.
Bularga kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyot yulini о‘zgartirishni maqsad qilib qо‘ygan faylasuf mutafakkirlar tomonidan yaratilgan falsafiy ta’limotlar; olimlar tomonidan koinot, tabiat, jamiyat rivoji sir-asrorlarini bilish uchun amalga oshirilgan dunyoviy kashfiyotlar xar bir millatni - millat qilishga bel bog‘lagan milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar; mustakillik falsafasi va uning milliy va umuminsoniy tamoyillari va boshqalar kiradi.
Milliy g‘oyamizning tarixiy va falsafiy ildizlari tizimida tarixiy bitiklar muhim о‘rin tutadi.
Jumladan, “О‘g‘uznoma”, “Kultegin bitiklari”, “Tо‘nyuquq bitigi”, “Bilka qog‘on bitigi” singari yirik tarixiy-badiiy asarlar о‘sha davr ajdodlarimiz tafakkur tarzi, orzu-armonlari, ma’naviy kamolot darajasini aks ettiradi. Bizning nazarimizda, ushbu tosh bitiklardagi eng muhim mavzu Vatan va millat, mustaqil davlatchilik g‘oyalaridir. Ular bitik mualliflari Yо‘llig‘ tigin, Tо‘nyuquq va boshqalar qalbida yuksak ehtiroslarni tug‘dirgan va bu tug‘yon ularni о‘qigan bugungi kitobxon diliga ham bundan 12 asr burun qanday bо‘lsa, xuddi shunday ta’sir kо‘rsata oladi. Budunning (ya’ni, о‘sha davr tilida - xalqning) butunligi, yurtboshining oqilligi va tadbirkorligi, bahodirlar shiddati va shijoati bugungi kunimiz uchun ham ibrat va namuna bо‘lgulikdir. Ushbu bitiklar mazmunidan turkiy elat islomdan oldinroq yaxlit bir xalq sifatida о‘zligini tanib olganini oydin his qilamiz va islom davridagi turkiy sulolalar yuksalishining ma’naviy omillar va asoslarga ega ekanligi ayon bо‘ladi. Bu paytda turkiy xalqlar yagona Tangriga e’tiqod qilishgan.
716-720 yillar orasida yozilgan “Kichik Kultegin bitigi” shunday shiddat bilan boshlanadi: Tangri toq. Tangri inoyati bilan Turk Bilka qog‘on bu yerga о‘lturdim. Sо‘zimni tugal eshitgil. Og‘a-inilarim, о‘g‘lonim, Birlashgan ulusim, budunim, О‘ngdagi hokim, katta beglar, Sо‘ldagi buyruq tarqatuvchi beglar, О‘tuz Tо‘quz о‘g‘uz beklari, buduni Bu sо‘zimni yaxshilab eshit, Qattiqla tingla. Bu satrlarni 716 yilda taxtga о‘tirgan Bilka qog‘on nomidan uning jiyani, buyuk sarkarda Kulteginning nabirasi ulug‘ shoir Yо‘llug‘ tigin (tigin – turkiyda “shahzoda” ma’nosini bildiradi) yozmoqda. Bu Vatan va millat fidoyisi о‘z ajdodlari, bobosi va amakisining shonli kurashlariga bag‘ishlab yozgan yirik marsiya-dostonlarida millat va xalq boshini qovushtirish uchun о‘z hayotini tikkan bahodir va tadbirkor yurt ulug‘larini madh etdi, ulusning bosh manfaati, milliy davlatning yetakchi g‘oyasi nima ekanligini yorqin satrlarda ifodalab berdi:
“Turk budunini biriktirib, El tutunmog‘ingizni bunda bitdim. Yanglishib parchalanishingizni, Yana bunda bitdim. Ne-ne sо‘zim esa, Mangu toshga bitdim. Uni kо‘ra biling, Endigi turk buduni, beklar”.
Iste’dodli sarkarda Kultegin turli turkiy qabilalarni yagona xalq sifatida birlashtirish uchun butun umrini fido qildi, Turk xoqonligining oxirgi hukmdorlaridan bо‘lmish akasi Bilka qog‘on saltanatini bobolari boshqargan dovrug‘li yurt hududlarida saqlab qolish uchun tinmay turli buzg‘unchilik tamoyillariga qarshi ayovsiz janglar olib bordi. Yо‘llug‘ tigin buyuk bobolari timsolida elni vatanga muhabbat, millatparvarlik ruhida tarbiya qilishga intiladi, yurt tinch, xalq hayoti farovon bо‘lishi uchun davlatni boshqaruvchilardan, beklardan va oddiy aholidan qanday ma’naviy fazilatlar talab etilishini ulug‘ xoqonlar davridan namuna keltirib kо‘rsatib beradi: Bilka qog‘on ermish, Alp qog‘on ermish, Buyruqchilari ham bilka(bо‘lg‘on bо‘lsa) ermish, Alp bо‘lgan bо‘lsa ermish. Beklari yana, buduni yana tо‘g‘ri ermish, Shuning uchun ancha qо‘l tutgan bо‘lsa ermish”.
Demak, hukmdorning asosiy fazilati bilimli, farosatli, shu bilan bir paytda shijoatli va mard bо‘lsa, lashkarboshilar, amaldorlar ham shunday bо‘lsa, beklar, oddiy fuqarolar millat va Vatanga sodiq, tо‘g‘risо‘z, gapi bilan amali bir joydan chiqadigan bо‘lsa mamlakat yuksalar, el farog‘atda yashar ekan. Agar hukmdorlar elni о‘ylamasa, xalq tо‘g‘ri yо‘ldan toysa, yurt xarob bо‘lib, millat о‘zgalar asoratiga giriftor bо‘lar ekan. Bu azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlar bugungi kunimizda ham о‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda.
Tosh va yozma badiiy bitiglarning topilishi turkiy adabiyot tarixida yangi davrni boshlab berdi. Markaziy Osiyoga arablarning kelishiga qadar yaratilgan yozma adabiyotni о‘rganishda О‘rxun va Enasoy daryolari yoqasidan topilgan tosh bitiglar alohida ahamiyatga ega. Turkiy halqlarning bu adabiy-tarixiy yodgorliklari VI-VIII asrlarga oid bо‘lib, ular turk runiy yozuvlari deb yuritiladi. Turkiylarda tosh bitiglar tarixi uzoq tarixga ega.
1970 yilda Olmaotadan 50 kilometr uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan Urxun alifbosidagi harflar bitilgan runiy yozuvdagi tosh bitig qо‘lga kiritilgan edi. Yozuv qadimgi turk tamg‘alarida uchraydigan shakllarga asoslangan bо‘lib, unda quyidagi sо‘zlar bitilgan. «Xonning о‘g‘li 23 yoshida о‘ldi. Issiq elining boshi omon bо‘lsin!» Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi aniqlanmagan bо‘lsa-da, yozuv bundan 2500 yil muqaddam yaratilgani isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma adabiyot ham shunday qadimiylikka egadir.
Tosh bitiklar turkiy xalqlar tarixida favquloddagi yozma adabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodining mantiqan davomi, о‘zidan avvalgi adabiyotning mazmuni, ruhi, g‘oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Tosh bitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, N.Rahmonov va boshqa olimlar tosh bitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar. Yodnomalarda bayon qilish usuli va bu usulning uch qat’iy unsurlari–asarda boshlanma, voqea rivoji, tugallanmaning mavjudligi turkiy, umuman, barcha xalqlar og‘zaki ijodiga xos arxaik xususiyatlardir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy xalqlar og‘zaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud.
Tosh bitiklarning har biri о‘ziga xos mustaqil adabiy-tarixiy asardir. U she’riy yо‘lda bitilgan. О‘z davrining ruhi singdirilgan. Shu sababli ham I.V. Stebleva ularni «tarixiy qahramonlik poyemalari» deb ataydi. Urxun va Enasoy tosh bitiklari barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligidir.
Urxun – Mо‘g‘ulistonning Komo-Saydam vodiysidagi daryo bо‘lib, shu hududdagi toshbitiklar “Urxun bitiklari” deb nom olgan. Bu guruhga hozirgacha ma’lum bо‘lgan Tо‘nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon, Ungin, Moyun Chur kabi bitiklar kiritiladi.
Enasoy bitiglari deb nomlangan yozuvlar Enasoy daryosi bо‘ylaridan, ya’ni Tuva va Hakas avtonom respublikasi xududidan topilgan bо‘lib, bu guruhga Eletmish Bilga xoqon bitigi, Begra bitigi, Uyuq Tarlaq bitigi, Chakо‘l bitigi, Achur qishlog‘idagi bitig, Oltinkо‘ldagi ikkinchi bitig, Ubayt bitigi kiritiladi.
Bundan 1300 yil ilgari Yо‘llig‘ tigin, Tо‘nyuquq kabi millat uchun qayg‘urgan shoirlari bо‘lgan el о‘zligini hech qachon yо‘qotmaydi, dahrning ming bir balolaridan omon chiqib yana yuksalaveradi.Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qо‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimiz ekani g‘urur bilan ta’kidlanadi.
Xususan, Yaqin va о‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda “Renessans” (uyg‘onish) davri deb atalgan IX-XV asrlarda halifa Ma’mun davrida (813-833 y.) Bag‘dodda tashkil etilgan “Bayt ul-hikma” (Donolar uyi)da faoliyat olib borgan Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al- Beruniy kabi mutafakkirlar merosi fikrimizning yorqin dalilidir. Fanda Sharq va G‘arb uyg‘onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, о‘xshash tomonlar bilan birga, ma’lum farq, о‘ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg‘onish davri IX-XII asrlarni, sо‘nggi uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni о‘z ichiga olsa, G‘arb uyg‘onish davri XV-XVII asrlarni о‘z ichiga olishi bilan farqlanadi. G‘arb uyg‘onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bо‘lsa, Sharqda masalaning g‘arbdagidek keskin qо‘yilishini kо‘rmaymiz. Sharq va G‘arb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni «qayta tiriltirish», tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik) ni, gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bо‘ladi. Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslub (metodologiya) da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy dо‘stlik, yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. Bu davrga kelib, avvalo О‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik о‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy kabi О‘rta Osiyolik olimlarning, ulamolarning dong‘i yetti iqlimga taralgan edi. О‘rta Osiyoning qadimiy, kо‘hna va hamisha navqiron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari, qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bо‘lib kelganligi bilan ajralib turadi. О‘rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniy va Muso Muhammad al-Xorazmiylarning nomi bilan bog‘liqdir. Ularning har ikkisi ham Bag‘doddagi «Bayt ul-hikma»ning yetakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari «Astronomiya va astrolyabiyaga kirish», «Falakdan bо‘ladigan sabablar», «Astrolyabiya fani usullari», «Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi» va boshqalar sanaladi. Ahmad al-Farg‘oniyning «Astronomiya asoslari» kitobi о‘sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bо‘lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, kо‘p asrlar davomida Yevropada astronomiya bо‘yicha qо‘llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. Ahmad al-Farg‘oniyning о‘zi al-Fraganus nomi bilan butun Yevropada mashhur bо‘lgan.
Muhammad Muso al-Xorazmiy (780-850) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimidir. Uning ilmi nujum, geodeziya, jug‘rofiya, ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan2 . Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning Prezident I.A.Karimovidir. Bulardan eng mashhuri aljabr faniga oid «Kitob al jabr va al-muqobala» asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan - algebraning vujudga kelishiga zamin bо‘ldi. U tenglamalarni yechishning ikki usulini - al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir xil hadlarni qarama-qarshi qо‘yishni kashf etdi. Xorazmiy «Sind Hind», «Ziji Xorazmiy» «Astrolyabiya bо‘yicha risola», «Quyosh soati haqida risola», «Yerning shakli haqida kitob», «Trigonometrik jadvallar», «Muzika bо‘yicha risola», «Tarix haqida» va boshqa asarlarning Prezident I.A.Karimovi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Yevropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning о‘nlik tizimi bilan tanishtirdi. Uni Yevropada «Algaritmus» deb yuritganlar. Algoritm esa uning lotinchalashtirilgan nomidir. Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiy (873-950) siz tasavvur etish qiyin. U «Sharq Aristoteli», «Ikkinchi muallim» degan unvonga sazovor bо‘lgan mashhur mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel «Birinchi muallim» deb yuritilgan. Farobiy kо‘p tillarni bilgan qomusiy olim. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bо‘lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: a) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslari - Aristotelь, Platon, Yevklid, Galen va boshqalarning ilmiy meroslarini tarjima qilish, sharhlash, targ‘ib qilish va о‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; b) о‘rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Jumladan, «Aristotelning «Metafizika» asariga izoh», «Aristotelning «Osmon sistemasi» kitobiga izoh», «Aristotelning «Etika» kitobiga sharh», «Substansiya haqida sо‘z», «Masalalar manbai», «qonunlar haqida kitob», «Bо‘shliq haqida kitob», «Musiqa haqida sо‘z», «Fozil shahar aholisining qarashlari» va boshqalarni kо‘rsatish mumkin1 . Forobiyning fikricha, insonning va jamoatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qо‘lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka kо‘tarilishi inson va jamoatning о‘z qо‘lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bо‘ladi. Fazilatli shahar-larda ilm, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi о‘rinda bо‘lmog‘i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat yetuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig‘i bilimni, haqiqatni sevuvchi, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi kо‘ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bо‘lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, xayr-ehsonli ishlar, gо‘zal insoniyfazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga tо‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bо‘lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi. Forobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni о‘rganish, kasb-hunar va ilmlarni о‘zlashtirish - ma’rifatli bо‘lish orqali erishadi deb qaraydi. Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir, deydi mutafakkir. Inson umrining boqiyligi, abadiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero, tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va о‘zlarining yaxshi ishlari bilan о‘z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilm-ma’rifat shamlari necha asrlar bо‘yi insoniyat yо‘lini yoritib kelmoqda va yana necha asrlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar sohiblari kiradi.
Shunday qilib, О‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. О‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy о‘rinni egallab keldi. Unda komil inson muammosi о‘ziga xos ravishda о‘z yechimini topganligini alohida qayd etishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |