8-sinf Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani dasturida belgilangan mavzular о‘tib bо‘lingach ularni mustahkamlash maqsadida mezonli-mо‘ljal olish testlaridan foydalanish mumkin.
Mezonli-mо‘ljal olish testlari о‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur fanning о‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida о‘tkaziladi.
Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo fan mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, kо‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov о‘tkaziladi, pirovard natijada о‘quvchilarning shu kursni о‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi. Mezonli-mо‘ljal olish test sinovlari orqali о‘quvchilarning bilimlaridagi bо‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yо‘llari aniqlanadi.
*Mezonli-mо‘ljal olish testi topshirig‘iga namuna:
Quyida berilgan fikrlarning qaysi biri tо‘g‘ri, qaysi biri notо‘g‘ri. Javobingizni quyidagi jadvalga “Ha”, yoki “Yо‘q” tarzida ifodalang. Har bir tо‘g‘ri javob 0,25 ball bilan baholanadi.
G‘oya – inson tafakkurining mahsuli, inson va jamiyatni ma’lum maqsad sari yetaklaydigan fikrlar yig‘indisi.
Mafkura insonni muayyan maqsad sari yetaklaydi.
G‘oyalarning diniy va dunyoviy ildizlari mavjud.
G‘oyalar mohiyatiga kо‘ra 2 turga bо‘linadi.
Kosmopolitizm – vatansizlikni targ‘ib qiluvchi g‘oya shakli.
Aqidaparastlik 3 xil shaklda namoyon bо‘ladi.
G‘oya muayyan mafkuraning asosi bо‘ladi.
Har fanday fikr g‘oya bо‘lolmaydi
9-sinfda dunyoning mafkuraviy manzarasi, geosiyosat, diniy ekstremizm, terrorizm, sivilizatsiya, taraqqiyotga yо‘naltirilgan о‘zbek modeli haqidagi tushunchalarni о‘quvchilar ongiga singdirish orqali ularni mustaqillikni qadrlaydigan, burch va mas’uliyatni sezadigan, yurt kelajagi uchun javobgarlikni namoyon qiladigan fazilatlarni tarbiyalash asosiy vazifa hisoblanadi.
Milliy g‘oyaning inson dunyoqarashi, e’tiqodi, tafakkuri, xarakter sifatlarini shakllantirishdagi murakkabligi, tarix, iqtisod, siyosat, ma’naviyat va boshqa fanlar haqidagi bilimlar bilan bog‘liqligi fanlararo integratsiyani amalga oshirishni, ta’lim jarayonini tashkil etishga, turli metodlardan foydalangan holda yondashishni taqozo etadi. Bir-biriga yaqin bо‘lgan “G‘oya nima?”, “G‘oyaning о‘ziga xos xususiyatlari va turlari”, “Mafkura nima?”, “Taraqqiyot va mafkura” masalalarini olib qaraydigan bо‘lsak, ularning о‘zaro aloqadorligi va mohiyatidan kelib chiqqan holda “Davra suhbati”, “Erkin minbar”, “Guruhlararo bahs” singari о‘quvchilarni faollikka undovchi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Muayyan masala yuzasidan о‘quvchilarning qiziqishi, faolligini oshiradigan, izlanuvchanlikka asoslangan “Evristik muloqot”, “Alohida holatlar tahlili”, “Muammoli vaziyat”, “Aqliy hujum” metodlaridan ijodiy foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |