F
|
Fikringizni bayon eting
|
|
S
|
Fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating
|
|
M
|
Kо‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring
|
|
U
|
Fikringizni umumlashtiring
|
|
О‘quvchilar о‘z fikrlarini quyidagi tarzda bayon etishlari mumkin:
F
|
Fikringizni bayon eting
|
Mafkuraviy tarbiyani tizimli tashkil qilish zarur
|
S
|
Fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating
|
Globallashuv davrida turli ijtimoiy–siyosiy о‘zgarishlar, turli muammolar yoshlar ruhiyatida ta’sir kо‘rsatadi. Ularni turli mafkuraviy xatarlardan asrash uchun tizim zarur.
|
M
|
Kо‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring
|
Yoshlarni о‘rab turgan vertual olam, internet, “sariq matbuot”, yengil yelpi qо‘shiqlarning salbiy ta’siri hammaga ma’lum.
|
U
|
Fikringizni umumlashtiring
|
Yoshlarni turli muammolar girdobiga tashlab qо‘ymaslik uchun, yurtboshimiz aytganlaridek, fanzardlarimizni yot qо‘llarga topshirib qо‘ymasligimiz uchun ma’naviy-mafkuraviy ishlarni puxta о‘ylangan tizim asosida tashkil etish zarur.
|
“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” dasturidan о‘rin olgan “Ekologik madaniyat” mavzusini о‘qitishda “Muammo” texnologiyasidan foydalanish mumkin.
Ushbu texnologiya о‘quvchilarni о‘quv predmetning mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini tо‘g‘ri topishga о‘rgatadi. Ularda muammoning mohiyatini aniqlash, muammoni yechishda mos uslublarni tо‘g‘ri tanlash, muammoni kelib chikish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni tо‘g‘ri aniqlash bо‘yicha malakalarni shakllantirishga yordam beradi.
Ushbu texnologiya asosida mashg‘ulotni tashkil etishda о‘qituvchi о‘quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni mos о‘rinlariga joylashtirgandan sо‘ng, mashg‘ulotni о‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg‘ulotni bosqichli bо‘lishini va har bir bosqich о‘quvchilardan maksimum diqkat-e’tibor talab qilishini, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bо‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat о‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bо‘lishlariga yordam beradi va bajarishga kiziqish uyg‘otadi. Mashg‘ulotni о‘tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach mashg‘ulot boshlanadi.
Avvalo mavzuga oid kinolavha taqdim etiladi. О‘quvchilar mashg‘ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qiladilar, xotirada saqlab qoladilar yoki daftarlariga belgilab qо‘yadilar. Agar kinofilm kо‘rsatishning imkoniyati bо‘lmasa, u holda о‘qituvchi о‘quv predmetining mavzusi bо‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi о‘quv materialidan foydalanishi mumkin.
• har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 qog‘oziga flomaster bilan yozib chiqadi;
• berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan о‘qib eshittiriladi;
• о‘qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog‘ozlarni almashtirgan xolda guruhlarga tarkatiladi;
• tarqatilgan qog‘ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a’zosi о‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;
• о‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |